• Grafik formatlar.
  • Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi




    Download 77,68 Kb.
    bet2/2
    Sana17.02.2024
    Hajmi77,68 Kb.
    #158149
    1   2
    Bog'liq
    407- GURUHKOMPYUTER GRAFIKASI RAHMONOVA MUHAYYO

    Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
    ► 2D (inglizcha two dimension - ikki o‘lchamli jumlasidan olingan).
    ► 3D (inglizcha three dimension - uch o‘lchamli jumlasidan olingan).
    Ikki o‘lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo‘lib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato) da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin. 
    Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘rni mayda kublar bilan to’ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ularni ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
    Uch o‘lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim – shlemlarda tasvirlanadi.
    Oddiy grafika vaqt o’tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvirlar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar. 
    Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedianing o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.
    Grafik formatlar. Tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko’plab formatlar ishlab chiqilgan. Quyida eng ko’p ishlatiladigan formatlarni ko’rib chiqamiz.
    BMP (ingliz tilidagi Bitmap Picture) – rastrli tasvir.
    GIF (Graphics Interchange Format) – tasvirlar almashish formati. Bir faylda bir necha tasvirlari saqlay oladi va soda animatsiyalar uchun juda qulay.
    TIFF (ingliz tilidagi Targed Image File Format) belgilab chiqilgan tasvir fayli formati. Rasmlarni tayyorlashga ishlatiladigan eng keng tarqalgan rastr formatlardan biri TIFF (Target Image File Format), 1986 yilda Aldus korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, grafik fayllarni IBM-mos keluvchi kompyuterlardan Makintoshga yoki aksincha, o’tkazish paytida paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
    JPEG (Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. JPEG tasvirni zichlashi, kichraytirishi mumkin, bu tasvir sifatini pasayishiga olib keladi. PCX (PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish formati.
    RAW (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi.
    PNG (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafikasi formati. Ushbu format yosh va GIF va JPEG formatlarining afzalliklarini birlashtiradi. Bu sizning rasmingiz sifatini yo’qotmasdan sezilarli darajada siqish imkonini beradi.
    PDF (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati.

    E’boringiz uchun rahmat


    Download 77,68 Kb.
    1   2




    Download 77,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi

    Download 77,68 Kb.