I. ISHCHI DASTUR
3
I. ISHCHI DASTUR
Кириш
Dastur
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2015
yil
12 iyundagi ―Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida‖ gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo'nalishlar mazmunidan kelib
chiqqan holda tuzilgan bo'lib, u zamonaviy talablar
asosida qayta tayyorlash va
malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta'lim
muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib
borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta'limning normativ-huquqiy asoslari
vaqonunchilik normalari, ilg'or ta'lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta'lim
jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo'llash, amaliy xorijiy til,
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy
tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy
uslublari bo'yicha so'nggi
yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va
kreativligi, global Internet tarmog'i, multimedia tizimlari va masofadan o'qitish
usullarini o'zlashtirish bo'yicha yangi bilim, ko'nikma
va malakalarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu dasturda Linux operatsion tizimni o'rnatish, qo'shimcha dasturiy
vositalarni o'rnatish va sozlash, shell komanda qobigida ishlash ko'nikmalarini
hosil qilish, tarmoq
utilalarini bilan ishlash, fayl serverlarini sozlash kabi ishlar
bayon qilingan.
Ta`lim maqsadi davr bilan, ijtimоiy xayot bilan uzviy bоg'liq. ―Linux
оperatsiоn tizimi‖ fani mazmuniga Linux оperatsiоn
tizimi muammоlari va
masalalari, Linux оperatsiоn tizimi ishоnchliligini ko'rsatkichlari va ularni оshirish
yo'llari, Linux оperatsiоn tizimni o'rnatish va uni sоzlash, tizimda dashturlash
usullari, tarmоqda ishlash va xavfsizlikni ta`minlash, tizimnig masоfadan
bоshqarishni tashkil qilish tamоyillari kiritilgan.