• C dasturlash tili.
  • 1.3. Linuxning umumiy tushunchalari 3
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 2,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/81
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,99 Mb.
    #240043
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
    Bog'liq
    4a647e70537b814c832b945c7a7e9036

    C dasturlash tili. 
    1969 yil Ken Thompson PDP-7 assambler tilida Unix OT 
    ni yaratgan. Assambler tili hisoblash mashinasiga bog'liq bo'lib, ushbu tilda 
    yozilgan OT faqat mo'ljallangan hisoblash mashinalari, yoki bir oilaga mansub 
    hisoblash kompyuterlari uchun ishlaydi. Shu sababli asl Unix OT boshqa 
    mashinalar uchun ko'chirib o'tkazib (transportatsiya) bo'lmaydi. Unix ni portabilli 
    qlish uchun, Thomson hisoblash mashinaga bog'liq bo'lmagan B dasturlash tilini 
    yaratdi. 1973 yil Dennis Ritchie, Thomson yordamida B dasturlash tilini 
    modifikatsiya qlib, C dasturlash tilini yaratib, shu asosida yangi Unix OT ni 
    yaratdi. Shundan so'ng yangilangan OT ni boshqa mashinalarga oson ko'chirib 
    o'tkazish (transportatsiya) mumkin bo'di.
    1.3. Linuxning umumiy tushunchalari 
     
    3
    Linux OT unikal funksiyalarga ega. Boshqa OT lar singari Linux OT 
    kompyuterni boshqaruvchi dastur bo'lsa, Unix sifatida tizimni qurishda va ilovalar 
    3
    A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark G. Sobell, U.S. 
    Corporate and Government Sales, pages 10-15. 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    23 
    yaratishda utilitalar jamlanmasi bo'lib hizmat qladi (1.1-rasm). 
    1.1-rasm 
    Linux bir vaqtning o'zida ko'p foydalanuvchilarga hizmat ko'rsata oladi. 
    Qurilmalarning imkoniyati va ularning vazifalari turidan kelib chqib bir vaqtning 
    o'zida 1000 tagacha foydalanuvchiga hizmat qlishi mumkin. Ko'pfoydalanuvchi 
    OT tizim resurslarini bir vaqtning o'zida foydalanishga imkon beradi. Har bir 
    foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda ishlasada 
    ularning bir biridan himoyasi tizim tomonidan ta'minlanadi, shu bilan birgalikda 
    tizim yadrosi ham barcha protsesslardan himoyalangan bo'ladi. Bir nechta vazifalar 
    bilan ishlagan vaqtda, asosiy e'tiborda bo'lgan vazifadan tashqari qolgan vazifalarni 
    orqa fonga o'tkazgan holda ishlash mumkin. Agar X Window tizimida ishlayotgan 
    bo'lsak, ishga tushirilgan bir nechta dasturlarni bir oynada ko'rib ishlash mumkin 
    bo'ladi. 
    Fayl o'zida hisobot, rasm, qo'shiq yoki bajarilayotgan dastur holati kabi 
    ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Har bir fayl ma'lumotlar saqlanish qurilmasida 
    universal identifakotor orqali saqlanadi. Linux fayl tizimi, fayllarning qaysi 
    katalog ichida joylashganini strukturasini ta'minlab beradi. Har bir katalog o'zida 
    fayl yoki katalogni saqlashi mumkin. O'z navbatida har bir katalog boshqa bir 
    derektoriyada ichida joylashgan bo'lishi mumkin, struktura shu tarzda ketib daraxt 
    ko'rinishiga keladi. Ushbu struktura foydalanuvchilarga fayllarni bir katalog ostida 
    birlashtirib ishlatishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi o'zining asosiy 
    katalogiga ega bo'ladi (1.2-rasm). 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    24 
    1.2-rasm 
    Ko'p foydalanuvchi OTlar singari, Linux OT foydalanuvchilarga o'zlarining 
    ma'lumotlarini boshqa foydalanuvchilardan himoyalash imkonini beradi. Shu bilan 
    birgalikda tizim tanlangan ma'lumot va dasturlarni bir nechta foydalanuvchilar 
    bilan birgalikda ishlatilishini oddiy lekin samarali havfsizlik sxemasi yordamida 
    ta'minlab beradi. Ushbu havfsizlik darajasi foydalanuvchilarning u yoku bu faylga 
    nisbatan o'qish, yozish va bajarish huquqlarini belgilab beradi. Oxirgi yillarda
    ruxsatlarni boshqarish funksiyasi (ACL) barcha Linux OTning yadrolariga va 
    Fedora/RHEL ga qo'shilgan. Ruxsatlarni boshqarish funksiyasi foydalanuvchilarga 
    va administratorlarga fayllarga nisbatan quyi darajadagi boshqarish huquqlarni 
    beradi. 

    Download 2,99 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




    Download 2,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 2,99 Mb.
    Pdf ko'rish