III. NAZARIY MATERIALLAR
31
3.
Strukturaviy ko’rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar
strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish.
4.
Xatti harakatlar ko’rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga
qanday javob berishini modellashtirish.
Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta
diagrammalarga ega.
1.
Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko’rsatadi
2.
Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o’rtasidagi
munosabatni ko’rsatadi.
3.
Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari
orasidagi munosabatlarni ko’rsatadi.
4.
Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o’zaro
munosabatini ko’rsatadi
5.
Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta’sirini ko’rsatadi.
UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy
ta’minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi.
UML dasturiy ta’minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb
qabul qilingan.