Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

 
 
Reja: 
1.
Axborot-kutubxona muassasalari tashkiliy tuzilishi, bo‟lim turlar 
2.
Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish. 
3.
Axborot-kutubxona faoliyatini statistikasi. 
Tayanch iboralar: 
tashkiliy tuzilma, rejalashtirish, boshqarish, statistika, 
xizmat ko’rsatish, ishlov berish, nisbiy miqdor, axborot-kutubxona fondi, 
axborot-kutubxona xizmati.
 
 
2.1. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi, bo„lim 
turlari 
Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi deyilganda undagi 
bo„linmalar yig„indisi, ularning birgalikdagi tobeligi va o„zaro munosabatlari, ular 
o„rtasidagi vazifalarni taqsimlanishi tushuniladi. Tashkiliy tuzilish kutubxona va 
axborot muassasasining turi va uning vazifalari, kitob fondining xajmi, xarakteri va 
boshqa omillarga bog„liq. Kutubxona bo„limlarini turli maqsadda- 
kitobxonlarning turli guruxlariga xizmat ko„rsatish maqsadida, bosma va boshqa
turdagi materiallarni har xil turlari bilan ishlash yoki adabiyotlarning ayrim 
soxasini targ„ib qilish va boshqa maqsadlarda tashkil qilish mumkin. 
Yirik kutubxonalarda kutubxona bo„limlari to„rt turga bo„linadi: 
1.
Kitobga ishlov berish yoki kitobxonlarga xizmat ko„rsatish jarayonida 
ayrim vazifalarni bajaradigan funktsional ( vazifali) bo„limlar. 
2.
Bosma va boshqa turdagi materiallarning maxsus turlarini to„ldirish va 
ularga ishlov berish bilan bog„liq bo„lgan barcha vazifalarni bajaruvchi kompleks 
bo„limlar. 
3.
Kitobxonlarga fan soxalar yoki san‟atning ma‟lum soxasi bo„yicha 
adabiyotlar bilan xizmat ko„rsatuvchi soxaviy bo„limlar. 
4.
Kutubxonaning o„z shoxobchalariga xizmat ko„rsatuvchi tarmoq 
bo„limlar. 
Shuningdek yirik kutubxonalarda ma‟muriy- xo„jalik va yordamchi 
bo„limlar ham mavjud bo„ladi. 
Funktsional bo„limlarga – komplektlash, ishlov berish, kitob saqlash, 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
27 
bibliografiya, xizmat ko„rsatish, o„quv zali, abonement, ommaviy ishlar, 
kutubxonalararo abonement bo„limlari kiradi. 
Kompleks bo„limlarga- noyob kitoblar, qo„lyozmalar, chet el adabiyotlari, 
musiqa-nota bo„limlari kiradi. 
Soxaviy bo„limlarga – texnika va patent adabiyotlari, qishloq xo„jaligi, 
san‟at bo„limlari kiradi. 
Tarmoq bo„limlariga – ilmiy- uslubiy, ilmiy- tadqiqot, marketing , nashriyot, 
kitob almashuv fondi, madaniyat va san‟at bo„yicha axborot bo„limlari kiradi. 
Ma‟muriy –xo„jalik bo„limlariga – kotibiyat, xisobxona, devonxona, kadrlar 
bo„limi kiradi.
Yordamchi bo„limlarga –bosmaxona, muqovalash ustaxonasi, durodgorlik 
ustaxonasi, fotolaboratoriya, kompyuter xonasi kiradi. 
Amaliyotda turli xil kutubxona tuzilishlari uchraydi. Ularning asosiylari: 
guruxli, lingivistik ( til bo„yicha), shakliy, soxali, funktsional ( vazifali) va 
kombinatsiyalangan (qurama). 

Download 3,31 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish