dinamik ko„rsatkichlar, struktura




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

dinamik ko„rsatkichlar, struktura
 
ko„rsatkichlar, intensivlik ko„rsatkichlar
.
Bu ko„rsatkichni xisoblash faktik bajariladigan majburiyat hajmini rejada ko„zda 
tutilgan majburiyat hajmiga bo„lish yo„li bilan amalga oshiriladi. Rejadagi 
majburiyat bajarilishining nisbiy o„lchovlari koeffitsent yoki foizlar shaklida 
ifodalanadi. Koeffitsent termini statistikada maxsus soxalarning nisbiy 
ko„rsatkichlarini ( qiyoslab aniqlanadigan ko„rsatkich) anglatish uchun 
qo„llaniladi, ko„pincha har xil nomdagi o„lchovlarning nisbati qilib xisoblanadi. 
Dinamik ko„rsatkichlar- xodisalarning vaqti- vaqti bilan o„zgarib turishini 
xarakterlaydigan 
nisbiy 
miqdordir. 
Ular 
turli 
vaqtlardagi 
bir 
tipdagi 
ko„rsatkichlarni qiyoslash yo„li bilan xisoblanadi. U biron –bir xodisaning
qanchalik o„zgarganini o„rganish, istiqbol rejalarini tuzish, kutubxona binolari 
qurilishi loyihalarini ishlab chiqish va boshqa xollarda amaliy ahamiyatga ega. 
Masalan, kitob fondining bundan oldingi bir necha o„n yilliklarda necha marta 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
37 
o„zgarganligi kuzatilganda, biz kelajakda fondlar xajmini xisoblashimiz mumkin. 
Taqqoslanayotgan ko„rsatkichlar mutloq miqdori dinamikasini taxlil qilish 
daraja
 
deyiladi, u bilan birga o„rganilayotgan ko„rsatkich – 
joriy daraja,
taqqoslashga olinganini esa – 
bazis yoki darajaning
 
boshlanishi
 
deyiladi. 
Masalan, 2003 yilda kitobxonlarni soni 5121,0 bo„lgan, 2004 yilda 5494,0 ( 5494-
5121=373) bo„lgan, ya‟ni 373 ta ko„p. 2005 yilda kitobxonlar soni 5589 bo„lgan 
bo„lsa mutloq ko„payish (5589-5121=468) 468 ni tashkil etadi. 
O„sish ( yoki kamayish) sur‟ati – ikki darajani bo„lish natijasida xosil 
qilinadigan va foiz(%) xisobida ifodalanadigan nisbiy ko„rsatkichdir. Bunda 
qatorning boshlang„ich darajasi doimiy daraja (bazis) sifatida qabul qilinadi, 
Masalan, 2003 yilda kitobxonlar soni 5121 bo„lgan ( boshlang„ich daraja-100%), 
2004 yilda 5494, ya‟ni 2003 yilga nisbatan o„sish sur‟ati 107 %, 2005 yilda 5589, 
ya‟ni 2003 yilga nisbatan 109% tashkil etadi. 
Ko„payish sur‟ati- ma‟lum bir daraja boshlang„ich darajadan necha foiz 
(%) ko„p yoki kamligini, ifodalovchi nisbiy ko„rsatkichdir. Bu ko„rsatkich mutloq 
o„sishning boshlang„ich darajaga foiz nisbati deb, o„sish sur‟ati ko„rsatkichidan
100 foizni ayrish yo„li bilan xisoblanadi. Masalan, 2004 yilda o„sish sur‟ati 107 
foizni tashkil etsa, ko„payish sur‟ati 107%-100%= 7% tashkil etadi. 2005 yilda esa 
o„sish sur‟ati 109% ni tashkil etsa, ko„payish sur‟ati 109%-100%=9% ni tashkil 
etadi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish