• Kitob berilishining statistik xisobi
  • kutubxona xizmati, kutubxona tarmoqlari, kadrlar




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

    kutubxona xizmati, kutubxona tarmoqlari, kadrlar. 
    Kitobxonlarni xisoblash statistikasi: kutubxonadagi kitoblardan necha kishi 
    foydalanadi degan savolga javob beradi. Odatda xisob birligi bo„lib kitobxonlar 
    formulyarlari xizmat qiladi: yil davomida qancha formulyar ro„yxatga olingan 
    bo„lsa, shuncha kishiga xizmat ko„rsatilgan. Ammo xisobning bunday uslubi aynan 
    bir kishining o„zi bir vaqtning o„zida abonementdan, o„quv zalidan, yirik 
    kutubxonalarda esa xatto bir necha bo„limlardan foydalanishiga olib keladi. 
    Buning natijasida umumiy formulyarlar yig„indisi kutubxonaning barcha 
    bo„limlaridan foydalanuvchilarning haqiqiy sonini oshirib yuboradi. Shuning 
    uchun kutubxonaga a‟zo bo„lgan har bir kitobxonga ro„yxat kartochkasi yuritish va 
    kutubxonaning barcha bo„limlaridan foydalanish xuquqiga ega kitobxonlik bileti 
    joriy qilish maqsadga muvofiqdir. 
    Berilgan biletlarning soni necha kishi kutubxonaga a‟zo ekanligini 
    ko„rsatadi. O„z navbatida, har bir bo„lim uning xizmatidan foydalanadigan 
    kitobxonlar sonini ro„yxatga oladi. Bu esa yillik xisobotda, kutubxona 
    kitobxonlarining soni hamda kutubxona bo„limlari xizmat ko„rsatadigan 
    kishilarning jami miqdori haqida fikr yuritish imkonini beradi. 
    Kitob berilishining
    statistik xisobi:
    bosma nashrlar va boshqa 
    materiallarning qanchasi, bilimlarning qaysi soxalari kitobxon tomonidan 
    foydalanildi, degan savolga javob beradi. Bu ijtimoiy mutolaa ko„lamlari va 
    kutubxonachi mehnatining maxsuldorligini xarakterlaydi. Kitob berilishi 
    jamoaning madaniy saviyasi to„g„risida va kutubxona fondidan foydalanish 
    to„g„risida fikr yuritish uchun muxim mezondir. 
    Kitobxon formulyaridagi yozuvlar yoki kitobxon biletiga qo„yilgan kitob 
    formulyarlari kitob berilishini xisobga olishning asosi bo„lib xizmat qiladi. Kitob 
    va jurnallar berilishi birligi qilib- alohida nushalar, muqovalanadigan jurnallar 
    uchun- muqovalar soni, muqovalanmagan yoki “qalin” jurnallar uchun – nomerlar 
    soni olinadi. 
    Kitob berilishini xisobga olish uslubidagi muammo masalalaridan biri 
    abonement va o„quv zallari bo„yicha kitob berish miqdorini jamlashga yo„l
    qo„yish mumkinmi, degan masaladir. Moxiyatiga ko„ra bu kitob berilishlari bir xil 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    39 
    emas. Abonementda berilgan 100 ta kitobning aksariyat qismi to„la o„qib 
    chiqiladigan bo„lsa, o„quv zalida ham shuncha miqdorda berilgan kitoblarning 
    birontasi ham odatda kitobxonlarning zalga bir martalik qatnashida o„qib 
    chiqilmaydi. 
    Ammo amaldagi qoidalarga ko„ra, bu miqdorlar birga jamlanadi. 
    Statistikaning ana shu kabi ma‟lumotlari bilan taqqoslash mumkin bo„lgan 
    ko„rsatkichlarni olish uchun kitob berishning umumiy( jamlangan) soni ko„rsatiladi 
    va ayni vaqtda: shu jumladan, abonement va o„quv zali bo„yicha deb ajratib 
    ko„rsatish tavsiya etiladi. 
    Kutubxona statistikasining muxim ko„rsatkichlaridan biri kutubxonaga 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kutubxona xizmati, kutubxona tarmoqlari, kadrlar

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish