Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

 
 
5
“Fundamentals of Library “Library management 101: A practical guide” by DIANE L.VELASQUEZ 2013 ISBN 
978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389-9502-0(pdf). 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
35 
2.3.Axborot-kutubxona faoliyati statistikasi. 
 
2.3.1. Statistikaning maqsadi, ahamiyati va boshqaruvdagi o‘rni. 
Kutubxona- axborot faoliyatini boshqarishda kutubxona statistikasidan 
bevosita foydalaniladi. Kutubxona statistikasi kutubxona-axborot faoliyati bilan 
bog„liq bo„lgan ommaviy xodisalar va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini 
o„rganadi. Kutubxona ishida ommaviy xodisalarning miqdoriy ifodasi raqamli 
ko„rsatkichlar hajmi, rivojlanish dinamikasi, reja- topshiriqlar va me‟yorlarning 
bajarilishi, miqdoriy bo„linishlar va nisbatlar tizimi vositasida ularning anik joy
hamda vaqt sharoitlaridagi sifat aniqligida tadqiq qilinadi. 
Kutubxona statistikasining maqsadi- kutubxonalarda jamlangan fondlar, 
ularning ahvoli, rivojlanishi, foydalanishi, mamlakat madaniy darajasiga ta‟siri, 
fan- texnika taraqqiyoti va boshqa ijtimoiy xodisalar bilan o„zaro bog„liqligini 
xisoblashdan iborat. Uning vazifasi –miqdoriy ko„rsatkichlar tizimini kutubxona 
ishining ayrim bo„limlari va uni bir butun xolda xisoblash usullarini ishlab chiqish. 
U o„rganadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi: 
-kutubxonalar tarmoqlari- shahar va qishloqda joylashuvi, turi, xili, xajmi, 
idoraviy mansubligi va boshqa belgilariga ko„ra bo„linishi; 
-kitob fondi – uning rivojlanishi, o„zgarishi, bilimlar soxasi, til, hajm va shu 
kabilar bo„yicha bo„linishi; 
-kitobxonlar- ularning tarkibi, faolligi; 
-kutubxonalar faoliyati- kitob berilishi, uning tarkibi, ommaviy ishlar, 
faollarni jalb qilish, kutubxona xodimlari, ularning tarkibi, kutubxonalar 
mablag„lari, turli xil extiyojlar uchun ajratilgan jamg„armalarning taqsimlanishi.
Statistik ko„rsatkichlar muxim boshqaruv funktsiyasini bajaradi, boshqaruv 
jarayonlarini barcha saviyalari uchun muxim element xisoblanadi. Statistik 
ko„rsatkichning bu ahamiyati kitobxonlarga xizmat ko„rsatish sifati va kutubxona 
jamoasining ishidagi tejamkorlik natijalari bilan bog„liq bo„lgan rejalarning 
bajarilishini nazorat qilishni kuchaytiradi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish