• Mutloq o„lchov
  • Nisbiy ko„rsatkichlar.
  •  O‘rtacha va nisbiy ko‘rsatkichlar, ularni ahamiyati va muammolar




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

    2.3.2. O‘rtacha va nisbiy ko‘rsatkichlar, ularni ahamiyati va muammolar. 
    Kutubxona-axborot faoliyatida uchta asosiy statistik ko„rsatkichdan 
    foydalaniladi. 
    1. Mutloq ko„rsatkich. 
    2. Nisbiy ko„rsatkich. 
    3. O„rtacha ko„rsatkich. 
     
    Mutloq ko„rsatkich
    muxit va jarayonlarning o„lchamini (miqyosi, hajmi) 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    36 
    ifodalaydi, bular statistik kuzatishlar va dastlabki axborot-ma‟lumot natijalaridan 
    olinadi. Ular kutubxona amaliyotida keng foydalaniladi, kutubxona faoliyatini 
    taxlil qilish va kerakli ishlarni rejalashtirishda qo„llaniladi. Ular asosida kutubxona 
    rejalari tuziladi, aniq nashrlarga so„rovlar hajmini baholaydi va x.k. Amalda 
    statistik axborot mutloq o„lchovni shakllantirishdan boshlanadi, ular bilan 
    kutubxona xayotining barcha tomonlari o„rganiladi.
    Mutloq o„lchov
    – har doim son bo„lib, o„zining o„lchov birligiga ega. 
    Masalan, kutubxonada nusxa, nom, qatnash, kitob berilish va xokozolarda 
    o„lchanadi. Miqdoriy ko„rsatkichlar statistik materiallar yig„indisi natijasida xosil 
    bo„ladi. Ularga kitobxonlar va katnashlar soni, kutubxona fondi va kitob berilish 
    soni, ommaviy tadbirlar va boshqalar kiradi. 
    Nisbiy ko„rsatkichlar.
    Bu eng avvalo statistik ma‟lumotlarni solishtirish, 
    qiyoslashdir. Solishtirish natijasida nisbiy o„lchov ko„rinishida kutubxona 
    faoliyatining sifat baxosi olinadi. Kutubxona bo„limlari yoki kutubxona ishlarining 
    qiyosiy taxlilida nisbiy ko„rsatkichlar katta rol o„ynaydi. Bir kitobxonga, bir 
    kutubxonachiga, bir nomga va boshqalarga nisbatan yuzaga keltirilgan nisbiy 
    ko„rsatkichlar kutubxona yoki uning bo„limlari rivojlanishi darajalarini ochib 
    beradi. Nisbiy ko„rsatkichlarni qiyoslab chiqish u yoki bu ishni hajmining 
    kamayishi yoki ko„payish sabablarini aniqlashga imkon beradi. Bunday taxlil – 
    boshqaruvchilik qarorini qabul qilish uchun zarurdir. Nixoyat, nisbiy ko„rsatkichlar 
    rejalashtirishdagi miqdoriy son ko„rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asosiy 
    xisoblanadi. Ularni xisobga olmasdan vaqt mobaynida ulardagi o„zgarishlarni 
    taxlil qilmasdan ish jarayonini rivojlanishini, ish xajmining an‟ana va faktik 
    o„zgarishlarini aniqlash, to„g„ri baholash mumkin emas. 
    Nisbiy ko„rsatkichlar o„zining mohiyatiga ko„ra uch turga bo„linadi: 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘rtacha va nisbiy ko‘rsatkichlar, ularni ahamiyati va muammolar

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish