• Bir kutubxona xodimining ish yuklamasi ko„rsatkichi
  • Ish yuklamasi
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

    Kutubxona xodimlari statistikasi 
    Kutubxona xodimlari statistikasi xodimlar soni, ularning malakasi hamda 
    ma‟lumoti, yoshi bo„yicha guruxlanishini, kutubxonalarning turiga ko„ra
    bo„linishini o„rganadi. Statistikaning bu qismi xodimlar tayyorlash va ularning 
    malakasini oshirishni rejalashtirish uchun juda kerak. Kutubxona xodimlarining 
    statistik xisobi kutubxonalarning yillik xisoboti ma‟lumotlariga asoslanadi. 
    Bir kutubxona xodimining ish yuklamasi ko„rsatkichi
     
    kutubxona 
    faoliyatini baxolash uchun ahamiyatga ega. Kutubxonachining ish yuklamasi 
    yuqori bo„lsa barcha ishlarni sifatli bajarilishini ta‟minlash qiyinlashadi. 
    Kitobxonlarning umumiy soni, qatnashlar, kitob berilishi, kitob fondlari 
    bo„yicha ish yuklamalari kutubxona va kutubxona xodimi ish yuklamasining 
    yetakchi ko„rsatkichlari xisoblanadi. Ish yuklamasi ko„rsatkichlari quyidagicha 
    xisoblanadi: 
    Agar bir necha kutubxona faoliyati taxlil qilinsa va taqqoslashtirilsa, barcha 
    kutubxona shtatlariga taqsim qilish bo„yicha xisoblanadi; 
    Agar bir xil jarayonlarni bajaruvchi bo„limlarning ishlari taqqoslansa, 
    kutubxona xodimlari soni xizmat ko„rsatish punktlariga taqsim qilish bo„yicha 
    xisoblanadi (tarmoqli bo„limlar, o„quv zallari va boshq. ). 
    Kutubxona xodimlari sonining ish yuklamasini aniqlashda shtat jadvali 
    bo„yicha, xodimlarning asosiy soni bo„yicha yil oxirida xisoblanadi, Agar yil 
    davomida shtat jadvalida o„zgarishlar bo„lsa, shtat birligi sonining o„rtacha
    miqdori aniqlanadi. 
    Ish yuklamasi
    ko„rsatkichlari quyidagi formula bo„yicha xisoblanadi: 
    Ish xajmi 
    Ish yuklamasi=------------------- 
    Kutubxona xodimlari soni 
    Bir kutubxona xodimining kitobxonlar soni bo„yicha ish yuklamasi barcha 
    kitob berish punktidagi xizmat ko„rsatilgan kitobxonlarning umumiy soni,
    kutubxona xodimlari soniga bo„linadi. 
    Fond bo„yicha ish yuklamasi jami kutubxona fondini kutubxona xodimlari 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    44 
    soniga bo„lish orqali xisoblanadi. 
    Kitob berilishi bo„yicha ish yuklamasini xisoblash uchun kitob berilishining 
    umumiy soni, kutubxona xodimlari soniga bo„linadi.

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish