• Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi, bo„lim turlari
  • O‟zbekiston Respublikasi va rivojlangan chet el mamlakatlarida elektron kutubxonalarning tashkiliy ta‟minotini yaratishga qaratilgan ishlar tahlili
  •   IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

    46 
    IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
     
    1-amaliy mashg‟ulot: Avtomatlashtirilgan Axborot-kutubxona muassasani 
    tashkiliy tuzilmasini yaratish 
     
    Ishdan maqsad:
    Axborot kutubxona muassasalarini o‟rganish va ular uchun 
    avtomatlashtirish holatini aniqlash. Chet el mamlakatlari axborot-kutubxona 
    muassalarini o‟rganish va tahlil qilish. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona 
    uchun tashkiliy tuzilma yaratish. 
    Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi, bo„lim turlari 
    Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi deyilganda undagi 
    bo„linmalar yig„indisi, ularning birgalikdagi tobeligi va o„zaro munosabatlari, ular 
    o„rtasidagi vazifalarni taqsimlanishi tushuniladi. Tashkiliy tuzilish kutubxona va 
    axborot muassasasining turi va uning vazifalari, kitob fondining xajmi, xarakteri va 
    boshqa omillarga bog„liq. Kutubxona bo„limlarini turli maqsadda- 
    kitobxonlarning turli guruxlariga xizmat ko„rsatish maqsadida, bosma va boshqa 
    turdagi materiallarni har xil turlari bilan ishlash yoki adabiyotlarning ayrim 
    soxasini targ„ib qilish va boshqa maqsadlarda tashkil qilish mumkin. 
    O‟zbekiston Respublikasi va rivojlangan chet el mamlakatlarida 
    elektron kutubxonalarning tashkiliy ta‟minotini yaratishga qaratilgan ishlar 
    tahlili 
     
    1991 yili Buyuk Britaniyada "Elektron kutubxona" dasturining ishga 
    tushirilishi munosabati bilan unga dastlab "Kutubxona, elektron kutubxona deyiladi, 
    agarda uning fondidagi hujjatlaming katta qismi elektron shaklga o‟tkazilgan bo'lsa" 
    degan ta'rif berilgan. Bu ta'rifdan ko'rinadiki, to'liq avtomatlashtirilgan 
    kutubxona "Elektron kutubxona" bo'lishi mumkin ekan. 
    AQSh Massachuset universitetidan Vil'yam Adams o"zining kitobida EKga 
    "Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kolleksiyasi, bunda axborot raqamli 
    shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi" deb ta'rif 
    bergan. 
    Bugungi kunga kelib, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda milliy 
    kutubxonalar zamonaviy tashkiliy ta‟minotining holati uchun optimal elektron 
    kutubxona tashkiliy ta‟minot modellarini yaratish yo‟lga qo‟yilgan. Jumladan, 
    Britaniya milliy kutubxonasi, Germaniya milliy kutubxonasi, Rossiya davlat 
    kutubxonasi va Rossiya milliy kutubxonasi, AQSh Kongres kutubxonasi, Latviya 
    milliy kutubxonasi o‟zining elektron kutubxonasini yaratishda tashkiliy ta‟minotni, 
    shakl va uslublarini ishlab chiqish va elektron kutubxonalarga uchun optimal 
    tashkiliy ta‟minotni qo‟llash borasida quyidagi bosqichma bosqich ishlar amalga 
    oshirilmoqda: 


    IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
    47 

    kutubxona elektron katalogiga kirishni va elektron axborot-resurslarini 
    qidiruv tizimi orqali olishni mukammal darajada rivojlantirish; 

    kutubxona foydalanuvchilari uchun ko‟pfunksiyali kutubxona xizmatlarini 
    kengaytirish; 

    axborot texnologiyalarini qo‟llagan holda elektron kutubxona fondiga 
    kirishni ta‟minlash; 

    kutubxona xizmatlarini modernizatsiyalash; 

    kutubxona fondi hayotiy siklining boshqaruv tizimini rivojlantirish; 

    kutubxonaning “aralash”- kompleks va texnik modelini yaratish. 
    Yuqorida sanab o‟tilgan milliy kutubxonalar tashkiliy ta‟minoti deyarli 
    o‟xshash bo‟lib, quyidagi asosiy boshqaruv tarkibga ega: 

    axborot tizimlarini boshqaruvi bo‟limi rahbari; 

    kutubxona fondlarini boshqaruvi bo‟limi rahbari; 

    moliya va rejalashtirish ishlari bo‟limi rahbari; 

    kitobxonlarga xizmat ko‟rsatish va kutubxona fondini shakllantirish bo‟limi 
    rahbari; 

    maxsus fondlarni boshqaruvi bo‟limi rahbari; 

    kutubxona tashkiliy ishlari bo‟yicha rahbar; 

    kutubxona tashqi aloqalari boshqaruvi rahbari; 

    korporativ resurslarni boshqaruvi rahbari. 
    Boshqa milliy kutubxonalardan farqli ravishda Kongres kutubxonasi 
    tashkiliy ta‟minoti tarkibi quyidagi bo‟limlar va boshqaruv tarkibdan iborat: 

    AQSh Kongres so‟rovlariga xizmat ko‟rsatuvchi markaz direktori; 

    Mualliflik huquqi ofisi direktori; 

    Strategik initsiativ bo‟yicha bo‟lim direktori; 

    Personalni boshqarish bo‟yicha bo‟lim menejeri; 

    Ichki infrastrukturani shakllantirish bo‟limi. 
    Yuqorida keltirib o‟tilgan tahlil natijalariga qo‟shimcha tarzda, Kaliforniya 
    elektron kutubxonasining tashkiliy ta‟minotini shakl va uslublarini shakllantirish 
    hamda yaratishda amalga oshirilgan ishlarni ko‟rish mumkin. 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish