Ommaviy va bolalar kutubxonalarining tuzilishi




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

Ommaviy va bolalar kutubxonalarining tuzilishi. 
Hozirda Respublikamizda davlat ommaviy va bolalar kutubxonalari 
Axborot- resurs markazlariga birlashtirilgan. MDX davlatlarida Davlat ommaviy 
kutubxonalari tarmog„i markazlashgan kutubxonalar tizimiga birlashtirilgan. Shu 
sababli ularning katta bo„lmagan shoxobchalarida bittadan, kattarog„larida bir 
nechtadan kutubxonachi xizmat ko„rsatadi. Faqat shaxar va tuman markaziy 
kutubxonalarining kitob fondlari katta bo„lganligi uchun ularda ko„prok xodimlar 
mehnat qiladi. Ommaviy kutubxonalarning tashkiliy tuzilishi asosan quyidagicha: 
Shahar va tuman kutubxonalarida abonement, o„quv zali, ko„chma kitob 
fondi, shuningdek bolalar bo„limlari mavjud. Markaziy kutubxonada bundan 
tashqari uslubiy- bibliografik bo„lim ham tashkil etilgan. Bu bo„limlarda bitta va 
undan ortiq xodim ishlaydi. Lekin xodimlarga kitob fondini moddiy javobgarligi 
yuklatilganligi sababli abonement, o„quv zali yoki fondni – bo„lim, xodimni esa – 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
32 
mudir deb xisoblash mumkin. Shu bilan birga markazlashgan kutubxona tizimida
kutubxona fondini komplektlash va ishlov berish bo„limi mavjud.
Bolalar kutubxonalarida xizmat ko„rsatish bo„limining tashkiliy tuzilmasi 
kitobxonlarning ulg„ayish xususiyatlariga muvofiq tabaqalashtiriladi: kichik 
maktab yoshidagi bolalar uchun abonement, o„rta va katta yoshdagi bolalar uchun 
bo„limlar ajratiladi. Yirik bolalar kutubxonalarida – respublika, viloyat, markaziy 
shaxar kutubxonalarida asosan funktsional bo„limlar: komplektlash, ishlov berish, 
kitob saqlash, xizmat ko„rsatish, shuningdek uslubiy va bibliografik bo„limlar 
mavjud bo„ladi. 
2.2.
 
Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish

Rejalashtirish ahamiyati jihatidan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan 
biridir. Har qanday boshqaruv reja tuzishdan boshlanadi. Reja tuzish esa 
boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, vazifalarni amalga oshirish 
usullari hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog„liqligini 
belgilash bilan boshlanadi. 
Rejalashtirish – bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo„nalishini, tashkilot 
a‟zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo„lidagi xarakat birligini ta‟minlash 
vositalaridan biridir. Tashkilotda shu jumlada kutubxonada rejalashtirish bir 
safarlik hodisa emas, u doimiy, uzluksiz jarayon. Chunki birinchidan har qanday 
tashkilot maqsadga erishgandan so„ng, yana yangi maqsad tanlab, iloji boricha o„z 
umrini uzaytirishga xarakat qiladi. Ikkinchidan u doim noaniq kelajakni biroz 
bo„lsada ko„ra bilishlik zaruratidan kelib chiqadi. 
Har qanday tashkilotda rejalashtirishni boshlashda eng birinchi qadam 
sifatida strategik rejalashtirish yuzaga chiqadi. Strategik rejalashtirishdan keyin 
boshqa barcha boshqaruv funktsiyalari birlashadi. Strategik rejalashtirish- 
rahbariyat tomonidan qo„llaniladigan va tashkilot o„z maqsadlariga erishishi 
uchun yordam beradigan o„ziga mos strategiyani ishlab chiqishga olib keladigan 
xarakatlar, tadbirlar, qarorlar to„plamidir. Strategik rejalashtirish –boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishga yordam beradigan instrument sifatida xizmat qiladi, 
uning maqsadi- tashkilotda yetarli darajada o„zgarishlarni ta‟minlashdan iborat.
4
Hozirgi davrdagi bilimlarning, o„zgarishlarning jadalligi va ko„lami 
kengligi tufayli strategik rejalashtirish kelajakdagi muammolarni, imkoniyatlarni, 
rasmiy istiqbolni belgilashni yagona vositasi bo„lib qolmoqda. U oliy boshqaruv 
bosqichiga uzoq muddatli yo„nalish birligini, shu yo„nalishda qarorlar qabul qilish 
imkonini, xarakat usullarini belgilashni, xavf-xatarni oldini olishni yoki ta‟minlash 
4
“Fundamentals of Library “Library management 101: A practical guide” by DIANE L.VELASQUEZ 2013 ISBN 
978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389-9502-0(pdf)-pages 271-273. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
33 
imkonini beradi. Strategik rejalarni ishlab chikishni tashkilotning biron bo„g„ini 
yoki maxsus, tashkilotdan tashkari xolda markazlar bajarib berishi ham mumkin. 
Masalan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga qarashli bo„lgan ommaviy 
kutubxonalar uchun ilmiy – uslubiy markazlar tashkil etilgan bo„lib, ularning 
ko„plab vazifalaridan biri, bu turdagi kutubxonalar uchun strategik rejalashtirish 
ishlarini amalga oshirish kiradi.
Rejalashtirish 
jarayonida muximligi jixatidan birinchi o„rinda 
tashkilotning maqsadlarini to„g„ri tanlay bilish turadi. Asosiy va hamma 
tashkilotlarga xos maqsad – uning nima uchun mavjudligini, yuzaga kelganligini 
har tomonlama, aniq ifodalovchi missiyadir. Maqsadlar aynan shu missiyani 
amalga oshirish uchun belgilanadi. Missiya rasmiy tarzda tavsiflangan bo„lib, 
undan tashkilot xodimlari xabardor bo„lishlari shart. Juda keng missiya tanlash 
tashkilot muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash 
ham rahbariyat imkoniyatlarini, alternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab 
qo„yishi mumkin. 
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish ishning maqsadi, vazifasi va darajasini 
aniqlaydi, xarakat dasturini belgilaydi. U ommaviy kutubxonalarning madaniy- 
ma‟rifiy muassasa sifatidagi faoliyatini yo„naltiradi, maxsus va o„quv 
kutubxonalarini xizmat ko„rsatiladigan jamoasi faoliyatiga yordam berishga 
yo„llaydi. Reja ishning darajasini yuksaltirish uchun ham, kitob targ„ibotining 
yangi usul va shakllarini joriy qilish uchun ham ahamiyatga ega. 
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslangan
bo„lishi kerak: 
- ilmiy asoslanganlik; 
- joriy ishlarni istiqbol ishlar bilan uyg„unlashtirish; 
- rejani bajarilishi shartliligi; 
- rejani muvoffiqlashganligi; 
- rejani aniqligi. 
Rejani ilmiy asoslanganligi – uning ta‟sirchanligini muxim shartidir. 
Rejalashtirish – bu kutubxona faoliyatini rivojlantirish, uni extiyoj va 
imkoniyatlarini xisobga oluvchi oldindan ko„ra bilishdir.Ilmiy asoslanganlik joriy 
vazifalarni istiqbol vazifalar bilan uyg„unlashtirishni nazarda tutadi. Ya‟ni joriy 
ishlar va ehtiyojlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki yaqin kelajakning 
talablarini xisobga olish lozim. 
Rejalashtirishning zarur sharti – rejani bajarilishini shartliligidir. Rejadagi 
ko„rsatkichlarga erishish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilmoq zarur. 
Rejalarni muvoffiqlashtirish bitta regionda joylashgan kutubxonalar 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
34 
faoliyatini xisobga olishni nazarda tutadi. Reja tuzishdagi vazifalardan yana biri – 
uni aniq bo„lishidir. 
Kutubxonalar o„z oldilarida turgan ko„p tarmoqli ishni bir maromda 
uzilishlarsiz, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun reja bo„yicha ishlashi kerak. 
Reja bo„yicha ishlash- qachon va qanday maqsadda nima ish qilish kerakligini 
bilish demakdir. Yaxshi tuzilgan reja kutubxonani u yoki bu davrdagi vazifa va ish 
mazmunini aniqlaydi, ishga istiqbollik baxsh etadi, aholiga xizmat ko„rsatishni va 
ommaviy tadbir tashkil qilishngi osonlashtiradi, kutubxona fondidan to„g„ri va 
to„liq foydalanishga, kutubxona ish sifatini yaxshilashga va mehnat 
samaradorligini oshirishga yoram beradi. 
Kutubxona asosan uch xildagi rejaga ega bo„lishi kerak: 
- yillik; 
- chorak (kvartal); 
- oylik. 
Yillik rejada kutubxona faoliyatining asosiy yo„nalishlari, joriy yildagi 
muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma‟rifiy ishlari, 
kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o„tkazish va 
xokozolar bo„yicha miqdoriy ko„rsatkichlar belgilanadi. 
Chorak reja yillik reja asosida tuzilib, yillik rejani bajarishni qanday 
amalga oshirish, ushbu chorakda nima ish qilinishi aniq belgilanadi. Unda yillik 
rejada o„z aksini topmagan, lekin hayot taqqozosi bilan zarur bo„lgan yangiliklar 
o„z aksini topishi mumkin.
Chorak rejadan tashqari har oyda kutubxonaning kitob targ„iboti bo„yicha 
o„tkaziladigan tashkiliy-ommaviy va uslubiy ishlarini mavzu- kalendar rejasi yoki 
oylik rejasi tuziladi. Oylik reja chorak reja asosida yaratiladi. Oylik reja 
kutubxonaning ommaviy va uslubiy ishlarini har bir turi bo„yicha tadbir mavzusi, 
tadbirlarni bajarishga javobgar shaxsni belgilaydi
5

Reja tuzilib va tasdiqlangach u bajarish uchun majburiy xisoblanadi. Rejani 
har bir bo„limi to„liq va o„rnatilgan muddatda bajarilishi shart.
Yillik ish rejasi tuzish ancha murakkab ish. Shuning uchun uni tayyorlash 
uchun ancha ilgariroq, yilning noyabr- dekabr oylarida kirishish kerak. Bu esa o„z 
vaqtida reja tuzishga, uni muhokamadan o„tkazish va tasdiqlashga hamda yangi yil 
boshidan boshlab uni bajarishga imkoniyat yaratadi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ommaviy va bolalar kutubxonalarining tuzilishi

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish