-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining axborot-




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

2-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining axborot-
kutubxona faoliyatini rejalashtirish usullarini o‟rganish 
 
Ishdan 
maqsad:
Axborot 
kutubxona 
muassasalari 
faoliyatini 
Rejalashtirishning mohiyati, ahamiyati va vazifalari, o‟rganish. Reja turlari, ularni 
o„ziga xosligi va Istiqbolni belgilashning ahamiyati, usullari va turlari
 
1. Rejalashtirishning mohiyati, ahamiyati va vazifalari. 
Rejalashtirish ahamiyati jihatidan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan 
biridir. Har qanday boshqaruv reja tuzishdan boshlanadi. Reja tuzish esa 
boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, vazifalarni amalga oshirish 
usullari hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog„liqligini 
belgilash bilan boshlanadi. 
Rejalashtirish – bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo„nalishini, tashkilot 
a‟zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo„lidagi xarakat birligini ta‟minlash 
vositalaridan biridir. Tashkilotda shu jumlada kutubxonada rejalashtirish bir 
safarlik hodisa emas, u doimiy, uzluksiz jarayon. Chunki birinchidan har qanday 
tashkilot maqsadga erishgandan so„ng, yana yangi maqsad tanlab, iloji boricha o„z 
umrini uzaytirishga xarakat qiladi. Ikkinchidan u doim noaniq kelajakni biroz 
bo„lsada ko„ra bilishlik zaruratidan kelib chiqadi. 
Har qanday tashkilotda rejalashtirishni boshlashda eng birinchi qadam sifatida 
strategik rejalashtirish yuzaga chiqadi. Strategik rejalashtirishdan keyin boshqa 
barcha boshqaruv funktsiyalari birlashadi. Strategik rejalashtirish- rahbariyat 
tomonidan qo„llaniladigan va tashkilot o„z maqsadlariga erishishi uchun yordam 
beradigan o„ziga mos strategiyani ishlab chiqishga olib keladigan xarakatlar, 
tadbirlar, qarorlar to„plamidir. Strategik rejalashtirish –boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishga yordam beradigan instrument sifatida xizmat qiladi, uning maqsadi- 
tashkilotda yetarli darajada o„zgarishlarni ta‟minlashdan iborat. 
Hozirgi davrdagi bilimlarning, o„zgarishlarning jadalligi va ko„lami kengligi 
tufayli strategik rejalashtirish kelajakdagi muammolarni, imkoniyatlarni, rasmiy 
istiqbolni belgilashni yagona vositasi bo„lib qolmoqda. U oliy boshqaruv 
bosqichiga uzoq muddatli yo„nalish birligini, shu yo„nalishda qarorlar qabul qilish 
imkonini, xarakat usullarini belgilashni, xavf-xatarni oldini olishni yoki ta‟minlash 
imkonini beradi. Strategik rejalarni ishlab chikishni tashkilotning biron bo„g„ini 
yoki maxsus, tashkilotdan tashkari xolda markazlar bajarib berishi ham mumkin. 
Masalan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga qarashli bo„lgan ommaviy 
kutubxonalar uchun ilmiy – uslubiy markazlar tashkil etilgan bo„lib, ularning 
ko„plab vazifalaridan biri, bu turdagi kutubxonalar uchun strategik rejalashtirish 
ishlarini amalga oshirish kiradi. 
Rejalashtirish jarayonida muximligi jixatidan birinchi o„rinda tashkilotning 
maqsadlarini to„g„ri tanlay bilish turadi. Asosiy va hamma tashkilotlarga xos 
maqsad – uning nima uchun mavjudligini, yuzaga kelganligini har tomonlama, 
aniq ifodalovchi missiyadir. Maqsadlar aynan shu missiyani amalga oshirish 
uchun belgilanadi. Missiya rasmiy tarzda tavsiflangan bo„lib, undan tashkilot 


IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
71 
xodimlari xabardor bo„lishlari shart. Juda keng missiya tanlash tashkilot 
muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash ham 
rahbariyat imkoniyatlarini, alternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab 
qo„yishi mumkin. 
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish ishning maqsadi, vazifasi va darajasini 
aniqlaydi, xarakat dasturini belgilaydi. U ommaviy kutubxonalarning madaniy- 
ma‟rifiy muassasa sifatidagi faoliyatini yo„naltiradi, maxsus va o„quv 
kutubxonalarini xizmat ko„rsatiladigan jamoasi faoliyatiga yordam berishga 
yo„llaydi. Reja ishning darajasini yuksaltirish uchun ham, kitob targ„ibotining 
yangi usul va shakllarini joriy qilish uchun ham ahamiyatga ega. 
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslangan
bo„lishi kerak: 
- ilmiy asoslanganlik; 
- joriy ishlarni istiqbol ishlar bilan uyg„unlashtirish; 
- rejani bajarilishi shartliligi; 
- rejani muvoffiqlashganligi; 
- rejani aniqligi. 
Rejani ilmiy asoslanganligi – uning ta‟sirchanligini muxim shartidir. 
Rejalashtirish – bu kutubxona faoliyatini rivojlantirish, uni extiyoj va 
imkoniyatlarini xisobga oluvchi oldindan ko„ra bilishdir.Ilmiy asoslanganlik joriy 
vazifalarni istiqbol vazifalar bilan uyg„unlashtirishni nazarda tutadi. Ya‟ni joriy 
ishlar va ehtiyojlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki yaqin kelajakning 
talablarini xisobga olish lozim. 
Rejalashtirishning zarur sharti – rejani bajarilishini shartliligidir. Rejadagi 
ko„rsatkichlarga erishish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilmoq zarur. 
Rejalarni muvoffiqlashtirish bitta regionda joylashgan kutubxonalar 
faoliyatini xisobga olishni nazarda tutadi. Reja tuzishdagi vazifalardan yana biri – 
uni aniq bo„lishidir. 
Kutubxonalar o„z oldilarida turgan ko„p tarmoqli ishni bir maromda
uzilishlarsiz, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun reja bo„yicha ishlashi kerak. 
Reja bo„yicha ishlash- qachon va qanday maqsadda nima ish qilish kerakligini 
bilish demakdir. Yaxshi tuzilgan reja kutubxonani u yoki bu davrdagi vazifa va ish 
mazmunini aniqlaydi, ishga istiqbollik baxsh etadi, aholiga xizmat ko„rsatishni va 
ommaviy tadbir tashkil qilishngi osonlashtiradi, kutubxona fondidan to„g„ri va 
to„liq foydalanishga, kutubxona ish sifatini yaxshilashga va mehnat 
samaradorligini oshirishga yoram beradi. 
Kutubxona asosan uch xildagi rejaga ega bo„lishi kerak: 
- yillik; 
- chorak (kvartal); 
- oylik. 
Yillik rejada kutubxona faoliyatining asosiy yo„nalishlari, joriy yildagi 
muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma‟rifiy ishlari, 
kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o„tkazish va 
xokozolar bo„yicha miqdoriy ko„rsatkichlar belgilanadi. 


IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
72 
Chorak reja yillik reja asosida tuzilib, yillik rejani bajarishni qanday amalga
oshirish, ushbu chorakda nima ish qilinishi aniq belgilanadi. Unda yillik rejada o„z 
aksini topmagan, lekin hayot taqqozosi bilan zarur bo„lgan yangiliklar o„z aksini 
topishi mumkin.
Chorak rejadan tashqari har oyda kutubxonaning kitob targ„iboti bo„yicha 
o„tkaziladigan tashkiliy-ommaviy va uslubiy ishlarini mavzu- kalendar rejasi yoki 
oylik rejasi tuziladi. Oylik reja chorak reja asosida yaratiladi. Oylik reja 
kutubxonaning ommaviy va uslubiy ishlarini har bir turi bo„yicha tadbir mavzusi, 
tadbirlarni bajarishga javobgar shaxsni belgilaydi. 
Reja tuzilib va tasdiqlangach u bajarish uchun majburiy xisoblanadi. Rejani 
har bir bo„limi to„liq va o„rnatilgan muddatda bajarilishi shart.
Yillik ish rejasi tuzish ancha murakkab ish. Shuning uchun uni tayyorlash 
uchun ancha ilgariroq, yilning noyabr- dekabr oylarida kirishish kerak. Bu esa o„z 
vaqtida reja tuzishga, uni muhokamadan o„tkazish va tasdiqlashga hamda yangi yil 
boshidan boshlab uni bajarishga imkoniyat yaratadi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining axborot-

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish