-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining moddiy




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

3-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining moddiy 
texnik bazalari va moliyalashtirish 
 
Ishdan maqsad:
Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika 
bazalarini, axborot - kutubxona tashkilotlarining moliyalashtirish tamoyillari, 
manbalari va o„ziga xosligi o‟rganish, axborot-kutubxona tashkilotlarining byudjeti 
va harajatlar smetasini tuzish. 
 
Kutubxona- axborot muassasalarining moliyalashtirish tamoyillari, 
manbalari va o„ziga xos xususiyatlari. 
Kutubxona ishida tejamkorlikni joriy etishning mohiyati va usullarini tadqiq 
qilish kutubxonashunoslikning maxsus bo„limi – kutubxona iqtisodiyotining 
vazifasi xisoblanadi. Kutubxona-axborot faoliyati iqtisodiyoti davlat va jamoat 
mablag„larini sarflashga o„ylab munosabatda bo„lish va boshqa masalalar – 
adabiyotlar sotib olish, kutubxona muassasalarining boshqa ehtiyojlari uchun 
xarajatlarni belgilaydigan normativlar, mezonlar ( kriteriyalar) ni ilmiy asoslash 
bilan ham mustaxkam bog„liqdir. 
Kutubxona rahbarlari ham, rejalashtirish organlari ham adabiyotlar sotib 
olish uchun xarajatlarning optimal hajmi, bitta kutubxonachi uchun, bitta kitobxon 
uchun, bitta tadbir o„tkazish uchun va x.k. uchun ilmiy asoslangan normativlarga 
ehtiyoj sezadilar. Shu bilan birga boshqa mezonlarni aniqlash va kutubxona 
byudjetlarini smetasini turli moddalari bo„yicha hamda bitta kitobxon yoki bir 
kishiga xisoblagandagi sarflanishning tadqiq etish zarurdir. 
Kutubxona iqtisodiyotining o„ziga xosligidan uning maxsus vazifalari turli tip 
va turdagi kutubxona muassasalariga mablag„ ajratish uchun ilmiy asoslangan 
mezonlar izlash ham kelib chiqadi. 
Kutubxona iqtisodiyoti bu shunchaki buxgalteriya xisobi yoki iqtisodiy 
operatsiya emas, balki ayni paytda kutubxonashunoslik tadqiqoti hamdir. Bu 
o„rinda adabiyotlarning “eskirish muddati”, “o„qish normasi” hamda “kitob bilan 
ta‟minlanganlik”, ayrim soxa adabiyotlarining “ kitob berilish tarkibidagi 
salmog„i”, region aholisining “ milliy- demografik tarkibi” va boshqa omillarni 
xisobga olish muximdir. Bular kutubxona faoliyatini so„mlarda ifodalangan 
samaradorligining o„rganish bilan mustaxkam bog„liqdir. 
Respublikamiz kutubxonalarining deyarlik 90% iga mablag„ ajratish davlat 
zimmasiga tushmoqda. Davlat barcha kutubxonalarga, uslubiy markazlar hamda 
kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, shuningdek 
jamoat tashkilotlari va ularning kutubxonalariga binolar ajratish yo„li bilan
qo„shimcha moddiy yordam ko„rsatadi. Moddiy- moliyaviy bazani mustaxkamlash 
turli kanallar bo„yicha: shtatlar uchun, adabiyotlar sotib olish va boshqa 
xarajatlarga mablag„ ajratish, har xil imtiyozlar berish, masalan, yetakchi 
kutubxonalarga bepul majburiy nusxalar ajratish, kutubxonalar uchun adabiyotlarni 
birinchi navbatda olish va boshqa markazlashgan tadbirlarni amalga oshirar edi. 
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o„tish munosabati bilan yuqoridagi qo„shimcha 


IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
79 
moddiy yordamlarning bir qismi olib tashlandi, lekin kutubxonalar uchun 
qo„shimcha moliyaviy imkoniyatlar topish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda, 
jumladan kutubxonalarda pullik xizmatlar tashkil qilish, xo„jalik shartnomalari 
asosida faoliyat yuritish, binolarni arendaga berish va x.k. 
Kutubxonalarni mablag„ bilan asosan davlat hamda jamoat tashkilotlari 
ta‟minlaydi. Mablag„ ajratish xarakteriga ko„ra kutubxonalar – mustaqil va 
nomustaqil turlarga ajratiladi.
Mablag„lar bevosita davlat byudjetidan ajratiladigan kutubxonalar 
– m u s t a q i l kutubxonalarga kiradi. Ularni ta‟minlab turuvchi xarajatlarni esa 
ular mansub bulgan idoralar ham, moliyaviy organlar ham rejalashtiradi. Bu 
guruxga axborot-kutubxona markazlari, respublika tarmoq ilmiy- universal 
kutubxonalari, boshka idoralarning yirik kutubxonalari, masalan, O„zbekiston 
Fanlar Akademiyasining Fundamental kutubxonasi, Respublika meditsina 
kutubxonasi va x.k. kiradi. 
ªolgan barcha kutubxonalar – kasaba uyushmalari, o„quv kutubxonalar, ilmiy-
tadqiqot va loyixalash institutlari, korxona va tashkilotlar qoshidagi kutubxonalar – 
n o m u s t a k i l kutubxonalarga kiradi.
Kutubxonalar uchun sarflanadigan xarajatlar operatsion va ma‟muriy- xo„jalik 
turlariga bo„linadi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-amaliy mashg‟ulot: Axborot-kutubxona muassasasining moddiy

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish