• 4-amaliy mashg„ulot: Axborot-kutubxona muassasalarining tashabbuskorlik inisiativ faoliyati Ishdan maqsad
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

     
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    “Library management 101: A practical guide” by DIANE 
    L.VELASQUEZ 2013 ISBN 978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389-
    9502-0(pdf) 
    2.
    “Fundamentals 
    of 
    Library 
    and 
    Informational 
    science”, 
    by 
    ABDUWAHAB OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133. 
    3.
    Harris, M.H. History of Libraries in the Western World, 4th ed. 
    (Scarecrow, 2011) 
    4.
    http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science 
    5.
    http://
    WWW.rocket-library.com/)
     
    6.
    "http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_libraries 


    IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
    82 
    4-amaliy mashg„ulot: Axborot-kutubxona muassasalarining 
    tashabbuskorlik inisiativ faoliyati 
     
    Ishdan maqsad:
    .axborot-kutubxona muassasasi daromadi va xarajatlar 
    smetasi: ularning tarkibiy qismlarini xarakteristikasi, xarajatlarni guruxlash, 
    Byudjetdan tashqari daromadlarni rejalashtirish shakllantirish va taqsimlashdan 
    iborat
     
    Smeta
    – bu moliyaviy reja va mablag„ olish uchun asosiy hujjatdir. U 
    kalendar 
    yil 
    uchun 
    belgilangan 
    shaklda 
    tuziladi. 
    Smetaga 
    byudjet 
    klassifikatsiyasiga muvofiq moddalar bo„yicha kelgusi yil uchun mablag„ va 
    xarajatlar ro„yxati kiritiladi. Bunda joriy yilda qancha mablag„ tasdiqlangani va 
    qanchasi sarflangani, kelgusi yilga qancha so„ralayotgani va xarajatlar ro„yxati 
    ko„rsatiladi. Ho„jalik xarajatlarini asoslash uchun zarur bo„lgan ma‟lumotlar 
    (binoning maydoni, isitish tizimi, suv bilan ta‟minlanish, kanalizatsiya va x.k.) 
    ham kiritiladi. Ishlab chiqarish ko„rsatkichlarining (kitobxonlar miqdori, kitob 
    berilishi, qatnovlar, ko„chma kutubxonalar va x.k.) qanchasi bajarilganligi va 
    kelgusi yilga qancha mo„ljallanayotgani ko„rsatilgan xolda xisoblanadi. Smetaga 
    xisoblar ilova qilinadi va bu xarajatlarning har biri asoslangan bo„lishi kerak. 
    Smetaga kutubxona- axborot tashkiloti rahbari qo„l qo„yadi. 
    Tasdiqlangan smetaga muvofiq ajratiladigan mablag„ byudjetli (smetali)
    kredit deyiladi, ularni ajratilgan miqdorda faqat kredit boshqaruvchi tasarruf qila 
    oladi. Huquqiy darajasiga ko„ra asosiy boshqaruvchilar – vazirlar, idoralarning 
    rahbarlari, bosh boshqarma boshliqlari xisoblanadi. Ikkinchi darajali
    boshqaruvchilar – o„ziga qaraydigan idoralarga ajratilgan barcha mablag„larni 
    tasarruf qilish va zarur bo„lib qolgan xolatda, ular o„rtasida umumiy mablag„lar 
    chegarasidan chiqmay, ajratmalarni qayta taqsimlash xuquqiga ega bo„lgan 
    xokimiyatlarni bo„lim mudirlari xisoblanadi. Respublika va yirik soxa 
    kutubxonalarning, shuningdek Axborot- kutubxona markazlari va Axborot-resurs 
    markazlarining direktorlari uchinchi darajali boshqaruvchilar xisoblanadi. Ular 
    smetadan ortiqcha va kreditsiz xarajatlarga yo„l qo„ymagan xolda, smetada 
    ajratilgan mablag„larni aniq maqsadlar uchun tejab va o„z vaqtida foydalanishga 
    majburdirlar.
    Smeta moddalari bo„yicha kreditlarni, istisno xollardagina, yuqori kredit 
    boshqaruvchilarining ruxsati bilan qayta taqsimlash mumkin. Xisoblar va pul 
    operatsiyalari to„g„ri rasmiylashtirilgan ishonchli xujjatlar asosida amalga 
    oshiriladi. 
    Davlat byudjeti bo„yicha smetaga muvofiq beriladigan mablag„larni olish va 
    asrash uchun davlat bankida naqd pul bilan va naqd pul to„lamaydigan barcha 
    operatsiyalar uchun joriy raqam (schyot) ochiladi. 
    Kutubxona-axborot tashkilotlari smetalarida quyidagi asosiy xarajat 
    moddalari qo„llaniladi. 
    Ish haqi fondi shtat birligi, tasdiqlangan tarif stavkasi lavozimlari miqdoriga 
    qarab xisoblanadi. Shtatlar birligi miqdorini ko„paytirish yuqori organlar 


    IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
    83 
    tomonidan ishlab chiqiladi. Xodimlarga ish haqi belgilashda Respublikamiz 
    byudjet muassasalari uchun ish haqini belgilashning yagona tarifikatsiyasiga
    asoslanadi. Xodimlarni razryadlari ularni egallagan lavozimlari, ma‟lumot tsenzi, 
    ish staji va bajaradigan vazifalariga ko„ra belgilanadi. Oylik maosh va unga 
    qo„shimchalar hamda yillik umumiy mablag„ belgilanadi. Bu mablag„larning jami 
    esa yillik ish haqi fondi talab qiladigan miqdorni tashkil qiladi. 
    Ish haqiga qo„shimcha – bu ijtimoiy ximoya fondiga tushadigan, vaqtincha 
    ishga yaroqsizlik bo„yicha byulletenlar va boshqa ijtimoiy tadbirlarga haq 
    to„lashga sarflanadigan mablag„dir. Esda tutish lozimki, bu mablag„lar kasaba 
    uyushmalariga jo„natiladigan pulning faqat mezoni, o„lchovi xizmatini bajaradi va 
    u ish haqi fondidan olinmaydi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tassarufidagi 
    muassasalarda bu moddaga ish haqi fondi yig„indisidan 5,5 % mablag„ ajratiladi. 
    Kantselyariya va xo„jalik xarajatlari ( qog„oz, blankalar, yozuv anjomlari va 
    boshqalar) oylik xarajatlarning o„rtacha miqdori asosida yoki yil davomida bitta 
    kitobxonga sarflanadigan o„rtacha xarajat xisobidan chiqiladi. Bu moddaga aloqa 
    xarajatlari- telefon haqi, pochta, telegraf xarajatlari ham kiradi. Shu bilan qimmat 
    bo„lmagan yoki foydalanish muddati bir yildan ortiq bo„lmaydigan xo„jallik 
    buyumlari sotib olish xarajatlari, isitish xarajatlari, suv bilan ta‟minlanish, 
    kanalizatsiya, binoni toza tutish, joriy remont uchun xarajatlar ham shu moddaga 
    kiradi. 
    Xizmat safarlari va xizmat yuzasidan bordi- keldi xarajatlari uchun mablag„ 
    ajratishni xisoblash uchun taxminiy muddati ko„rsatilgan xizmat safarlari rejasi 
    tuziladi. Borish va qaytish qiymati hamda, mehmonxona va kunlik xarajatlar 
    (sutkalik) haqi belgilanadi.
    Kitoblar va kutubxona texnikasi buyumlarini sotib olish uchun xarajatlarni 
    aniqlab zarur kitoblar soni, ularning o„rtacha qiymati; vaqtli va obuna nashrlariga 
    yozilish xarajatlari; kitoblarni muqovalashga, kutubxona texnikasi sotib olishga 
    mablag„lar belgilanadi. 
    Jixozlar va inventarlar sotib olishga mablag„lar ajratish quyidagicha 
    rejalashtiriladi. Kerakli mebellar (stol va stullar, stellajlar, katalog javonlari va 
    boshqalar) va inventarlar (yoritkichlar, yozuv mashinkalari va kompyuterlar, 
    stendlar va boshqalar) ning qiymati ko„rsatilgan ro„yxati tuziladi. Ro„yxat asosida 
    ularning umumiy qiymati hamda modda bo„yicha to„la xarajatlarning jami
    xisoblab chiqiladi. 
    Boshqa xarajatlarga ommaviy ishlar o„tkazish: musiqali- adabiy kechalarda 
    ishtirok etgan aktyorga to„lanadigan haq, ko„rgazmalarni jihozlash yoki plakatlar 
    uchun rassomga to„lanadigan pul xarajatlari kiritiladi. Ommaviy tadbirlar rejasi 
    tuzilganda uning bir qismini jamoatchilik asosida o„tkazishni xisobga olish tavsiya 
    etiladi. 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish