• Ma‟muriy- xo„jalik xarajatlariga
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

    Operatsion xarajatlar
    sarflarni to„lash uchun mo„ljallangan. 
    Bu xarajatlarga kitoblarga, vaqtli matbuotga obuna bo„lish, kutubxona texnikasi va 
    jixozlari xarida qilish, ommaviy tadbirlarga haq to„lash va shu kabi xarajatlar 
    kiradi. Ularsiz kitobxonlarga xizmat ko„rsatishni tashkil qilish mumkin emas.
    Ma‟muriy- xo„jalik xarajatlariga
    xodimlarni ish haqi, xizmat safarlari 
    uchun xarajatlar, binoni saqlash va boshqa xo„jalik ehtiyojlariga qilinadigan 
    xarajatlar kiradi. 
    Nomustaqil kutubxonalar (mablag„ ajratilishiga ko„ra) xizmat ko„rsatiladigan 
    muassasa yoki korxona har yili smeta xarajatlarini tuzayotganda kutubxona ham 
    o„zi uchun zarur buyurtmalarni beradi. Unda sotib olish mo„ljallanayotgan 
    adabiyotlar va ular uchun talab qilinadigan pul miqdori, gazeta va jurnallar hamda 
    boshqa obuna nashrlari uchun mablag„, kutubxona uchun zarur bo„lgan jixozlar va 
    ularni qiymati ko„rsatib o„tiladi. 
    Kutubxona mudiri buyurtmalarni xisobga olinishini kuzatib boradi va yuqori 
    tashkilotlar tomonidan muassasa smetasi tasdiqlangandan keyin esa kutubxona 
    ehtiyojlari uchun qancha mablag„ ajratilganligini buxgalteriyadan aniqlaydi. 
    Shuningdek, u adabiyotlarni o„z vaqtida sotib olish, vaqtli nashrlarga obunani 
    rasmiylashtirish va ularni sotib olishni tashkil qiladi. Naqd pul tarzida olingan 
    avans xarajatlari bo„yicha xisobot va isbotlovchi xujjatlar topshiradi, avansning 
    foydalanilmagan qismini kassaga qaytaradi. Pul mablag„lari xarakati va ularning 
    sarflanish xisobi esa muassasa buxgalteriyasida olib boriladi. 
    Mustaqil byudjetli kutubxonalar smeta loyixasini tuzadi va asoslab beradi. 
    Berilgan kreditlardan maqsadga muvofiq foydalanish va xarajatlarni o„z vaqtida 
    to„lashni kuzatib boradi, belgilangan qoidaga muvofiq daromad va xarajatlar 
    xisobini olib boradi hamda moliyaviy xisobotlar tuzadi. Xisob va moliyaviy 
    xisobotni buxgalteriya xodimlari olib boradi. Kutubxona rahbari ularni nazorat 
    qiladi. 


    IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
    80 
    Davlat kutubxonalariga Respublika yoki maxalliy byudjetlardan mablag„ 
    ajratiladi. Byudjet bo„lim,paragraf va moddalarga bo„linadi. Ajratmalar uz 
    maqsadlariga qarab xarajat moddalari bo„yicha taqsimlanadi. 
    Smeta xisoblari va tejamkorlikka rioya qilishni unifikatsiyalash (bir xillika 
    olib kelish) uchun ish yoki xizmat ko„rsatish birligiga bo„lgan xarajatlar hajmini 
    belgilaydigan ko„pgina chiqimlarga normalar belgilangan. Normalar natural 
    birliklarda (tonna ko„mir, kubometr o„tin, kilovatt elektrenergiya va x.k.) moddiy 
    hamda pul xisobida ifodalangan moliyaviy bo„lishi mumkin. Normalar davlat 
    tomonidan belgilanadigan majburiy (shtatlar, ish haqi stavkalari, komandirovka 
    chiqimlari haqi) hamda mahalliy sharoitlarni xisobga olgan xolda reja va moliya 
    organlari tomonidan ishlab chiqilgan fakultativga (isitish, yoritish va shu kabilar 
    uchun) ajratiladi. Smeta tuzilganda davlat narxlari va tariflar, shuningdek moddiy 
    va pul normalari bilan tasdiqlangan amaldagi qonunlarga rioya qilinadi. 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish