Mundarija
Kirish 3
I BOB 6
Tayyorlov sexlari 6
Ombor turlari 7
Shtamplash sexlarning turlari va tarkibi 9
Shtamplash sexlari uskunalari 10
Ishlab chiqarish dasturini hisoblash 12
Uskunalarni tanlash va hisoblash 14
Tsexning ishchi kuchini hisoblash 15
Ishlab chiqarish turlari tavsifi 16
Tsexning ishchi kuchini hisoblash 19
Tsex planirovkasini tuzish 20
XULOSA: 25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 26
Kirish
Zamonaviy mashinasozlikda metallarga ishlov berishning asosiy usullaridan biri – sovuq holatda shtamplash texnologiyasi hisoblanadi. Uning yordamida olinadigan detallar shtamplarning ( qoliplarning ) shakllari va o’lchamlarga ega bo’ladi. Sovuq holatda shtamplash texnologiyasi orqali sanoatning barcha sohalari – Umumiy mashinasozlik, priborsozlik, aviatsiya va avtomobil sanoatida keng qo’llanilishga ega bo’lgan, jumladan, zamonaviy avtomobilsozlikda 70-80% gacha, samolyotsozlikda 75-80% gacha shtamplangan detallarni o’z ichiga oladi, bir qator keng istemol tovarlarini ishlab chiqarishda esa shtamplangan detallar soni 95-98% gacha (detallarning soni bo’yicha ) etadi. O’zbekiston iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, Respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’lioga izchil o’tayotganligi mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo’ydi. Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalar va buyumlar bilan taminlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida turgan muxum vazifalardan biridir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun turlituman mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo’lgan robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan kichik va kotta robot texnologik komplekslarni, kompyuter bilan boshqariluvchi korxonalarni yaratish kerag bo’ladi. Hozirgi paytta vatanimiz mashinasozlik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jixozlar bilan to’ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo’l sanoat robitlari bilan jixozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda. Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig’uv sexlari ishlarini mexanizatsiyalashtiradigan hamda avtomatlashtiradigan dastgoh, mexanizmlar, 3 kotarish, tushirish va tashish qurilmalari kompleksi tatbiq etilmoqda. Ko’p mashinasozlik korxonalarda: Toshkent TTZ, Navoyi mashinasozlik zavodi (NMZ), UzDEU Asaka avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutkichlar chiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unumdor dastgoh va mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg’or texnologik jarayonlar yaratilishi davom etmoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi yangi takomillashtirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo’lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Nazariy bilimlarni hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoiotning boshlang’ich bosqichda o’zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bo’lishni orzu qigan talabalar yangi sharoitda o’z orzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jixatdan chuqur egallagan bo’lishlari kerak. Yetukli, mustaqil o’z fikriga, bilmiga, taklif va muloxazalariga ega bo’lishlari lozim. Keng profilli mutaxassislarni nazariy va professional tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga asoslanib, fanning eng yangi yutuq va ilg’or tajribalarini yana ham to’laroq aks ettiruvchi o’quv reja va dasturlarni doimo takomillashtirib boorish kerag. Bakalavr – mexanikni texnologik jixatdan tayyorlashda fundamental fanlarning axamiyatini oshirish uchun texnologiyaning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli bo’limlariga bog’lab bayon etiladi. Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi birinchi va ikkinchi kurslarda o’rganilib, ixtisoslashtirilganfanlar uchinchi va to’rtinchi kurslarda o’rganiladi. Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligining << Zamonaviy o’quv, uslubiy kompleks >> yaratish talablariga mos ravishda barcha boblari va mavzularning maqsadi, vazifalari, ilmiy muammolari, 4 xulosalari, kichik va kotta guruhlar uchun ish topshiriqlar, test va bilimlarni mustahkamlash savollari, mustaqil ish topshiriqlari va tayanch iboralar hisobga olingan holda yaratildi. O’zbekiston Respublikasi mashinasozlik sanoati bilan dunyodagi bir qator yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Texnika soxasida ishlovchi xar bir mutaxassis zagatovkalarni olish va ularga ishlov berishning zamonaviy texnologik usullarini mukammal bilishi kerak. Fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jadal qo’llash uchun yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash zarur. Raqobatbardosh mashina va mexanizmlarni yaratishda ularni qaysi materialdan yasalishi alohida o’rin egallaydi. Texnikaning rivojlanishi yangi materiallarni doimo mukammallashtirishni, ixtiro va tatbiq qilishni talab qiladi. Bu materiallar doimo talab qilinayotgan sifat va ishlatish ishonchligiga qo’yilayotgan talablarga javob berishi lozim. Kompazitsion va nanomateriallarning qo’llanishi alohida xossali materiallarni yaratishga olib keldi: yuqori bikrli, zangga bardosh, yeyilishiga chidamli, olov va issiqbardosh, nuqsonsiz yuza va h.k. Materialshunoslik fani rivojlanishining asosiy yo’nalioshlaridan biri bu toza va o’ta toza metallarning usullarini yaratish. Chunki, bularning xossalari mavjud metallarning xossalaridan juda katta farq qiladi. Materialshunoslik fanining yana bir muhim vazifalaridan biri berilgan parametr va ishlash sharoitiga qarab oldindan hisoblangan xossali materialni yaratishdan iborat.
Rangli metall quyish zavodida qoliplash, detal kesish va eritish bo‘limlari, kolba va quyish omborlari mavjud. Agar rangli quyma ishlab chiqarish kichik bo'lsa, u holda rangli metall quyish zavodi temir quyish zavodi bilan bir binoda joylashgan va uning filiali bo'lib, yordamchi va xizmat ko'rsatish sohalarida sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Shtamp, zarb-press va zarb-shtamplash sexlari (ushbu tashkiliy shakllardan birini tanlash mahsulotning xususiyatiga bog'liq) o'z zarblariga (va press bo'limiga) ega bo'lib, bu erda zarb va presslash uskunalari (bolg'alar, presslar) o'rnatiladi. , zarb mashinalari, pechlar, va hokazo.) va zarb ishlari amalga oshiriladi, shuningdek, issiqlik, tuzlash va xarid qilish (metall kesish uchun) bo'limlari, metall omborlar va tayyor zarb. Avtomobil zavodlarida press sexlari juda katta bo'lib, odatda zarb sexlaridan alohida joylashgan.
Tayyorlov sexi - yuqori sifatli materialdan blankalar ishlab chiqarish uchun; uning maqsadi zavodning barcha mashinasozlik sexlari uchun uzoq sifatli materialni kesish, to'g'rilash, markazlashtirish va tozalash bo'yicha dastlabki operatsiyalarni bajarishdir. Agar bunday ish qismlarini iste'mol qiladigan bitta dastgoh bo'lsa, u holda mashinasozlik sexi tarkibida xarid qilish bo'limi tashkil etiladi. Bunday holda, u mashinasozlik sexining materiallar va ish qismlari omborida joylashgan.
|