|
Technology in Education Technology Presentation in Blue Peach Illustrative Style
|
Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 3,75 Mb. | | #251492 |
Bog'liq Technology in Education Technology Presentation in Blue Peach Illustrative
Аxborot uzatish uchun nostatsionar signallardan foydalanish
MAVZU:
Telekomunikatsiya fakulteti
Asatullaeva Madina
Reja:
| - Kirish
- Axborot, xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar
- Aloqa kanallari
- Aloqa kanalidagi xalaqitlar va buzilishlar
- Aloqa tizimlarining sifat ko‘rsatkichlari
- Xulosa
- Foydalinilgan adabiyotlar
|
KIRISH
Zamonaviy elektraloqa qurilmalari va tizimlarini yaratishda nafaqat zamonaviy radioelektronika imkoniyatlari, shu bilan birga signallar uzatish nazariyasi erishgan yutuqlaridan ham keng foydalanilmoqda. Bunda nafaqat uzatilayotgan axborot hajmining osishiga, balki qabul qilingan signalning sifat ko‘rsatgichlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot xabar deb ataladi. Misol uchun, telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yoki uni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksiz o‘zgarishi orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlari yorug‘ligi va rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskret shaklda, ya’ni uni aks ettirish uchun faqat shartli “1” va “0” simvollaridan foydalaniladi. Bunda uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.
Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida bo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt istemolchi deb ataladi.
Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik jarayon signal deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan foydalaniladi.
Xabarni unga mos signalga aylantirish uchun turli fizik jarayonlardan foydalanishga asoslanib yaratilgan asboblardan foydalaniladi. Misol uchun, tovush shaklidagi xabarni signalga aylantirish uchun mikrofondan, tasvirni signalga aylantirish uchun maxsus elektron trubkalardan, temperaturani signalga aylantirish uchun termoelementlardan va h.k. foydalaniladi.
Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar aloqa tizimi deb ataladi Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirish qurilmasi (XSA), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signal qabullash qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish (SXA) qurilmasi va xabar iste’molchi (XI) dan iborat. Umumiy ko‘rinishdagi aloqa tizimining strukturaviy sxemasi keltirilgan.
|
AXBOROT, XABAR VA SIGNALLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal” atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman axborot deganda biron-bir voqea, hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar, matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan, ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.
Aloqa tizimining strukturaviy sxemasi
|
ALOQA KANALLARI
|
𝑎(𝑡) – uzatilgan xabar;
𝑢(𝑡) – birlamchi elektr signali;
𝑠(𝑡) – aloqa liniyasi orqali uzatiladigan signal;
𝑛(𝑡) – xalaqit;
𝑥(𝑡) – signal va xalaqit;
𝜐(𝑡) – signal qabullash qurilmasi chiqishidagi signal;
𝑎′(𝑡) – qabul qilingan xabar.
|
Aloqa kanallari xuddi signallardek asosan uchta ko‘rsatkich bilan baholanadi. Bular:
𝑇𝑘 – kanal orqali xabar uzatilish vaqti;
𝐷𝑘 – kanal dinamik diapazoni;
𝐹𝑘 – kanal signal spektrini o‘tkazish kengligi.
Kanal uchta asosiy ko‘rsatkichlari ko‘paytmasi
aloqa kanalining hajmi deb ataladi va kanalning xabar o‘tkaza olish imkoniyatini belgilaydi.
|
Hozirda turli radioaloqa kanallari mavjud. Bular uzun va qisqa to‘lqinlardan foydalanadigan radioaloqa kanali; radiorele aloqasi kanali; sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa kanali; troposfera aloqa kanali; kosmik aloqa kanali; mobil aloqa kanali va boshqalar.
Har qanday aloqa kanallari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1
2
STEP
Har qanday aloqa kanalida foydali signal bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar doimo xalaqit signali mavjud bo‘ladi, ya’ni 𝑥(𝑡) = 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡).
STEP
Aloqa kanallarini chiziqli tizim deb hisoblash mumkin, chunki kanal chiqishidagi signal kanal kirishidagi signallar yig‘indisiga teng, superpozitsiya prinsipiga bo‘ysunadi
STEP
Signal aloqa kanalidan o‘tganda u biroz kechikadi va uning sathi kamayadi.
3
STEP
Signal aloqa kanalidan o‘tganda har doim uning shakli buziladi. Shunday qilib kanal chiqishidagi signal quyidagicha ifodalanishi mumkin: 𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡)𝑠(𝑡 − 𝜏) + 𝑛(𝑡);
bunda 𝜇 va τ signal so‘nishi va kechikishini ko‘rsatuvchi kattaliklar.
4
ALOQA KANALIDAGI HALAQITLAR VA BUZILISHLAR
Amalda kanallar orqali signallar uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi. Signalning xatolik bilan qabul qilinishiga sabab aloqa kanali kiritadigan buzilishlar va signalga ta’sir etuvchi xalaqitlardir.
Kanalning amplituda chastotasi va vaqt xarakteristikalari signalga chiziqli buzilishlar kiritadi. Bundan tashqari signalga kanaldagi nochiziqli rejimda ishlayotgan funksional uzellar nochiziqli buzilishlarni qo‘shadi. Chiziqli va nochiziqli buzilishlar kanal ma’lum parametrlariga bog‘liqligi uchun, hamda paydo bo‘lish sababi ma’lumligi uchun ularni ma’lum tuzatishlar orqali yo‘qotish yoki sezilmas darajagacha kamaytirish mumkin.
Signal chiziqli va nochiziqli buzilishidan, uni tasodifiy xalaqit ta’sirida buzilishini ajrata bilish shart. Chunki xalaqitning signalga ta’sirini to‘liq yo‘qotish mumkin emas, uning parametrlari avvaldan ma’lum emas.
Foydali signalga qo‘shilib uni xatolik bilan aks ettirilishiga olib keluvchi har qanday ta’sir xalaqit deb ataladi. Xalaqitlar paydo bo‘lish sabablari va fizik hossalari bo‘yicha turlicha bo‘ladilar. Xalaqitlar paydo bo‘lish joyiga qarab ichki va tashqi xalaqit turiga bo‘linadilar.
Tashqi xalaqitlarga atmosferada yuz beradigan elektr jarayonlari, shu jumladan momaqaldiroqlar natijasida hosil bo‘ladi. Bu xalaqitlar quvvati asosan uzun va o‘rta to‘lqin diapazonida to‘plangan. Kuchli xalaqitlar paydo bo‘lishiga sanoat qurilmalari ishlashi ham sabab bo‘ladi. Ular sanoat elektr qurilmalarida tok qiymatining keskin o‘zgarishi, elektr transport (tramvay, trolleybus) elektr olgich qismlarining manba simiga jips yopishmasligi, elektr motorlar, meditsina diagnostika (tashxis qilish) va davolash qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit nurlanishlari sababli yuzaga keladi.
Xalaqit 𝑛(𝑡) foydali signal 𝑠(𝑡) ga ikki turda ta’sir etishi mumkin. Agar xalaqit 𝑛(𝑡) signal 𝑠(𝑡) qo‘shilsa, ya’ni 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡) = 𝑥(𝑡) bunday xalaqit additiv xalaqit deb ataladi.
Agar xalaqit ta’siridagi signal 𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡) ∙ 𝑠(𝑡) matematik ifoda bilan aks ettirilsa, bunday xalaqit multiplikativ xalaqit deb yuritiladi. Bunda 𝜇(𝑡) – multiplikativ xalaqit emas, balki xalaqit ta’sirida foydali signal sathi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent bo‘lib, xalaqit yo‘q bo‘lganda bu koeffitsiyent birga teng bo‘ladi ( 𝜇 = 1 ). Umuman 𝜇 = (0 ÷ 1) oralig‘ida o‘zgarishi, signal sathining keskin o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar 𝜇 – foydali signal 𝑠(𝑡) ga nisbatan asta-sekin o‘zgarsa, bu hodisa so‘nish deb ataladi.
Real radiokanallarda har ikki tur xalaqitlar bir vaqtda signalga ta’sir etadi va signal ma’lum masofani bosib o‘tishi natijasida 𝜏 vaqtga kechikadi, ya’ni
𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡) ∙ 𝑠(𝑡 − 𝜏) + 𝑛(𝑡)
bo‘ladi, natijada qabul qilish qurilmasi kirishiga vaqt bo‘yicha sathi asta-sekin o‘zgaruvchi va xalaqit 𝑛(𝑡) qo‘shilgan hamda 𝜏 vaqtga kechikkan natijaviy 𝑥(𝑡) signali ta’sir etadi.
ALOQA TIZIMLARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI
ALOQA TIZIMINING ISHLASH SIFATINI BIR QATOR KO‘RSATKICHLAR ORQALI BAHOLASH MUMKIN.
Aloqa kanali orqali xabar uzatishda uni aks ettiruvchi signal shakli kanalning texnik ko‘rsatkichlari talab etiladigan ko‘rsatkichlaridan farqlanishi va har qanday aloqa kanalida xalaqitlar borligi uchun buziladi, qabul qilingan signalning shakli 𝜐(𝑡) uzatilgan signal 𝑢(𝑡) dan farqlanadi, ya’ni 𝜐(𝑡) ≠ 𝑢(𝑡) bo‘ladi. Qabul qilingan signalning uzatilgan signalga o‘xshashligi asliga moslik deb ataladi.
Signalning asliga mosligi uzluksiz va diskret signallar uchun turlicha baholanadi. Diskret aloqa kanallari uchun asliga moslik ma’lum vaqt oralig‘ida to‘g‘ri qabul qilingan diskret signal elementar tashkil etuvchilari 𝑛𝑡𝑞 ning ushbu vaqt oralig‘ida uzatilgan elementar signallar umumiy soni 𝑁𝑢 ga nisbati shaklida, ya’ni 𝑃𝑥 = 𝑛𝑡𝑞/𝑁𝑢 orqali aniqlanadi. Bu nisbat xatolikni takrorlanish koeffitsiyenti (xatolik koeffitsiyenti) deb ataladi. Bu nisbat kichik vaqt oralig‘i uchun aniqlansa tasodifiy kattalik bo‘ladi. Agar signal uzatish vaqti (davomiyligi) ushbu signal elementar tashkil etuvchilaridan bir necha yuz-ming marotaba katta bo‘lsa va signalni qabul qilish sharoiti o‘zgarmasa, u holda xato qabullash ehtimolligi 𝑃𝑥 statistik barqaror bo‘ladi, o‘zining o‘rtacha qiymatidan kam farqlanadi. Aloqa nazariyasida odatda signalni to‘g‘ri qabul qilish ehtimolligi 𝑃𝑡 ni emas, uni xato qabul qilish ehtimolligi 𝑃𝑥 = 1 − 𝑃𝑡 ni aniqlanadi.
Uzluksiz signallarni uzatish aloqa tizimlarida qabul qilingan signal 𝜐(𝑡) va uzatilgan signal u(t) orasidagi farq 𝜀(𝑡) = 𝜐(𝑡) − 𝑢(𝑡) tasodifiy xatolik orqali yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha kvadratik xatolik
orqali baholanadi.
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони.
- Signals and systems: analysis using transform methods and MATLAB. M.J. Roberts. Publisher: McGrow-Hill Science Engineering, 2012.
- Jon B. Hagen. Radio-Frequency Electronics. Circuits and Applications. Cambridge University Press, 2009.
- Abduazizov A.A. Elektr aloqa nazariyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2011. – 416 b.
- Abduazizov A.A., Muxitdinov M.M., Yusupov Ya.T. Radiotexnik zanjirlar va signallar. Darslik. – T.: “Sams-ASA”, 2013. – 480 b.
- Abduazizov A.A., Faziljanov I.R., Yusupov Ya.T. Signallarga raqamli ishlov berish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Cho‘lpon nomidagi NMIU”, 2013. – 160 b.
|
| |