Boshqaruv elementlari. Reja
Boshqaruv elementlari.
Reja:
Operasion kuchaytirgich.
Rostlagichlar.
Funksional o‘zgartgichlar, Vazifalovchi qurilmalar.
Elektr yuritmalar koordinatalarining o‘lchov o‘zgartkichlari.
Elektromexanik tizimlarning analog elementlari tranzistorli o‘zgarmas tok kuchaytirgichi, boshqaruvchi va vazifalovchi qurilmalar, funksional o‘zgartgichlar, boshqariluvchi koordinatalarning o‘lchov o‘zgartkichlari va ta’minot bloklaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tizimda umumlashgan quyidagi V, mA ko‘rsatkichli signallardan foydalanish, umummaqsadlar uchun ishlatiladigan tranzistorlarni keng qo‘llash imkonini beradi.
Bu rostlash tizimlarida mikrosxemalarning qo‘llanilishi, boshqarish sxemalarining texnik tavsiflarini yaxshilashga va ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga olib keldi. Rostlash tizimi bloklari almashtiriluvchi shtepseli yacheykalarga joylashtiriladi. Tizimda qo‘llaniladigan signallarning ko‘rsatkichlari va ekanligi sababli ham uning elementlari boshqa diskret elementlar va texnologik jarayonni avtomatlashtirish qurilmalari bilan ham uyg‘un ishlash imkonini beradi.
Operasion kuchaytirgich. Analog tizimning asosiy elementi bu operasion kuchaytirgichdir (OK). OKch kuchaytirish koeffisienti juda katta bo‘lgan (5 dan 100 minggacha) va manfiy teskari bog‘lanishli o‘zgarmas tok kuchaytirgichidir. 13.1 – rasmda OK ning sxemasi keltirilgan bo‘lib, bu yerda orqali belgilangan kompleks aktiv – sig‘imli kirish qarshiliklari va – teskari bog‘lanish zanjirining kompleks qarshiligi.
13.1 – rasm. Operasion kuchaytirgichning sxemasi
OK kirish signali ni quyidagi ifoda yordamida chiqish signali ga o‘zgartiradi:
. (13.1)
Eng oddiy xolatda, OK ning kirish qismiga bitta signali berilsa va hamda bo‘lganida (13.1) tenglama quyidagi sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi:
. (13.2)
Agar bo‘lsa, u xolda k = 1ga teng bo‘ladi va OK kirish signali ishorarsinigina o‘zgartiradi, ya’ni inversiyalaydi.
Agar va bo‘lsa, u holda OK kirish qismidagi signallarni qo‘shish bilan bir paytda mos kuchaytirish koeffisientlariga ko‘paytiriladi ham
(13.3)
bu yerda .
OK ning kirish qismiga va teskari bog‘lanish zanjiriga aktiv qarshiliklar – rezistorlar bilan bir qatorda kondensatorlar ulasak, u holda EYu ni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi signallarni hosil qilish mumkin bo‘ladi. Bunday sxemalar
rostlagichlar deb nomlanadi. 13.1 – jadvalda OK asosidagi rostlagichlarning sxemalari va ularning tavsiflari va asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
|