|
Boshqaruv elementlari. Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #127488 |
Bog'liq Boshqaruv elementlari. Reja-fayllar.orgCЧ
Р3
Р2
P1 +(–)
ФСТ Uчиқ2
Uчиқ – (+)
VD + +
C Uчиқ1
-
13.2 – rasm. Selsin komandoapparatning sxemasi (a) va chiqish tavsifi hamda potensiometrik vazifalovchi qurilmalarning sxemalari (v, g, d)
Shuningdek, to‘rt OK dan iborat statik tezlanishni vazifalovchi qurilmalar ham qo‘llaniladi. Bu qurilmada pog‘onali kirish signali vaqt bo‘yicha chiziqli o‘zgaradigan chiqish signaliga o‘zgartiriladi. OK lardan biri kirish signalini cheklashni boshqarish rejimida ishlaydi, ikkinchisi esa integrator rejimida ishlaydi va qolgan ikki OK esa invertor rejimida ishlaydi.
13.3 – rasm. Tezlanishni vazifalovchi qurilmaning sxemasi (a) va chiqish kuchlanishi tavsifi (b)
Elektr yuritmalarni boshqarish sxemalarida rezistor va kondensatorlardan iborat passiv elementli tezlanishni vazifalovchi qurilmalar ham qo‘llaniladi (13.3a – rasm). R – C zanjirga pog‘onali kirish signali Ukir berilganida uning chiqish qismidagi signal Uchiq eksponenta bo‘yicha o‘zgaradi (13.3b – rasm). Chiqish kuchlanishi o‘zgarishi tezlanishini uning vaqt doimiyligi T = RC ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib boshqarish mumkin.
Elektr yuritmalar koordinatalarining o‘lchov o‘zgartkichlari. Yopiq EYu larning talab etiladigan statik va dinamik tavsiflarini hosil qilish uchun tezlik, holati, tok va kuchlanishlar boshqa boshqariluvchi koordinatalar bo‘yicha teskari bog‘lanishlar qo‘llaniladi va bu bog‘lanishlar mos o‘lchov o‘zgartkichlari yordamida amalga oshiriladi.
Tezlik o‘lchov o‘zgartkichlari. EYu ning tezligi to‘g‘risidagi informatsiyani turli o‘lchov o‘zgartgichlari va motorning o‘zidan ham olish mumkin. O‘zg‘aruvchan va o‘zgarmas tok motorlarining tezligi to‘g‘ridan – to‘g‘ri ularning EYuK lariga bog‘liqdir. Shunday qilib, EYuK qiymatini o‘lchanuvchi o‘zgaruvchan qiymat sifatida qarasak, u holda motorning tezligi haqidagi informatsiyaga ega bo‘lamiz.
|
| |