• NAZORAT SAVOLLARI
  • Boshqaruv elementlari. Reja




    Download 0,82 Mb.
    bet4/4
    Sana23.12.2023
    Hajmi0,82 Mb.
    #127488
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Boshqaruv elementlari. Reja-fayllar.org

    Taxogeneratorlar (TG) tezlik o‘lchov o‘zgartgichi sifatida yopiq elektr yuritma tizimlarida keng qo‘llaniladi. Elektr yuritma tizimlarida asosan o‘zgarmas qutbli magnitdan qo‘zg‘aladigan o‘zgarmas tok taxogeneratorlari ishlatiladi.
    Tezlik o‘lchov o‘zgartgichi sifatida o‘zgarmas tok motorli taxometrik ko‘prik sxema ham qo‘llaniladi (13.4 – rasm). R1 va R2 qarshiliklar va Rya va Rqq qarshiliklardan iborat birlamchi ko‘prik sxema hosil qilinadi. Birlamchi ko‘prik sxemasining muvozanat shartidan kelib chiqqan holda A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


    (13.4)


    13.4 – rasm. O‘zgarmas tok motori sxemasini tezlik o‘lchov o‘zgartgichi sifatida ishlatish

    Taxometrik ko‘prik sxemasi yopiq EYu tizimlarida qo‘llanilganda sxemadagi A va B nuqtalarga relening g‘altagi ulanadi.

    Elektr yuritma tezligini katta aniqlikda nazorat qilish shart bo‘lmagan holarda, o‘zgarmas tok motori yakori cho‘tkalaridan to‘g‘ridan – to‘g‘ri olingan kuchlanishning o‘zi tezlikka proporsional signal ekanligidan foydalaniladi.
    13.5 – rasm. Potensiometrik (a) va transformatorli (b) kuchlanish o‘lchov o‘zgartigichlari

    O‘zgarmas tok motorli elektr yuritmalarda kuchlanish o‘lchov o‘zgartgichi sifatida potensiometrlardan foydalaniladi (13.5a – rasm). Potensiometr RP motor M ning yakor uchlariga ulanadi va kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish koeffisientining qiymati potensiometrning harakatlanuvchi qismining holati bilan aniqlanadi.


    O‘zgaruvchan tok motorli elektr yuritmalari uchun kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish signallarini olishda transformatorli sxemalar qo‘llaniladi (13.5b – rasm). «Boshqariluvchi to‘g‘irlagich – o‘zgarmas tok motori» tizimlarining kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish signallarini olish, boshqariluvchi to‘g‘irlagichning o‘zgaruvchan tok zanjiriga kuchlanish transformatori ulab amalga oshiriladi.
    Ishchi mexanizm ijrochi organi yoki motor valining holatini aniqlash uchun holat o‘lchov o‘zgartgichlari ishlatiladi. Holat o‘lchov o‘zgartgichlari sifatida selsinlar, potensiometrlar va aylanuvchi transformatorlar qo‘llaniladi.
    Selsainli holat o‘zgartgichlarining o‘zgarmas tokli chiqish qismi (13.2a– rasm) ishchi mexanizm ijrochi organi yoki motor vali bilan birikkan bo‘ladi va natijada o‘zgartgichning chiqish qismida holatini bildiruvchi mos signal hosil bo‘ladi.
    Potensiometrik holat o‘zgartgichlari 13.2v, g, d – sxemalar asosida yaratiladi. Ularning harakatlanuvchi qismlari motor vali bilan biriktirilib, chiqish qismidan holatiga mos signalar olinadi.
    Aylanuvchi transformatorli holat o‘lchov o‘zgartkichlarining ishlash asosi selsinlarnikidan farq qilmaydi. Ularning chiqish qismidagi signalning qiymati transformatorning aylanuvchi qismi holati bilan belgilanadi.


    NAZORAT SAVOLLARI
    Operasion kuchaytirgichning vazifasi nima?
    Rostlagichlar qaerlarda ishlatiladi?
    Selsin komandoapparatning ishlashini tushuntiring.
    O‘lchov o‘zgartkichlarini qanday turlari mavjud?

    http://fayllar.org
    Download 0,82 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,82 Mb.