• Qabul qildi
  • Kompyuter injiniringi fakulteti mustaqil ish -1 Bajardi: ki 22-04 Qayimov Shuhrat Qabul qildi




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.04.2024
    Hajmi0.62 Mb.
    #201145
    Bog'liq
    Qayimov Sh.
    Mavzu, 4-Laboratoriya, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja, MTA 1-amaliy ish topshiriqlari, netniki, parviz 1-mustaqil ish, Ismoilov 2, j.abdulaziz.dock, 3mbum, 2-, Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug, lab1-4.t.x, 1-Mustaqil ta'lim, 7-mavzu, openstack


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
    VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    SAMARQAND FILIALI 
     
    KOMPYUTER INJINIRINGI
    FAKULTETI 
    MUSTAQIL ISH -1 
     
    Bajardi: KI 22-04 Qayimov Shuhrat
    Qabul qildi: Nizamov A.
    SAMARQAND – 2024 


    Mavzu: Operatsion kuchaytirgich qurilmalari. 
    Operatsion kuchaytirgich tushunchasi 1947 yilda paydo bo'ladi. Birinchisi
    birinchi analog kompyuterlarda ishlatiladigan vakuumli naychalar yordamida 
    qurilgan. Ularning yordami bilan asosiy matematik operatsiyalarni amalga 
    oshirish mumkin edi, masalan, qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish, chiqarish, 
    integratsiya va boshqalar. Shuning uchun ular "operatsion" kuchaytirgichlar deb 
    nomlanadi ...
    1964 yilgacha mashhur tufayli Fairchild yarimo'tkazgich, integral mikrosxemada 
    qurilgan birinchi monolitik operatsion kuchaytirgich kelmaydi, chunki ular 
    bugungi kunda tarqatilmoqda. Bu muhandis Robert Jon Vidlarning ishi bo'lib, 
    mA702 bilan belgilangan. U erdan 741 yilda mA1968 ga aylanadi, sanoat 
    standartiga aylangan bipolyar chip.
    Ushbu operatsion kuchaytirgichlar (shuningdek, Op Amp deb ham nomlanadi), u 
    joylashtirilgan elektron komponentlarga muvofiq ko'plab vazifalarni bajarishga 
    qodir qurilmalar. Ushbu elementlar biriktiriladi uning 5 ta pimi (pin):
    Operatsion kuchaytirgich (OK) – bu kuchlanish bo‘yicha yuqori kuchaytirish 
    koeffitsiyenti (104÷106), yuqori kirish (104 107 Om) va kichik chiqish (0,1÷1 
    kOm) qarshiliklariga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichi. OK ikkita kirish va 
    bitta chiqishga ega. Chiqish va kirishdagi signallarning qutbiga ko‘ra kirishlarning 
    biri inverslaydigan (“-” ishorasi bilan belgilanadi), ikkinchisi – inverslamaydigan 
    (“+”ishorasi bilan belgilanadi) deb ataladi.
    Manba qiymatlari bir – biriga teng, lekin umumiy shinaga nisbatan ishoralari 
    teskari bo‘lgan ikkita manbadan ta’minlanadi. Bu bilan kirish signali mavjud 
    bo‘lmaganda chiqishda nol potensial ta’minlanadi va chiqishda ham musbat, ham 
    manfiy signal olish imkoniyati yuzaga keladi. Real OKlarda kuchlanish manbai 
    qiymati yo3 V ÷ yo18 V oralig‘ida yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan 
    simmetrik signal manbaidan 1 va 2 kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan 
    uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, 
    ikkinchisi esa – inverslamaydigan kirish va umumiy shinaga ulanadi.
    OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olinagan bo‘ladi. Teskari aloqa 
    zanjiri turiga ko‘ra OK analog signallar ustidan turli amallarni (operatsiyalarni) 
    bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig‘indi olish, integrallash, differensiallash, 
    solishtirish, logarifmlash va boshqalar kiradi. Shuning uchun bunday 
    kuchaytirgichlar – operatsion deb ataladi.
    OK ideal kuchaytirgich element hisoblanadi va butun analog elektronikaning 
    asosini tashkil etadi. OK yetarlicha murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, yagona kristall 
    yuzasida bajariladi va birvarakayiga ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning 
    uchun OKni diod, tranzistor va x.z. kabi elektron sxemalarning sodda elementi 


    kabi qarash mumkin. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab turi ishlab chiqariladi, kichik 
    o‘lchamga ega va juda arzon hisoblanadi.
    Katta kuchaytirish olish uchun OKlar ikki yoki uch bosqichli o‘zgarmas tok 
    kuchaytirgichlari asosida quriladi.
    OKlarda kirish bosqichi sifatida differensial kuchaytirigich qo‘llaniladi, bu 
    kuchaytirish dreyfini maksimal kamaytirishga va ancha yuqori kuchaytirish 
    olishga imkon yaratadi. U bilan kuchaytirgichning yuqori kirish qarshiligi, sinfaz 
    signallarga sezgirlik va siljish kuchlanishi aniqlanadi. Oraliq (muvofiqlashtiruvchi) 
    bosqichlar kerakli kuchaytirishni ta’minlaydilar va differensial kuchaytirgich 
    chiqishidagi kuchlanish siljishini nolga yaqin qiymatgacha kamaytiradi. Oraliq 
    bosqichlarda differensial kuchaytirgichlar kabi, bir bosqichli kuchaytirgichlar ham 
    qo‘llaniladi. Chiqish bosqichlari OKning kichik chiqish qarshiligi va katta chiqish 
    quvatini ta’minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida odatda AV rejimda 
    ishlaydigan komplementar emitter qaytargich qo‘llaniladi. 
    Birinchi avlod operatsion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch bosqichli 
    tuzilmasi sxema asosida n–p-n tranzistorlarda bajarilgan. Birinchi kuchaytirish 
    bosqichi klassik differensial kuchaytirgichda bajarilgan (DK rasmiga qarang). 
    Ikkinchi bosqich ham differensial kuchaytirgichda bajarilgan bo‘lib, bu bosqichda 
    BTG qo‘llanilmaydi. Chiqish bosqichi A rejimida ishlaydi, ya’ni emitter qaytargich 
    vazifasini bajaradi. Mazkur operatsion kuchaytirgichlarninng kamchiligi bo‘lib 
    uncha katta bo‘lmagan kuchaytirish koeffitsiyenti (KU0=300÷4000) va kichik 
    kirish qarshiligi (RKIR 4 kOm) hisoblanadi.
    Aytib o‘tilgan kamchiliklar ikki bosqichli sxemada yasalgan ikkinchi avlod OKlarda 
    bartaraf etilgan. Xarakteristikalarni yaxshilash tarkibiy tranzistorlar, yuqori omli 
    rezistorlar qo‘llash va differensial bosqich yuklama rezistorlarini dinamik 
    yuklamalarga almashtirish hisobiga amalga oshirilgan. Bir qator ikkinchi avlod 
    OKlari maydoniy tranzistorlarda bajarilgan, buning natijasida kirish qarshiligi 
    yanada oshirilgan.
    140UD7 turdagi kuchaytirgich keng tarqalgan ikki bosqichli OK hisoblanadi. Bu 
    OK kuchaytirish koeffitsiyenti KU0=45000, kirish qarshiligi esa RKIR= 400 kOm.
    Ma’lumotnomalarda KU0, RKIR i RChIQ qiymatlari MTAsiz OK lar uchun keltiriladi. 
    OK chiqish bosqichini yana maksimal chiqish toki (tez ishlaydigan keng polosali 
    OKlar uchun IChIQ,max 20 mA va quvvati katta OKlar uchun IChIQ,max 500 
    mA) va yuklamaning minimal qarshiligi (RYu.min 1 kOm) parametrlari ham 
    keltiriladi.
    OKning asosiy xarakteristikalari bo‘lib uning amplituda (uzatish) xarakteristikalari 
    hisoblanadi. Ular 3 – rasmda keltirilgan. Xarakteristikaning qiya (chiziqli) sohasi 
    ishchi soha hisoblanadi, uning og‘ish burchagi KU0 qiymati bilan aniqlanadi. 


    UChIQ,max - maksimal chiqish kuchlanishi bo‘lib, manba kuchlanishi Ye 
    qiymatidan ozgina kichik bo‘ladi.
    OKning chastota xossalari uning AChXsida aks ettiriladi. Bu xarakteristikani 
    qurishda KU0 dBlarda ifodalanadi, chastota esa logarifm masshtabida gorizontal 
    o‘q bo‘ylab o‘rnatiladi. 
    OKning bunday AChXsi logarifmik amplituda – chastota xarakteristikasi (LAChX) 
    deb ataladi. fYu – chastotadan kichik qiymatlarda kuchaytirish koeffitsiyenti 20 lg 
    KU0 ga teng bo‘ladi, ya’ni LAChX chastota o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziqni beradi. 
    Kirish signalining ortishi bilan KU0 kamaya boshlaydi va f1 chastotada 
    kuchaytirish koeffitsiyenti birga teng bo‘ladi.
    OK asosiy ulanish sxemalari. OKlarda doim chiziqli yoki nochiziqli zanjir 
    ko‘rinishidagi chuqur manfiy teskari aloqa bajarilgan bo‘ladi. MTA xossalari OK 
    asosida turli analog va impuls elektron quurilmalar yaratish imkonini beradi.
    Bunday sxemalarni ishlash prinsipini tushunish va ularni taxminiy tahlil qilish 
    uchun ideal operatsion kuchaytirgich tushunchasi kiritiladi. Ideal operatsion 
    kuchaytirgich quyidagi xossalarga ega bo‘ladi:
    a) kuchlanish bo‘yicha cheksiz katta differensial kuchaytirish koeffitsiyenti KU0;
    b) nol siljish kuchlanishining nolga tengligi USIL, ya’ni kirish signallari bir – biriga 
    teng bo‘lganda, chiqish kuchlanishi nolga teng bo‘ladi; demak, OK kirish 
    potensiallari doim bir – biriga teng;
    v) kirish toklari nolga teng;
    g) chiqish qarshiligi nolga teng;
    d) sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsiyenti nolga teng.
    OKning invers ulanishi. Invers ulanishda OKning inverslamaydigan kirishi umumiy 
    shina bilan ulanadi. 
    Real OK uchun bu formulaning qo‘llanilishi kuchaytirish koeffitsiyentini 
    hisoblashda xatolikllarga olib keladi. OKning KU0 va RKIR0 qancha katta bo‘lsa, 
    bu formuladan foydalanish shuncha kichik xatolik beradi. Shunday qilib, 
    KU0=103, R1=1 kOm, R2=100 kOm va RKIR0=10 kOm bo‘lsa, kuchaytirish 
    koeffitsiyentini aniqlashdagi xatolik 9 % ni tashkil etadi, KU0=105 (qolgan 
    kattaliklar o‘zgarishsiz) bo‘lganda - 0,1 % dan kichik. 
    Kuchaytirgichning chiqish kuchlanishlari kirishga nisbatan teskari fazada bo‘ladi. 
    Bu sxemaning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti rezistor 
    qarshiliklarining nisbatlariga bog‘liq ravishda birdan katta ham, kichik ham 
    bo‘lishi mumkin va deyarli barqaror bo‘ladi.
    OKning inverslamaydigan ulanishi. Inverslaydigan ulanishda kirish signali OKning 
    inverslamaydigan kirishiga uzatiladi, inverslaydigan kirishga esa R1 va R2 


    bo‘luvchi rezistorlar orqali kuchaytirgich chiqishidan teskari aloqa signali 
    uzatiladi. 
    Ko‘rinib turibdiki, bu yerda chiqish signali kirish signaliga sinfaz.
    Agar OK invers kirish bilan qisqa tutashgan bo‘lsa, bu koeffitsiyent birga teng 
    bo‘ladi. Bunday sxemalar inverslamaydigan qaytargichlar deb ataladi va yagona 
    qobiqda bajarilgan bir necha kuchaytirgich ko‘rinishidagi alohida integral 
    mikrosxemalar ko‘rinishida bir varakayiga ishlab chiqariladi.
    Qaytargichda qo‘llanilagan OK turi uchun maksimal kirish qarshiligi va minimal 
    chiqish qarshiligi amalga oshiriladi. OK asosidagi qaytargich, ixtiyoriy biror 
    qaytargich kabi (emitter yoki istok), muvofiqlashtiruvchi bosqich sifatida 
    ishlatiladi . 

    Download 0.62 Mb.




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi fakulteti mustaqil ish -1 Bajardi: ki 22-04 Qayimov Shuhrat Qabul qildi

    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish