|
III. Ishlanmalarni baholash mezonlari
|
bet | 2/2 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,93 Kb. | | #116882 |
Bog'liq TechnoWays-OTM-nizomIII. Ishlanmalarni baholash mezonlari
20. Marafonda ishtirok etish uchun ajratib olingan ishlar quyidagi mezonlar asosida, har bir mezon uchun alohida 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:
- G‘oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G‘oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo‘naltirilganligi;
- Mavjud analoglaridan afzalligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G‘oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha taqdimotining mukammalligi;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to‘ldirilganligi.
21. Marafon ishtirokchilari Komissiya aʼzolariga loyihaning ilmiy va amaliy hamda ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bera olishini namoyish etishi lozim.
22. G‘oliblarni aniqlashda baholash jarayoni davomida har bir ishtirokchiga komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi va komissiya a’zolari soniga bo‘linadi. Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb hisoblanadi.
23. Ishtirokchilar tomonidan to‘plangan ballar soni bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish usuli bilan g‘olib aniqlanadi.
24. Loyihaning ilmiy yangiligini va zamonaviyligini ko‘rsatish maqsadida uning analoglari bilan solishtirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni, stendlar yoki boshqa qurilmalarda test va sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumot berishlari lozim. Agar ishlanma tanlovda ishtirok etgan yoki patentlangan bo‘lsa bu haqda tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.
IV. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash
25. Marafon yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijaga ega bo‘lib, 1-2-3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar (jamoalar) quyida koʻrsatilgan miqdordagi pul mukofotlari yoki mazkur qiymatdagi qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin – 10 000 000 (oʻn million) soʻm;
2-oʻrin – 8 000 000 (sakkiz million) soʻm;
3-oʻrin – 6 000 000 (olti million) soʻm.
26. Mukofot Marafonda g‘olib bo‘lgan loyihalarga, uning mualliflari sonidan qatʼiy nazar, belgilangan qiymatda beriladi. Agar jamoa shaklida ishtirok etgan ishtirokchilarning loyihasi g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, jamoa a’zolarining har biriga mukofot summasi teng miqdorlarda taqsimlanadi.
27. Mukofotlash Marafonda g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarning bank plastik kartochka hisob-raqamlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
28. Marafonni g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
29. Homiylar taqdim etgan qimmatbaho buyum va/yoki esdalik sovg‘alar homiylar bilan kelishilgan tartibda g‘oliblarga yoki yuqori ko‘rsatkichlarga ega, faol ishtirokchilarga ham (rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida) topshiriladi.
30. Ushbu Nizom, Marafon to‘g‘risidagi maʼlumotlar va uning natijalari oliy ta’lim muassasasining rasmiy web-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.s
|
| |