II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH




Download 0.83 Mb.
bet9/20
Sana21.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#102389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
informatikani elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi
12-amaliy ish Zakt, 1-mavzu kompyuter haqida tushuncha, arxitektura, Mavzu tcp ip va osi modellari Nurmatov, raqamli qurr, Deadline 2 Bobirjon, Naseem Hamed Sitompul, a-thousand-years-of-good-prayers00012, ТУРАЕВ СИРОЖИДДИН ЖУРАҚОБИЛОВИЧ

II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH




2.1-§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari


Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim-tarbiya mazmunini o’zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o’qitish texnologiyalari asosida o’quvchilarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Bu vazifalar o’z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o’z aksini topmoqda. «Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham “ ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish” masalasi dolzarb vazifalar qatorida belgilanadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir.
Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual so’rov-lariga shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan.
O’quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etishni an’anaviy o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi:

  • ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi;

  • Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;

  • masofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;

  • masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o’qituvchilarning jalb etilishi;

  • masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, elektron darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning

yetarliligi;

  • masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi.

O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish vositalariga an’anaviy o’qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi:

  • elektron o’quv nashrlar;

  • kompyuter o’qitish tizimlari;

  • audio-vidio o’quv materiallari;

  • turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o’quv-nazorat testlari;

  • kutubxona ma’lumotlar ba’zasi bilan aloqa;

  • virtual materiallar va laboratoriyalar;

  • o’quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari.

Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv
qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibi y qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq bo’ladi.
O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rgatuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o’zida mujassamlashtirgan elektron o’quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Masofadan o’qitish tizimida o’quv ma’lumotlarini olish va uzatish usullariga ko’ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo’ladi: keysli va tarmoqli.
Keys uslubi va texnologiyasi ta’lim jarayonida amaliy mashg’ulotlar sifatini oshirishning ilg’or vositasidir. Keys ta’lim maqsadini amalga oshirish, amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o’quv natijalariga kafolatli yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.
Keys texnologiyasida o’quvchilarga o’quv va o’quv-amaliy materiallar «Keys» yoki portfel ko’rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo’ladi.
O’quvchilarda unda berilgan nazariy ma’lumotlarni mustaqil o’rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o’zlarining fikr mulohozalarini bildiradilar.
Masofadan o’qitishning tarmoq texnologiyasida o’quv dargohi va o’quvchi orasida ma’lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish bilan, ya’ni lokal yoki internet tarmog’ida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o’qitish formasiga o’tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi.
Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi harakterli xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya’ni chegaralanmagan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur’atda foydalanish imkoniyati;
modulliligi, ya’ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o’rganishi; parallellik, ya’ni asosiy o’qishidan ajralmagan holda ta’lim olish; qamrab olish, ya’ni bir vaqtning o’zida o’quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va o’qituvchilar bilan muloqotda bo’lish; iqtisodiyligi, ya’ni, o’quv xonalari va texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya’ni ta’lim jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish o’quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib berishini ta’minlaydi.
Masofaviy o’qitish barcha o’quvchilarga o’zlarining individual xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O’qitishning bunday usulida o’quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol tarzda o’quv – uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, test sinovlaridan o’tadi, o’qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o’quv guruhidagi boshqa shquchilar bilan o’zaro aloqa qiladi. Ma’lumotlarni matn ko’rinishda yetkazish asosidagi o’qitishning an’anaviy vositasi o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi, interfaol audio va video konferensiyalar esa real vaqt rejimida o’zaro muloqot qilishni ta’minlaydi, kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilish va bir guruhda o’qiydigan o’quvchilarni o’zaro aloqalarini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.



Download 0.83 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 0.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH

Download 0.83 Mb.