|
Tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va
|
bet | 8/20 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #102389 |
Bog'liq informatikani elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasiTasviriy ifodalarni qo’llash usuli (illustratsiya)
Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo’lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o’quvchilarning ko’rish qobiliyati ishga solinadi. O’quvchilarga yetkazilmoqchi bo’lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo’yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog’ozga tushirilgan tasvirlar.
Namoyish etish usuli (demonstratsiya)
O’qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o’quvchini ko’rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi.
Informatika va AT ni o’qitishda qo’llaniladigan innovatsion texnologiyalar.
Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkillashimiz mumkin.
Venna diagramasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi.
Yakka tartibda venna diagrammasini tuzish va kesishmaydigan joylarni (x) to‟ldirish vazifasini beradi. Doiralarning kesishuvchi joyda , ikki, uch (xx/xxx) doiralar uchun umumiy bo‟lgan ma‟lumotlar ro‟yhatini tuzilishi kerakligini ta‟kidlaydi.
Kichik guruhlarga birlashish o’zlarning diagrammalarini taqqoslash va to’ldirish vazifasini beradi.
Venna diagrammasi taqdimotini va muhokamasini taqdim etadi.
VENNA DIOGRAMMASI
Hozirgi kunda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarda ta’limning noan’anaviy shakllari ham qo’llanilmoqda. Ular qatorida:
Bahs-munozara darslari; Didaktik o’yinli darslar; Ilmiy anjuman darsi; Uchrashuv darsi;
Sayohat darslari va h.k.
Ta’lim jarayoninig sifati va samaradorligini oshirishda ta’lim vositalari (TV) muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning 6 ta turi: matnli vositalar; tasvirli vositalar; audio vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; real vositalar mavjud.
Matnli vositalar – ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun:
-o’quv dasturlari;
-maxsus adabiyot(darslik);
-tarqatma materiallar;
-imtihon va nazorat varaqalari;
Tasvirli-umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun:
-fotosuratlar;
-eskiz, chizma, sxemalar;
-ramziy tasvirlar, reja, jadvallar, simvollar;
-diagramma va grafiklar;
Audio-jarayonlar va ishlash mexanizmlari to’g’risida tasvir va ovoz orqali tasavvurlarni vujudga keltirish:
-videofilmlar;
-kompakt disklar;
-audio kassetalar.
Yordamchi (jihoz)-tasvir va matnli yozish va saqlash:
-doskalar (oq doska, magnit doskasi);
-pinbord doskasi;
proyektorlar, videoproyektor doskasi;
-kodoskop;
-videomagnitafon, kamera;
-kompyuter.
Modelli – o’rganilayotgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil
qilish:
-modellar;
-maketlar.
Real-o’rganilayotgan obyektlar haqida real tasavvurni vujudga keltirish:
-asbob-uskunalar;
-stanoklar;
|
| |