|
Tekshirdi;Ma’murov Xudoyberdi
|
bet | 3/13 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 210,88 Kb. | | #240337 |
Bog'liq Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar haqida Reja (1)2-rasm. Bilimlarni tasvirlash
Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha bo'ladi.
tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash;
kuzatish;
natija interpretatsiyasi;
yangi informatsiyalarni o'zlashtirish;
Mana shu jarayon, yetarli axborot yig'ilgunga qadar davom etadi.
Sxematik ko'rinishda quyidagicha ifodalaniladi.
3-rasm. ET ning ishlash sxemasi
Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi.
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI
Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari
Freymli modellar
Semantik modellar
MAHSULIY (PRODUKSION) QOIDALARINING MODELLARI
Deklarativ bilimlar — bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi.
Protsedurali bilimlar — dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida ishlatiladi. Shuning uchun, bu modellarni to'laroq ko'rib chiqamiz.
|
| |