|
Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi
|
bet | 2/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 161,28 Kb. | | #247449 |
Bog'liq Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya8.2. Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi
Multimedia sessiyasi bir necha oqimlardan iborat bo‘lib, ularning xar biri RTP ning aloxida sessiyasida uzatiladi.Kodlash formatlari bilan bog‘liq kutilishlar jiddiy farqqilgani uchun turli xil oqimlarda 8.1-rasmda ko‘rsatilgandek, boy berishvaqti xar xil bo‘ladi.
8.1-rasm. Multimedia okimlarini sinxronizatsiyasi
Odatda sinxronizatsiyatovush va tasvir oqimlarini tekislash (tenglashtirish) uchun qo‘llaniladi, ammo mazkur texnologiya oqimlarining istagan turlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pincha tovush va tasvirni ayrim oqimlarga bo‘lish sessiya ishtirokchilarining nimani afzal ko‘rishlariga bog‘liq bo‘ladi. Ayrimlar videokonferensiyalarda faqat tovushni qabul qilishni afzal qo‘rishadi. Bu ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan konferensiyalar uchun ayniqsa muximdir.
Jo‘natuvchining o‘zini tutishi
Jo‘natuvchi multimedia oqimlarini sinxronizatsiya jarayonida umumiy va oqim vaqtini muvofiqlashtirish to‘g‘risida RTCP paketlari orqali davriy xabardor qilish va umumiy satxni ishga tushirish yo‘li bilan yordam beradi. Umumiy soat o‘zgarmas tezlikda yuradi, qabul qiluvchiga esa 8.2 – rasmda ko‘rsatilganidek, oqimlardagi tezliklarni birxillashtirishga yordam beruvchi axborot beriladi.
Umumiy va oqim vaqti orasidagi muvofiqlik RTCP paketini shakllantirish paytida aniqlanadi. Umumiy Treference vaqti RTP paketining vaqt belgisida aks ettiriladi:
TRTP = Treference∙ Raudio + Oaudio
Bunday soatlarning siljishini (surilishiini) xosil qilamiz:
Oaudio = Taudio – (Tailable – Daudio_capture) ∙ Raudio.
Tavailable - operatsion tizimdagi tutilib qolishlar bilan, Daidio_capture esa ma’lumotlarni tutib qolish jarayonining davomiyligi bilan anikqlanadi. 8.3-rasmda multimedia oqimlari turli xil manbalardan olingandagi soatlarni sinxronizatsiya zarurligi namoyish qilinadi.
8.2- rasm. Umumiy soat bo‘yicha vaqtni tenglashtirish
Sinxronizatsiyaning yana bir muammosi - sinxronizatsiya qo‘llanilishi kerak bo‘lgan oqimlarni identifikatsiya qilishdir. Bu masalani RTP bog‘langan manbalarga umumiy nomlar (CNAME) berish yo‘li bilan xal qiladi, shuning uchun qabul qiluvchi boliq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan (mustaqil) oqimlarni farq qiladi.
8.3-rasm. Turli manbalardan kelayotgan oqimlarni sinxronizatsiyasi
|
| |