PON texnologiyasidagi asosiy terminlar




Download 0,9 Mb.
bet2/6
Sana12.01.2024
Hajmi0,9 Mb.
#135750
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Optik aloqa tizimlari Mus ish 2 632 20 J O‘lmasov

PON texnologiyasidagi asosiy terminlar: Markaziy tugun OLT (Optical Line Terminal) – markaziy ofisda o’rnatiladigan qurilma. Bu qurilma SNI (Service Node Interfaces) orqali magistral tarmoqlardan ma‘lumotlarini qabul qiladi va abonent tugunlariga kiruvchi oqimga shakllantiradi. Abonent tuguni ONT (Optical Network Terminal) bir tomondan abonent interfeysiga, boshqa tomondan uzatishda 1310 nm to’lqin uzunligida, qabul qilishda esa 1550 nm to’lqin uzunligida PON daraxtiga ulanuvchi interfeysga ega. Nazariy bir xil to’lqin uzunligidan foydalansa ham bo’ladi, lekin ikki xil to’lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq izolyasiyani ta‘minlaydi, shuningdek ikki to’lqin uzunliklarining ta‘sirlashuvida qimmat bo’lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi. ONT OLT ma‘lumotlarini qabul qilib, ularni konvertlaydi va UNI (User Network Interfaces) abonent interfeyslari orqali uzatadi. Optik tarmoqlagich – bu optik nurlanish oqimini bir yo’nalishda taqsimlaydigan va teskari yo’nalishda bir necha oqimlarni birlashtiradigan passiv optik ko’p qutblikdir. Umuman olganda tarmoqlagichda M kirish va N chiqish portlari bo’lishi mumkin. PON tarmog’ida ko’pincha bitta kirish portiga ega 1xN tarmoqlagichlar ishlatiladi. O’tkazuvchanlik qobiliyatiga kelsak, uni ikki varianti mavjud:
- birinchisi, ikkala yo’nalishda ham ma‘lumotlarni uzatish tezligi 155 Mbit/s bo’lgan simmetrik trafiklarga mo’ljallangan;
- ikkinchisi, assimetrik bo’lib, abonentdan tarmoqqa ma‘lumotlarni uzatish 155 Mbit/s, tarmoqdan abonentga esa 622 Mbit/s tezlikda amalga oshadi.
Bunday texnologiyalarni qo’llaganda tarmoqlagichlar (yoki splitterlar) soni va kanal uzunligi, qo’llaniladigan lazerga va optik toladagi yo’qotishga bog’liq. Bunday PON tarmog’ining bitta segmenti, 20 km gacha bo’lgan radiusda 32 abonentni ta‘minlashi mumkin. Barcha abonent tugunlari terminaldir, ya‘ni birorta tugun ishdan chiqsa yoki o’chirilsa boshqasini ishiga ta‘sir qilmaydi. Har bir abonent tuguni, oddiy xonadonga yoki bir necha yuz abonentlarga ega bo’lgan ofis binosidan iborat. Markaziy tugun PON ning 4 tagacha segmentini qo’llashi mumkin. Axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun bir tola etarlidir.

APON texnologiyasi


1990 yil o’rtalarida ko’pchilik nuqtai nazaridan faqat ATM protokoligina oxirgi abonent bilan aloqa xizmatlari sifatiga muvofiq kafolat berish qobiliyatiga ega bo’lgan. Shuning uchun (British Telecom, France Telecom, Deutsche Telecom, NTT, KPN, Telefonisa i Telecom Italia kabi etti kompaniya tomonidan FSAN (Full Service Access Network) deb nomlangan konsorsium tuzildi), PON tarmog’i orqali multiservis xizmatlarni transportini ta‘minlashni, ATM texnologiyasiga asosan tanlagan. Natijada 1998 yil oktyabr oyida PON daraxtida ATM yacheykalari asosida axborotlarni transportlashtirish APON (ATM PON) nomini olgan ya‘ni G.983.1 ning birinchi tavsiyasi standarti paydo bo’ldi. Keyinchalik bir qancha yangi tuzatishlar va tavsiyalar paydo bo’lib, uzatish tezligi 622 Mbit/s gacha oshdi. 2001 yil martida PON standartiga yangi funksiyalar qo’shilib, G.983.3 tavsiyasi paydo bo’ldi:
- turli xil ilovalar (ovoz, video, ma‘lumot) ni uzatish – bu ishlab chiqaruvchilarga, magistral tarmoqlarga ulanish uchun OLT va abonentlarga ulanish uchun ONT larga mos interfeyslarni qo’shishni yo’lga qo’ydi;
- spektral diapazonning kengaytirilishi – PON ning aynan shu daraxti sharoitida boshqa to’lqin uzunligida qo’shimcha xizmatlar uchun imkoniyat yaratdi. Masalan, uchinchi to’lqin uzunligida keng ommaga eshittirish beradigan televidenie.
Shunday qilib APON standartining kengaytirilgandan keyingi nomi BPON (broadband PON) deb ataldi. APON ga hozir kunda turli ilovalar va turli ONT lar orasida polosani dinamik taqsimlanishi kiritilmoqda va ham keng polosali, ham tor polosali xizmatlarni taqdim qilishga mo’ljallangan. Turli ishlab chiqaruvchilarning APON qurilmasi quyidagi magistral interfeyslarni qo’llaydi: SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, video (SDI PAL), E1 (G.703) abonent interfeyslari, 100/10 Mbit/s li Ethernet 10/100 Base-TX, (FXS) telefoniya. Markaziy va abonent tugunlari bilan o’zaro bog’lanuvchi APON MAC protokoli. Abonent tuguni bilan markaziy tugunning o’zaro bog’lanishi, ulanish o’rnatish bilan boshlanadi. Shundan so’ng ma‘lumotlar almashinishi sodir bo’ladi. Bularning barchasi APON MAC protokoliga muvofiq bajariladi. Ulashni o’rnatish jarayonida quyidagilarni o’z ichiga oluvchi ranjirlash protsedurasi ishga tushadi: masofa bo’yicha ranjirlash, quvvat bo’yicha ranjirlash va sinxronizatsiya. MAS protokoli APON ulanish tizimi uchun uchta masalani echadi:
- teskari oqimdagi uzatishlarda kolliziyaning yo’qotilishi;
- teskari oqimda polosani aniq, samarali dinamik bo’lishi;
- ilova transporti uchun eng yaxshi moslashtirishni saqlashi.
APON MAC protokoli so’rov/ruxsat mexanizmiga asoslanadi. Asosiy g’oyani ONT tomonidan talab qilingan polosa so’rovlarini jo’natish tashkil etadi. Yuklangan teskari oqim va qaysi xizmatlar ONT ga yoki boshqasiga o’rnatilganligi haqida bilimlarga asoslanib, OLT bu so’rovlarni qayta ishlash uchun qaror qabul qiladi.
So’rov/ruxsat mexanizmini boshqarish uchun FSAN APON kadrining strukturasi to’g’ri va teskari oqim uchun aniqladi. Bu format ITU-T ning G.983.1 tavsiyasiga binoan standartlashtirildi.
Bitta kadrni 155 Mbit/s tezlikda uzatish 0,15 ms davom etadi. 32 ta ONT da to’liq siklni uzatishda 0,6 ms talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, ONT 0,6 ms davomiyligida minipaketlarni, ma‘lumotlarni uzatishga mo’ljallangan xizmat so’rovlarini jo’natadi. ONT, uning chiqish buferida so’rovni uzatishga navbat shakllanganda jo’natadi. ONT faqat PLOAM yacheykasidan ruxsat olgandan so’ng uzata olganligi sababli, shu lahzadan maksimal vaqtni baholashda, 0,6 ms sikl vaqtiga RTT ni ikkilangan o’tish masofasida (20 km radiusdagi tarmoqlar uchun RTT 0,2 ms ni tashkil qiladi) kechikish vaqtini qo’shish kerak bo’ladi va natijada 0,8 ms hosil bo’ladi. Bu qiymatga OLT va ONT lardagi apparat kechikish vaqtlari qo’shilishi mumkin.

EPON texnologiyasi


Bundan bir necha yillar avval mahalliy tarmoqlarda Ethernet texnologiyasidan foydalanish juda ommabop hisoblangan. Ammo abonent tarmoqlarida bunday texnologiyani qo’llashni asosiy kamchiliklaridan biri bu kolliziyani hisobga olgan holda tasodifiy ulanishni aniqlanmagan mexanizmi CSMA/CD (Carrier sense multiple access with collision detection) ning mavjudligi tufayli, aytib bo’lmaydigan kechikishlarga yo’l qo’yilishidir. Biroq o’sha vaqtlardan buyon Ethernet ga katta o’zgarishlar kiritildi. Birinchidan, 10 Gbit/s gacha etuvchi tezlikning bir qancha standartlari yaratildi. Ikkinchidan, kolliziya va aytib bo’lmaydigan kechikishlarni unutishga yo’l qo’yuvchi Full Duplex Ethernet IEEE 802.3 standarti yaratildi. Uchinchidan, multiservis xizmatlarini tashkil qilishda yangi imkoniyatlarni beruvchi quyidagi standart va protokollar yaratildi:
- IEEE 802.1Q–virtual tarmoqlar (VLAN) va trafikni prioritetlashtirish;
- DiffServ (Differential Services) –tarmoqda trafikni har biri aniq bir sifatni ta‘minlovchi bir necha yirik sinflarga ajratishni ta‘minlovchi OSI ISO modelini uchinchi sathidagi protokoli;
- MPLS (Multi Protocol Label Switching) –sonlardan foydalanishga asoslangan ko’p protokolli tarmoqlarda paketlarni tezda kommutatsiyalash uchun uchinchi sath protokollari guruhi.
Hozirgi kunda Ethernet asosidagi echim hammadan ko’ra universal bo’lib, kundalik hayotimizga mustahkam kirib bormoqda. Ethernet tarmoqlari eng ko’p tarqalishga ega bo’ldi. Turli baholashlar tufayli, jami qiymati 320 milliondan ortiq portlar bilan jahondagi ishlatilayotgan barcha mahalliy tarmoqlarning 95% dan ortig’i Ethernet standartidan foydalanmoqda. Ethernet texnologiyasi tezlik nuqtai nazaridan ham, shiddatli rivojlanish va yangi interfeyslarni standartlashtirish nuqtai nazaridan ham samaraliroq bo’lib qoldi. Ayni vaqtda Gigabit Ethernet keng tarqalmoqda, hamda 10 Gigabit Ethernet asosidagi hammabop standart echimga aylanmoqda. Nihoyat, xizmat ko’rsatish va Ethernet tarmog’ini boshqarishni oddiyligi, hamda narxlarini pastligi tufayli shuhratga erishdi.
Gigabit Ethernet ning asosiy kamchiligi shundan iboratki, oraliq qurilmalar sifatida aktiv qurilmalar qo’llaniladi xamda ularning xar biri uchun alohida manba talab etiladi.
Ethernet juda ko’p yangi standartlar va protokollar bilan qurollanishga kirishganda, asosli savol tug’ildi, nima uchun mahalliy va shaharlararo tarmoqlar orasidagi bog’lanish uchun Ethernet ni aynan shu standarti asosidagi PON ulanish tarmog’idan foydalanish mumkin emas? Bu masalani echish uchun 2000 yil EFM (Ethernet in the first mile – Ethernet birinchi milda) hamda IEEE 803.3ah kodini olgan maxsus komissiya tuzildi.
EPON da (ONT lar orasida teskari oqim polosasini taqsimlash uchun) CSMA/CD mexanizmiga asoslangan teskari oqimni boshqarish usulini amalga oshirishga urinish uncha samarali emas.
Birinchidan, kollizion domenning o’lchamini Gigabit Ethernet standartidagi uzatish tezligi bo’yicha solishtirsak yuzlab metrni tashkil etadi, bu 20 km radiusdagi EPON tarmog’i uchun to’g’ri kelmaydi.
Ikkinchidan, CSMA/CD mexanizmiga asoslangan kanalni boshqarish TDM trafigi (ovoz, video)ga xizmat ko’rsatishga va aniq kechikish vaqtiga, boshqacha so’z bilan aytganda talab etilgan sifatni ta‘minlashga kafolat bera olmaydi.
Teskari oqimda kadrlarni aniq etkazib berishni ta‘minlash uchun kolliziyaga ruxsat beruvchi mexanizmga asoslangan sxemadan foydalanish kerak emas. Ma‘lumotlar uzatilayotganda ya‘ni normal ish rejimida kolliziya, to’liq chetga chiqish kuzatiladi. Bunga MPCP protokolini echim sifatida olish mumkin. Shuni aytish kerakki, protokolni ishlashi uchun OLT va ONT lar almashinadigan va EPON tarmog’i chegaralaridan chiqib ketmaydigan qo’shimcha xizmat kadrlari talab qilinadi.
Barcha ONT lar xizmat kadrlarini uzatish orqali markaziy tugun OLT ning yagona vaqt shkalasi bo’yicha sinxronizatsiyalanadi. Abonent tugunlaridan ma‘lumotlarni jo’natish ruxsat etilgan vaqt intervallari (taymslotlar) da amalga oshiriladi. Taym-slotlarda, Ethernet kadrlarini biri yoki bir nechtasi joylashishi mumkin bo’lgan uzunlikni OLT da jadval, rejalashtiruvchi tomonidan aniqlanadi. Taym-slotni jo’natishga ruxsat olinmagunicha, ONT abonentlarining ishchi stansiyasidan olingan kadrlarni buferlaydi.
EPON texnologiyasi bo’shatilgan resurslardan foydalaniladi. Biz aytganimizdek, Ethernet kadrlarining EPON tarmog’i orqali o’tishida ularni qismlarga ajralishi sodir bo’lmaydi. Lekin bu xech qanday o’zgarish ro’y bermaganligini anglatmaydi.

GPON texnologiyasi


Takomillashish jarayoni har qanday texnologiyani yaratilish paytidan boshlab birga sodir bo’ladi. Passiv optik tarmoqlar uchun u bir qancha variantlarni yaratilishini ko’rsatadi, ulardan biri ―gigabitli‖ nomini olgan. GPON texnologiyasining afzalliklari nimadan iborat va u zamonaviy ulanish tarmog’ini amalga oshirishga qay darajada mos keladi.
Aloqa operatorlari, kommunal va qurilish kompaniyalarining barchasi "triple play" terminidan foydalanib, aloqa xizmatlari integratsiyasini amalga oshirishni mo’ljallashmoqda. U uch xil xizmatni ko’rsatadi, ya‘ni bir vaqtning o’zida abonentga ovoz, video va ma‘lumotlarni etkazib beradi. GPON (Gigabit PON) ulanish tarmog’i arxitekturasini APON texnologiyasining uzviy davomi sifatida qarash mumkin. Bunda PON tarmog’ining o’tkazish polosasini ham, ilovalarni uzatish unumdorligini ham o’sishi amalga oshadi. GPON XEI-T Rec. G.984.3 tavsiyasi 2003 yil oktyabrida qabul qilingan.
GPON 622 Mbit/s dan 2,5 Gbit/s gacha uzatish tezligida kadrlarni masshtablashgan strukturasini namoyish etadi, kiruvchi va chiquvchi oqimlar uchun PON daraxitida simmetrik kabi assimetrik bitli tezliklarni qo’llaydi, shuningdek sinxron transport ilovalarida turli xizmatlarni (jumladan TDM ni ham) inkapsulyasiyasini ta‘minlagan holda XEI-T G.704.1 GFP (generic framing protocol, kadrlarning umumiy ilovasi) tavsiyasi bazasiga tayanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, xatto eng yomon holatda ham trafiklarning tarqalishi va oqimlarning tebranish polosasi APON ga nisbatan 71 % ni tashkil etadi.
Agar SDH da faqat polosani statik bo’linishi amalga oshirilsa, GFP (generic framing protocol) ilovasi SDH kadrining strukturasini saqlagan holda, polosani dinamik taqsimlashga imkon beradi.
GPON, to’g’ri oqimi (ulanish tugunidan abonentga) ning 1,244 Gbit/s va 2,488 Gbit/s, teskari oqimining esa 155 Mbit/s, 622 Mbit/s va 1,244 Gbit/s o’tkazish qobiliyatini tashkil etadi. Ulanish tugunidan abonentgacha bo’lgan oqimda kadr uzunligi 125 mks ni tashkil etadi.
Bunday qiymat tarmoqning teskari oqimdagi o’tkazuvchanlik qobiliyatiga bog’liq emas.
Arxitekturada BPON tizimining asosiy tuzilish sxemasi va aynan tolali optik tarmoqlarni amalga oshirishda WDM/TDMA birikmasi saqlanib qoladi. Bu dispersion kamchiliklarga qaramasdan, gigobit uzatish tezligida anchagina arzon Fabri-Pero lazerlarini qo’llash imkonini beradi.
GPON da ma‘lumotlarning asosiy formatlarini va tarmoqda foydalanuvchi interfeyslarning katta qiymatini qo’llashni ta‘minlaydi. telefon tarmoqlaridan umumiy foydalanuvchmlarning ovozli xizmatlarini, T1/E1 va DS3 standartlaridan foydalanuvchi ajratilgan TDM liniya xizmatlarini, shu jumladan 10 Mbit/s, 100 Mbit/s va 1000 Mbit/s tezliklarda Ethernet kadrlarini uzatishni amalga oshiradi. Bundan tashqari, GPON tarmog’i bo’yicha VoIP xizmatini taqdim etishda, raqamli videoni va ma‘lumotlarni uzatishda xizmatlar sinfini ajratish va trafikni boshqarishni talab etadi.
G.984.1 ga shuningdek ba‘zi yangi foydali afzalliklar kiritilgan. Bular: ulanishni himoyalash, xizmatlarni kiritish va ma‘lumotlar havfsizligidir. Ulanishni himoyalash BPON bilan mos usulda amalga oshiriladi, lekin standartga bir nechta zahiralangan konfiguratsiyalarni qo’shimcha turlari qo’shilgan: to’liq zahiralangan 1+1 (S sinfli himoya) himoyalanish, shuningdek qisman zahiralangan 1:1 (V sinfli himoya) himoyalanish. Xizmatlarni kiritish, G.983.3 kabi raqamli GPON tizimi foydalanmagan, kengaytirilgan o’tkazish polosasini qoldirishni talab qiladi. Ma‘lumotlar xavfsizligi talabiga muvofiq, chiquvchi oqimdagi axborot himoyalangan bo’lishi lozim va ONT identifikatsiyasini o’tkazish mumkin bo’lgan vositalar mavjud bo’lishi lozim.
GPON ning afzalliklari:
- PON ga ulanuvchi har qanday mijoz uchun ―gigabit rejimida inkapsulyasiyalash‖ ni qo’llash;
- ma‘lumotlarni simmetrik kabi assimetrik uzatish tezligida ham qo’llab quvvatlash (kirish va chiqish oqimlarida);
- bir to’lqin uzunligida 256 gacha mantiqiy ONT larni qo’llab quvvatlash;
- kirish va chiqish oqimlarida ko’rsatkichlar yordamida o’tkazish polosasining tarqalish mexanizmi;
- ONTdagi himoyalangan bitlarning konfiguratsiyalangan soni;
- ONT ni avtomatik va davriy aniqlash usuli;
- har bir ONT ni himoyalash- AES algoritmi yordamida ulanish;
- (ONT) abonent tugunlaridan (OLT) markazga turli holatlar va hisobotlar soni;
- OAM ajratilgan kanallar.
Fizik sath. G.984.2 – bu GPON tarmog’ining fizik sathi spetsifikatsiyasi bo’lib, uzatish muhitiga bog’liq (Physical Media Dependent, PMD). U GPON ga mos keluvchi optik komponentlarni to’liq tavsiflaydi. Tavsiyanoma BPON bilan ishlashda o’zlashtirilgan ko’plab bilimlarni hisobga olgan holda tuzilgan va shu bilan birgalikda oshib boruvchi uzatish tezligiga e‘tibor bergan holda optik parametrlarni to’liq aniqlanishini beradi.

8.7-rasm. Gibrid mis-optik arxitekturali tarmoqlarda keng polosali ulanuvchi texnologiyalarni qo’llash.
GPON da PMD uchun SDH/SONET kabi ayni shu usullar va kelishuvlardan foydalaniladi. ―Uzatkichni chiqish quvvati‖, ―Qabul qilgichni sezgirligi‖ va ―liniyadagi optik byudjet‖ kabi terminlarni aniqlash ushbu tarzda tuzilgan, tarmoq qurilmasini va optik taqsimlanish tarmog’ini funksional moslashuvchanligini ta‘minlash uchun o’sha vaqtda ularni aniq chegarasini belgilaydi.
GPON PMD tavsifnomasida asos sifatida SDH bazasi olingan va SDH ni odatdagi quvvat sathlari va taktli chastotalaridan foydalaniladi. G.983.3 kabi tavsiya to’lqin uzunligini to’sa olishi mumkin bo’lgan chatotalarni taqsimlashda qo’llaniladi. Uning samarali va yaxshi ishlatilgan sxemasi tufayli tanlangan kodlashtirish formati sifatida shifrlangan NRZ kodi ishlatiladi. PMD – tavsiyasi shuningdek to’g’ridanto’g’ri xatolarni tuzatish mexanizmi (Forward Error Correction, FEC) ni o’z ichiga oladi. GPON PMD ga yana bir kiritilgan yangilik – bu ONT ni optik uzatkichini boshqara olishdir. U PON ning V yoki S sinfini tanlash holatida OLT markaziy tugunida ko’chkili fotodiodlaridan foydalanish zaruratiga olib keladi ( PON ning V yoki S sinfi uchun quvvat byudjetini mos ravishda 25 va 30 dB tashkil etadi).
Multiservisli xizmatlar – elektron tijorat, telemeditsina, videokonferensaloqa, masofaviy ta‘lim, yuqori tezlikli internet, raqamli televideniya, video va boshqa turli tuman xizmatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi abonent kirish tarmoqlarida optik kabelli texnologiyalar FTTx va PON texnologiyalarining qo’llanilishi yuqori o’tkazish polosasini ta‘minlaydi. Bu texnologiyalarining har biri o’ziga xos xususiyatga ega va ular alohida hamda birgalikda qo’llanilishi mumkin.

Xulosa
"Abonent optik tarmoqlari" mavzusi, moderne kommunikatsiya va internet xizmatlarini taqdim etishda yuqori tezlik va tikishlilikni kafolatlaydigan optik fiber tarmoqlarning iste'molini ko'rsatadigan muhim bir mavzudir. Bu tarmoqlar, abonentlar uchun yuqori tezlikda internet, telefon, televiziyalar va boshqa xizmatlarni taqdim etishda foydalaniladi. Optik fiber tarmoqlari, nuronlar orqali ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkonini beradi. Bu, abonentlar uchun yuqori tezlikda internet va boshqa xizmatlardan foydalanishga imkon tanib beradi. Abonent optik tarmoqlari, bir nechta xizmatlarni bir-biriga ulashish imkonini beradi. Internet, telefoniya, televiziyalar va boshqa xizmatlar birlashtirib, foydalanuvchilarga keng qamrovli kommunikatsiya tajribasi taqdim etadi. Optik tarmoqlar, ma'lumotlarni xavfsiz va maxfiy tarzda uzatish imkonini beradi. Bu, abonentlar uchun maxfiylikni ta'minlash va shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash imkonini yaratadi. Abonent optik tarmoqlari, texnik va amaliyot yordamni o'z ichiga oladi. Bu tarmoqlarni boshqarish, muammo chiqarishlarga tez javob berish va foydalanuvchilarga texnik xizmatlar taqdim etishda etkazib beradi. Optik tarmoqlar so'nggi kommunikatsiya texnologiyalari va tendensiyalari bilan hamkorlik qiladi. Mavzuga kirishda, 5G, IoT va boshqa so'nggi texnologiyalarning optik tarmoqlar bilan qanday integratsiya qilinishi va bu tarmoqlarni qanday rivojlanishiga doir so'nggi malumotlarni ko'rsatish muhim. Optik tarmoqlar o'rnatilishi va rivojlanishi uchun katta mablag'lar va infrastrukturaga qiziqish talab qiladi. Mavzuga kirishda, optik tarmoqlarning o'rnatilishida va rivojlanishida qanday investitsiyalar va infrastruktura qurilishi kerakligi haqida ma'lumotlar berish muhim. Umumiy xulosa qilish bilan, "Abonent optik tarmoqlari" mavzusi, abonentlar uchun yuqori tezlikda va qulay xizmatlarni taqdim etishni, shuningdek, xavfsizlik va so'nggi texnologiyalar bilan hamkorlik qilish imkonini ta'minlaydigan innovatsion tarmoqlarning o'zini tushuntiradi.



Download 0,9 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PON texnologiyasidagi asosiy terminlar

Download 0,9 Mb.