Tekshirish jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar




Download 22,07 Kb.
bet6/7
Sana21.03.2017
Hajmi22,07 Kb.
#720
1   2   3   4   5   6   7
2. Tekshirish jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar
Aloqa, axborotlashtirish va telelkommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi tomonidan telekommunikatsiya sohasidagi ho'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tekshirish jarayonida, qonun va me'yoriy hujjatlar talablarini buzilishi, hamda ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifat ko'rsatkichlarini pasayishi holatlari aniqlanmoqda, jumladan:

1. Statistik hisobotlarning haqqoniyligi ta'minlanmasligi (noto'g'ri to'ldirish, to'liqmas ma'lumot kiritilishi);

2. Birlamchi hujjatlarning nohaqqoniy yuritilishi (birlamchi hujjatlarda buyurtmalarni to'liq ro'yxatga olmaslik);

3. Murojaatlarni hisobga olinishi noto'g'ri yuritilishi va ularni sifatsiz ko'rib chiqilishi;

4. Rejaga asosan liniya-kabel xo'jaligida joriy va kapital ta'mirlash ishlari olib borilmayapti hamda tegishli hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmayapti;

5. Liniya-kabel va stantsion inshootlarning pasport ma'lumotlari yangilanmayapti.

6. Fuqarolarning murojaatlaari bo'yicha ishlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq olib borilmayapti;

7. Ekspluatatsion va halokat zaxira kabellari bilan ta'minlanmagan;

8. Metrologik ko'rikdan o'tkazish muddati o'tib ketgan o'lchov vositalaridan foydalanish holtlari kuzatilmoqda;

9. O'lchov asboblarining tasdiqlangan ro'yxati tuzilmasligi va asboblarni metrologik ko'rikdan rejali o'tkazish ishlari bajarilmaganligi;

10. Muvofiqlik sertifikatlarsiz texnik asboblarni ishlatilishi xolatlari mavjud;

11. Ob'ektlarda parallel ravishda loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borish;

12. Aloqa kabellarini DHBOga qo'yish, ta'mirlash va germetik holatga keltirishda normalarning buzilishi;

13. Belgilangan texnik normalarga mos kelmaydigan xavfli kesishmalar mavjud;

14. Izolyatsiyasi yo'q o'tkazgichlar orqali tashkil etilgan aloqa liniyalarining mavjudligi;

15. Kanaliizatsiya quduqlarining ichki va tashqi qopqoqlarining yo'qligi hamda magistral kabellarida va taqsimlash shkaflarida signalizatsiya yo'qligi natijasida aloqa liniyalarida shikastlanishlar, o'g'riliklar sodir etilmoqda.

Kelgusida yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish maqsadida Inspektsiya quyidagi chora-tadbirlarni bajarilishini taklif etadi:

- statistik hisobotlarning haqqoniyligi ta'minlash (birlamchi hujjatlar), va murojaatlarni sifatli ko'rib chiqish, boshqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish nazoratini kuchaytirish va kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash;

- ish joyida yangi ishga tushgan va kerakli darajada tajribaga ega bo'lmagan xodimlarni ish tajribasi ko'p bo'lgan xodimlarga biriktirish yo'li orqali malaka oshirish jarayoni tashkillashtirish;

- aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini, xodimlarning ma'suliyatini oshirish, shikastlanishlarni noto'g'ri berkitilishini oldini olish;

- mavjud havo aloqa liniyalarining elektr uzatish liniyalari bilan xavfli kesishmalarini bartaraf etish va yangilarini paydo bo'lishini oldini olish yuzasidan choralar qo'llash;

- aniqlangan liniya-kabel shikastlanishlarni o'z vaqtida bartaraf etish;

- aloqa liniyasidagi shikastlanishlarni va o'g'riliklarni oldini olish maqsadida kanalizatsiya quduqlarini texnik normaga keltirish kerak. IIB bilan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda o'g'riliklarni oldini olish profilaktika ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish kerak;

- aloqa kabellarini signalizatsiya qo'yish va signalizatsiya ishga tushgan holda IIBning noidoraviy qo'riqlash xodimlari bilan birgalikda trassani aylanib o'tish.



Download 22,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 22,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tekshirish jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar

Download 22,07 Kb.