• BAJARDI: ISMOILOVA.M TEKSHIRDI: DAMINOVA.M
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #92356
    Bog'liq
    Pedagogika amaliy 1
    3-tajriba ishi, e4e4808284396b0a0184423f5d7b0001, 1-labaratoriya informatika dur, 1-labaratoriya , Baxtiyor.uz-didaktik-oyinlar-kitobi, Passiv operatsiyalar-fayllar.org, Мақола. 3, GEOMETRIYA 1, Odam genomi» loyihasi, Ersultan, Garant bank BHA 92-2 Nadjimov Anvar 6-variant, ASILBEK, Taqvim, docs-aiogram-dev-en-latest, Mashrabov Mashrab (1)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
    “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI"FAKULTETI
    TT-11-21 GURUH 3-BOSQICH TALABASI
    “PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA" FANIDAN TAYYORLAGAN
    AMALIY ISH -1
    BAJARDI: ISMOILOVA.M
    TEKSHIRDI:
    DAMINOVA.M


    MAVZU:
    Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya
    REJA:
    1.Antik davrda ta’lim – tarbiya.
    2.Estetik tarbiya.
    3.Axloqiy tarbiya.
    4.Ekologik tarbiya.


    ‘’.
    Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g‘oyalar eramizdan
    oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Zero, 
    tabiatning oliy mahsuli inson paydo bo‘lishi tabiatning hodisalari, 
    jarayonlarini o‘rganshi, ulardan yashash uchun oqilona foydalanish
    asosida insonlar sekin – asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida
    pedagogik g‘oyalar shakllana va rivojlna boshlagan.
    Antik davrlarda ta’lim-tarbiya yoshlarga ota-onalarning yashash
    uchun tabiat ne’matlaridan foydalanish, uy-ro‘zg‘or yuritish, o‘zaro
    va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshalagan
    bo‘lsa, bilimlar xajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga
    ehtiyoj tug‘ila boshlagan. Ma’lum qabila, elat, millat miqyosidagi
    ta’lim-tarbiya qoidalari majmuasi konsepsiyalar alohida kishilar
    (ya’ni kohinlar yoki oqsoqollar) tomonidan takomillash-tirilgan. 
    SHuning uchun ta’lim-tarbiya konsepsiyalari ko‘p hollar-da ma’lum
    bir shaxs (muallif)ning nomi bilan bog‘lanmaydi.


    .


    .
    Antik pedagogikda tabiatga, atrof-muhatga o‘zaro
    insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik
    pedagogikasi shakllangan. Donishmandlik
    pedagogikasida yoshlarda donishmandlik, 
    mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg‘un
    rivojlanishi g‘oyasi ilgari surilgan. Bu pedagogik
    g‘oyalarning shakllanishi va rivojlanishida zardushtiylik
    ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto” (er.av.VII asr) 
    da va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. Av. SH asr) 
    namoyandalir pedagogik tajribalarida aks etgan edi. 
    Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib qadimgi SHarq va
    Hindiston pedagogikasida insonning ma’naviy –
    axloqiy sifatlari va amaliy kasbiy faolligi bilan bog‘liq
    sog‘lom e’tiqod, mehnatsevarlik, sofdillik, saxiylik, 
    insoniylik kabi shaxsning barkamollik g‘oyalari ilgari
    surildi.


    .
    Estetik tarbiya - o’quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik ong va munosabatni
    shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik
    jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo'lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik
    tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish,
    baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini
    shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir. Estetik tarbiyaning maqsadi:
    o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axloqiy-
    estetik, insonparvarlik ideallarini, go'zallikni ko'ra olish, his qilish, tushunish va yaratish
    ko'nikmalarini shakllantirish


    .
    Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasidir. Uning
    ma’nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini
    ta’minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmun-
    mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb
    topdik:
    • go’zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;
    • go’zallik - bu kishining istarasi issiqligi;
    • go‘zallik - bu kishining go'zal xulq egasi bo'lishi;
    • go’zallik - bu bamisoli daraxt, yaprog’i - axloq, ildizi - ichki dunyo, 
    mevasi -yaxshifazilat. 
    Xullas, odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari,
    yana eng yaxshi xulq- atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan
    odamiylikdan iborat . Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi
    ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir.


    .
    Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan
    kelib chiqib, u hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan
    ijtimoiy qonundir.Axloq-kishining
    ichki
    olami
    ,e‘tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa,odob-
    shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati,xulq-
    atvori,muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
    Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish
    darajasi.
    Axloqiy onglilik
    , Axloqiy qadriyatlar, Axloqiy his-
    tuyg‘ular Husayn Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy"asari
    shaxsiy,oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o‘z ichiga olgan. 
    Jaloliddin Davoniyning "Axloqi Jaloliy"
    asarida axloqiy
    muammolar
    ,ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Ahmad 
    Yugnakiyning "Hibbat-ul-haqqoyiq" asari ta‘limiy-axloqiy
    yo‘nalishda yozilgan. Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston
    yoxud axloq"kitobining"Haqqoniyat"deb nomlangan
    bobida rostlik va to‘g‘riso‘zlikni insonning eng insoniy
    sifatlaridan biri deb hisoblaydi. Alisher Navoiyning "Mahbub-
    ul qulub"asarida odob,axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan.


    .


    .
    Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. 
    Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat 
    bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar 
    tizimi tushuniladi.
    Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini 
    tarbiyalashdir.
    Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va 
    tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga 
    oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham 
    yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni 
    shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni 
    yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza 
    qilishga o‘rgata boriladi.
    Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan 
    muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va 
    manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda 
    saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha 
    qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.


    .


    .
    Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik
    dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar 
    bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim
    bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik
    ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha
    bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, 
    asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . 
    Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, 
    ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni
    o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan
    tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik
    faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.


    .
    Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy – bu axloqiy va 
    estetik tarbiyaning
    natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va 
    mehnat unumdorligi,
    odamlarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlar bilan 
    chambarchas bog’liq.


    .
    ADABIYOTLAR RO’YXATI
    1. С.А. Ҳайдаров. (2020). Ўзбекистон тарихини ўқитишда “Зафарнома”дан
    фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
    2. Сулаймон Амирқулович Ҳайдаров. (2020). Тарих дарсларида
    интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8).
    666-671
    3. Ҳайдаров С. (2020). Ўзбекистон тарихи дарсларида педагогик 
    технологияларни
    уйғунлашган ҳолда қўллашнинг методик талаблари. Academic Research in
    Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
    4. Ҳайдаров Сулаймон Амирқулович. (2020). Тарих фанини ўқитишга оид
    экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
    5. С.А. Ҳайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан
    фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461

    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish