|
O‘zbekiston yoshlarining tafakkur tarzi
|
bet | 25/103 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #126606 |
Bog'liq Telekommunikatsiya-fayllar.orgO‘zbekiston yoshlarining tafakkur tarzi. Endilikda yoshlar o‘zligini anglay boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni his qilish, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o‘zbekona tafakkur nuri barchaning dilidan o‘rin ola boshladi. Milliy an'analarimiz va udumlarimizni tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash ma'naviyatimizni yangi ma'nolar bilan to‘ldirishga olib keldi. Ulug‘ bobokolonlarimiz madaniy xazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan faxrlanish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Yurtimizda yashayotganbarcha millat, elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi.
Inson erkinligi va ozodligini kafolatlovchi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qator universitetlar tashkil etilib, o‘quv tizimimizda jahon andozalari, tarbiya yo‘nalishida ma'naviy merosimizning eng ilg‘or va insonparvar tamoyillari asos qilib olindi. Davlat va jamiyat qurilishi masalalarini o‘rganish, yuksak malakali rahbar kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil etildi. Vatanimizning Qurolli Kuchlari va xavfsizligini mustahkamlash, fuqorolarning o‘z uyi va ish joylarida tinch-xotirjam bo‘lishlari bo‘yicha choratadbirlar belgilandi. Ta'lim tizimimizdagi islohotlar zamonaviy litsey va kollejlar ta'sis qilinishiga olib keldi. Yoshlarning bilim va salohiyatlarini yuksaltirish maqsadida “Ulug‘bek”, “Umid”, “Ustoz”, keyinchalik “Iste'dod” jamg‘armalari tuzildi. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi asosida umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora tadbirlari ishlab chiqildi. Badiiy Akademiyaning tashkil etilishi, Imom Ismoil
Buxoriy, Amir Temur, Bobur, Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband, al-Farg‘oniy,
Moturidiy, Xo‘ja Axror-Vali kabi milliy madaniyatimiz darg‘alariga bag‘ishlangan tantanalar, qurilgan majmualar yangi jamiyatning amalga oshirayotgan real ma'naviy ishlaridir. Ular yangi jamiyatning kuch-qudratidan nishona bo‘libgina qolmay, milliy ong va yangi dunyoqarash shakllanishida, yoshlarda milliy g‘ururni mustahkamlashda juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
|
| |