Telekommunikatsiya




Download 0,5 Mb.
bet45/103
Sana22.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#126606
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
Bog'liq
Telekommunikatsiya-fayllar.org

Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o’rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmokda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo’lib kelgan.
Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko’rsatmoqda:
  1. Ta’limning ilmiy bo’lishi;


  2. Ta’lim va tarbiyaning birligi;


  3. Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi;


  4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;


  5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;


  6. Ta’lim jarayonining ko’rsatmali va ko’rgazmali bo’lishi;


  7. Bilimlarni puxta va tizimli o’zlashtirib olish;


  8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish;


  9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.


Ta’lim tamoyillarini guruhlarga ajratish va ularga tavsif berish ishi butunlay yakunlangan deya olmaymiz. Chunki yuqorida aytib o’tganimizdek bu tamoyillar davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ta’lim xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari pedagogika va xususan didaktikaning fan sifatida mukammallashib borishi yangi bilimlarning xosil bo’lishi ham ushbu tamoyillarni guruhlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda 7 ta, ba’zi adabiyotlarda 9 ta, ba’zi adabiyotlarda esa 10ta tamoyilni sanab o’tilgan. Hozircha biz 9 ta tamoyil guruhini ajratishni lozim topdik.


Xulosa
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonun va qoidalarini o’rganuvchi pedagogikaning asosiy qismlaridan biri. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to’plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, yoshlarni bilimlar bilan qurollantirish, kerakli malakalar va ko’nikmalarni xosil qilish.
Talabalarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatini va iste’dodlarini ochish hamda rivojlantirish, ularni ma’naviy yetuk va tarbiyali shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdir. Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O’qituvchi ta`lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonda u ta’lim oluvchiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.


Download 0,5 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Download 0,5 Mb.