Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/129
Sana15.06.2024
Hajmi4,63 Mb.
#264040
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
radio

 
 
Nazorat savollari 
 
1. Raqamli manipulyatsiyalash
 
jarayonining ma’nosi nimadan iborat? 
2. Dastlabki analog signalni raqamli signalga o‘zgartirish jarayonini 
tushuntiring. 
3. Raqamli signalni uchta manipulyatsiyalash usullarini tushuntiring.
4. Amplitudaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi? 
5. Chastotaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
6. Fazaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi? 
8. Kvadraturali amplitudaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi? 
9. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi? 
10. 
QPSK
signalning sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarini hosil qilish 
qanday amalga oshiriladi? 
 
 


106
7. ANALOG VA RAQAMLI TELEVIDENIYE UZATKICHLARI
 
7.1. Televideniye uzatish tizimiga talablar
Televideniyening asosiy vazifasi tomoshabin ob’ektning tasvirini tabiiy 
qilinganidek rangli va hajmli ko‘rishidan iborat. Harakatdagi va qo‘zg‘almas 
tasvirlarni elektr uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi TV tizim 
deyiladi. Bu kompleksga televizion uzatish kamerasidan tortib to televizion qabul 
qilgichgacha bo‘lgan butun televizion apparatura kiradi.
TV uzatish tizimi qanday talablarga javob berishi kerak? Ulardan birinchisi – 
rangli TV signal egallaydigan polosa (
ΔF
RTV
) oq-qora televideniye egallaydigan 
polosaga (
ΔF
OQTV
) teng bo‘lishi kerak, ya’ni 
ΔF
RTV 
= ΔF
OQTV 
= 8 MGs 
Bu shart rangli televideniye signallarini mavjud televizion aloqa kanallari 
orqali uzatish uchun foydalanish zarurati orqali tushuntiriladi.
Yer usti uzatishda tasvirlar va ovoz signallarini uzatish televideniye uzatish 
radiosignallari (TURS) orqali amalga oshiriladi, ulardan har biri tasvir radiosignali
(TRS) va ovoz radiosignali (ORS) birligidan iborat bo‘ladi. Tasvir radiosignali deb 
U
Σ
(t)
to‘liq videosignal yoki 
U
TRVS
(t) 
to‘liq rang videosignali orqali 
modulyatsiyalangan tasvirni tashuvchiga, ovoz radiosignali deb ovoz signali bilan 
modulyatsiyalangan ovoz tashuvchisiga aytiladi. Bunda barcha davlatlarda 
radiosignal egallaydigan chastotalar polosasini qisqartirish va TV uzatkichlarning 
qurilishini soddalashtirish maqsadlarida videosignalni uzatish uchun amplitudaviy 


107
modulyatsiyalash (AM), ovoz signalini uzatish uchun esa chastotaviy 
modulyatsiyalash (ChM) ishlatiladi (7.1- rasm). 
7.1- rasm. To‘liq televizion signal 
TV uzatkich chiqishida videosignaldagi o‘zgarmas tashkil etuvchini qayta 
tiklash, ya’ni o‘chiruvchi yoki sinxronlashtiruvchi impulslarni qayd etish amalga 
oshiriladi. Bu uzatkich kaskadlaridagi tranzistorlarni samarali ishlatishga imkon 
beradi, chunki modulyasion (amplituda) xarakteristikaning chiziqli oralig‘i 
sezilarli kamayadi, bunda iste’mol quvvati bo‘yicha yutuq taxminan 2,5 martani 
tashkil etadi. TV uzatkich modulyatoriga videosignal negativ yoki pozitiv qutbda 
beriladi, natijada negativ yoki pozitiv modulsiyalashli TRS hosil bo‘ladi (7.2- 
rasm). 
7.2- rasm.
 
Negativ va pozitiv modulyatsiyalashli TRS


108
Radiosignal negativ modulyatsiyalanganida maksimal nurlanish quvvatiga 
sinxronlash tirish impulslari va tasvirning qora oraliqlari mos keladi. Oq oraliqlari 
maksimal nurlanish sathining 15% ga mos sathda uzatiladi. 
Pozitiv modulyatsiyalashda, aksincha, maksimal nurlanish quvvati tasvirning 
oq oraliqlariga mos keladi. Har ikkala hollarda doimo “qora” sathlari, o‘chiruvchi 
impulslar sathlari qiymatlari qayd etiladi.
 
Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 7.3- 
rasmda keltirilgan. 
7.3- rasm. Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi
Agar UB1 amplitudaviy modulyator kirishiga shartli bir tekis spektrli 
U
TRVS
(t) 
signal berilsa, chiqishda ikkita yon polosalar va 
f
TT
 
tasvir tashuvchi hosil 
bo‘ladi. 
F
yu
= 6 MGs 
videosignal spektri yuqori chegaraviy chastotasida ikki 
polosali AM signal egallaydigan chastotalar polosasi kengligi 12 MGs ni tashkil 
etadi. Lekin binobarin, modulyatsiyalovchi signal haqidagi to‘liq ma’lumot yon 
polosalardan har birida bo‘ladi, u holda ulardan birini uzatish yetarli bo‘ladi. 
Shuning uchun uzatkichda bitta yon polosa (ko‘pincha pastki) 
Z1
filtrda qisman 
so‘ndiriladi, uning chiqishida 
U
TRS
 
tasvir radiosignali hosil bo‘ladi.

Download 4,63 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari

Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish