|
Termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 3/4 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 164,42 Kb. | | #136664 |
Bog'liq 1-Mediasavodxonlik Sillabus O\'zbek tili 2024 newAxborot manbalari
|
www.mediaeducation.ru
|
|
www.lex.uz
|
|
www.gov.uz
|
|
www.journalism.ru
|
|
www.ziyonet.uz
|
|
www.uza.uz
|
|
www.natlib.uz
|
|
www.webofscience.com
|
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
5 baho (90-100) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan berilgan topshiriqlarni, kompyuterda to‘g‘ri bajarib bera olsa.
4 baho (70-89) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;
fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;
fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan berilgan topshiriqlarni, kompyuterda to‘g‘ri bajarib bera olsa.
3 baho (60-69) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;
fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
fanga tegishli mavzulardan berilgan topshiriqlarni, kompyuterda qisman bajara olsa.
Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho (0-59) bilan baholanishi mumkin:
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;
fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan berilgan topshiriqlarni, kompyuterda bajara olmasa;
fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
fanni bilmasa.
|
| |