Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan




Download 4.47 Mb.
bet1/73
Sana05.04.2024
Hajmi4.47 Mb.
#188895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
analog TOPSHIRIQ topshiriq amaliy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


« GAZ KIMYOSI» FANIDAN



O‘QUV USLUBIY MAJMUA


Termiz – 2023
KIRISH

Insoniyatning progressiv tarzda o‘sib borayotgan ehtiyojlariga ko‘ra tabiiy uglevodorodli resurslar sarfining keskin oshishi energetika zahiralarining kamayib borishi xavfini yuzaga keltirib, energetik xomashyolardan oqilona foydalanshni taqazo etish bilan birga atrof- muhitga zarar keltirmaydigan muqobil energiya manbalarini izlab topish va ularni qo‘llash yo‘nalishidagi amalga oshiriladigan asosiy vazifalarning dolzarbligini oshiradi. Shu sababli ekologiyaga antropogen ta‘sirni kamaytirish va yuqori sifatli tovar mahsulotlar ishlab chiqarish hamda neft va gaz sanoatda resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish jadal amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikаsining yoqilg‘i-energiya tа`minotidа gаz sаnoаti muhim аhаmiyat kаsb etib, uning ulushi 80 % ni tаshkil etаdi. Dunyodа tаbiiy gаz qаzib olish sur`аti bo‘yichа 14 o‘rinni egаllаgаn yurtimizning iqtisodiyotidа gаzni qаytа ishlаsh sаnoаtining o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston polimer vа tаbiiy gаz bo‘yichа Mаrkаziy Osiyodаgi аsosiy eksportyor sаnаlаdi. O‘zbek gаzining eksport sаlmog‘i Xitoydа 8 mlrd. kub metr, Rossiyagа 4,5 mlrd. kub metr, Qozog‘istonning jаnubiy hududlаrigа 2,5 mlrd. kub metr, Mаrkаziy Osiyoning boshqа dаvlаtlаrigа 500 – 550 mln. kub metrni tаshkil etаdi. Gаzni qаytа ishlаsh vа iste`molchilаrgа uzаtishdа tovаr gаzning sifаt ko‘rsаtkichlаri bo‘yichа qаt`iy me`yorlаr o‘rnаtilishi gаzni tаyyorlаsh vа tozаlаsh qurilmаlаridа texnologiyalаrni modernizаtsiyalаsh vа rekonstruksiya qilinishi, gаzli xomаshyo tаrkibidаgi nordon komponentlаr miqdorini xаlqаro stаndаrtlаrtаlаblаrigа qаdаr kаmаytirish, gаzlаrni tozаlаsh tizimini tаkomillаshtirish hisobigа tаyyorlаnаdigаn tovаr gаz tаnnаrxi kаmаytirish, gаzlаrni tozаlаsh vа quritish jаrаyonlаridа qo‘llаnilаdigаn sorbentlаr, ingibitorlаr vа boshqа turdаgi reаgentlаrni mаhаlliylаshtirish talab etiladi. O‘zbekistonning yoqilg‘i energetika sohasidagi islohotlari – uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.


Tabiiy va yo’ldosh gazlardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish istalgan neft vagazni qayta ishlash korxonasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, neft va gaz kimyosi sanoati tarmoqlarini tubdan isloh qilish, undagi mavjud xom ashyoni samarali qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish maqsadida mavjud texnologiyalarning zamonaviy, energiya va resurs tejamkor hamda chiqindisiz texnika va texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich almashtirishni talab qiladi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxining qimmatlashishiga va ishlab chiqarish unumdorligining beqarorligiga olib keladi. Bundan tashqari, tabiiy uglevodorod manbaalarining narxlarini jahon bozorida doimiy ravishda o‘zgaribturishi kabi sabablar ham import xomashyolarga asoslanib ishlaydigan ko‘pchilikkorxonalarni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda.
Gazlarning yonish issiqligini kamaytirib, uning ekspluatatsion xossalarini yomonlashtiradigan, gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega, aksariyat katalizatorlarni zaharlovchi, ekologiyaga salbiy ta‘sir ko‘rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi nordon komponentlardan gazlarni tozalash va uni bartaraf qilish gazni qayta ishlash sanoatining asosiy masalalaridan sanaladi. Uglevodorodli gazlarni kimyoviy qayta ishlash-nordon komponentlardan tozalangan va talab darajasida quritilgan uglevodorodli gazlar nafaqat yoqilg‘i energetika sohasida balki, gazlarning individual komponentlari kimyoviy sintez texnologiyalari uchun muhim xomashyo sifatida qo‘llash, gazlarni chuqur qayta ishlash va uning asosida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun zarur anjomlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini uyg‘unlashtiradi.


Download 4.47 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 4.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan

Download 4.47 Mb.