Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot yo‘nalishi 321-guruh talabasi Xursabdov Xudoyshukurning
Dinamik makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL IShI
Termiz 2024 yil
Zamonaviy tovar va xizmatlar bozorlari
Reja:
1. tovar va xizmatlar bozorlari
2. Zamonaviy bozorlar
3. Elektron do`kon tovar va xizmatlar bozori sifatida
Iqtisodiy agentlar hulq-atvorining eng o’ziga xos belgilarini aniqlashga
asoslangan umumlashtirish, to’rtta makroiqtisodiy agentlarni ajratib ko’rsatish
imkoniyatini ta’minlaydi:
1) uy xo’jaliklari,
2) firmalar,
3) davlat,
4) xorijiy soha.
1. Uy xo’jaliklari (households) – bu mustaqil, oqilona harakat qiluvchi
makroiqtisodiy agent bo’lib, uning iqtisodiy faoliyatini maqsadi naflilikni
maksimallashtirish hisoblanadi.U iqtisodiyotda yuzaga keladigan vaziyatlarda: a)
iqtisodiy resurslar (mehnat, er, kapital va tadbirkorlik qobiliyati) egasi. Iqtisodiy
resurslarni sotib, uy xo’jaliklari daromad oladilar, ularning katta qismini iste’molga
(iste’mol xarajatlari) sarflaydilar va shu sababdan b) tovar va xizmatlarning asosiy
xaridori. Uy xo’jaliklari daromadning qolgan qismini jamg’aradilar va shuning uchun v) asosiy jamg’aruvchi yoki qarz beruvchi, ya’ni iqtisodiyotda kredit mablag’larini taklifini ta’minlovchi sifatida qatnashadi.
2) Firmalar (businessfirms) - bu mustaqil, oqilona harakat qiluvchi
makroiqtisodiy agent bo’lib, uning iqtisodiy faoliyatini maqsadi foydani
maksimallashtirish hisoblanadi. Firmalar a) iqtisodiy resurslarning xaridori, ular
yordamida ishlab chiqarish jarayoni ta’minlanadi va shuning uchun b) iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumni firmalar omilli daromadlar ko’rinishida uy xo’jaliklariga to’laydilar. Ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, kapital zahirasi qo’shimcha o’sishini ta’minlash va kapital eskirishini tiklash uchun firmalarga investitsion tovarlar (birinchi navbatda uskunalar) zarur, shu sababdan firmalar v) investorlar, ya’ni investitsion tovar va xizmatlarni xaridorlari hisoblanadilar.
Firmalar o’z investitsion xarajatlarini moliyalashtirish uchun odatda qarz mablag’larini ishlatganligi sababli ular iqtisodiyotdagi asosiy qarz oluvchi, ya’ni kredit mablag’lariga talab bildiruvchi bo’lib qatnashadi.
3) Davlat (government) – bu iqtisodiy jarayonlarni borishiga ta’sir
ko’rsatish, iqtisodiyotni tartibga solishda siyosiy va yuridik huquqga ega bo’lgan
davlat muassasalari va tashkilotlari yig’indisidir. Davlat - bumustaqil, oqilona harakat qiluvchimakroiqtisodiy agent, osnovnayazadauning asosiy vazifasi – bozor
zaifliklarini yo’q qilish (marketfailures) va jamiyat farovonligini maksimallashtirish– va shuning uchun a) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchisi; b) davlat sohasini amal qilishini ta’minlash uchun tovar va xizmatlarni xaridori hamda o’zining ko’p sonli funktsiyalarini bajaruvchisi;v) milliy daromadni (soliqlar va transfertlar tizimi orqali)qayta taqsimlovchisi; g) davlat byudjetining holatiga qarab – moliya bozorida qarz beruvchi yoki qarz oluvchisi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari, davlat d) bozor iqtisodiyotini amal qilishini tartibga soluvchisi va tashkilotchisi sifatida qatnashadi. U iqtisodiyotni amal qilishining institutsional asoslarini yaratadi va ta’minlaydi (zakonodatelnayaqonuniy asos, havfsizlik tizimi, sug’urta tizimi, soliq tizimi va boshqalar), ya’ni «o’yin qoidalariniigri» ishlab chiqadi; pul emissiyasi bo’yicha yakka o’z huquqqa ega bo’lganligi uchun mamlakatda pul taklifini ta’minlaydi va
nazorat qiladi; makroiqtisodiy siyosatni o’tkazadi va bu siyosat quyidagilarga
bo’linadi:
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi tuzilmaviy
iqtisodiyotning davriy tebranishlarini yumshatish va resurslarning to’liq
bandligini, narxlarning barqaror darajasi hamda tashqi iqtisodiy muvozanatni
ta’minlashga yo’naltirilgan kon’yunkturali (barqarorlashtiruvchi).
Barqarorlashtirish siyosatining asosiy turlari bo’lib a) fiskal (yoki byudjet-soliq) siyosati; b) monetary (yokipul-kredit) siyosati v) tashqi iqtisodiy siyosat; g) daromadlar siyosati.
4) Xorijiy sektor (foreignsector) – jahonning barcha qolgan mamlakatlarini
birlashtiradi va mustaqil oqilona harakat qiluvchi makroiqtisodiy agent hisoblanadi, va u ushbu mamlakat bilan quyidagilar orqali o’zaro hatti-harakatlarni amalgaoshiradi:
a) xalqaro savdo (tovar va xizmatlar eksporti va importi)
b) kapitallarni ko’chishi (kapital eksporti va importi, ya’ni moliyaviy aktivlar).
Bozorlarni umumlashtirish ularning xar birini amal qilish qonuniyatlarini
aniqlash maqsadida, aynan esa xar bir bozorda talab va taklif hamda uning
muvozanat shartlarini shakllanish xususiyatlarini tadqiq qilish; talab va taklif nisbati asosida muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlash; xar bir bozorda muvozanatni o’zgarish oqibatlarini tahlili uchun amalga oshiriladi
Bozorlarni umumlashtirishto’rtta makroiqtisodiy bozorni ajratish imkonini beradi:
1) tovar va xizmatlar bozori (haqiqiy bozor)
2) moliya bozori (moliyaviy aktivlar bozori)
3) iqtisodiy resuslar bozori,
4) valyuta bozori.
1) tovar va xizmatlarning umumlashtirilgan bozorini (goodsmarket) olish uchun
biz iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladigan turli-tuman tovarlardan
abstraktlashimiz va bu bozor amal qilishining eng muhim qonuniyatlarini, ya’ni Tovar va xizmatlarga talab va taklifni shakllanish qonuniyatlarini ajratishimiz lozim. Talab va taklifning nisbati tovar va xizmatlarning muvozanatli narx darajasi miqdorini hamda ularni ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini olish imkoniyatini beradi. Tovar va xizmatlar bozorini shuningdek haqiqiy bozor deb ham yuritiladi (realmarket), chunki u erda haqiqiy aktivlar (haqiqiy qimmatliklar) sotiladi va sotibolinadi.
2) Moliya bozori (qarz mablag’lari bozori) (financialassetsmarket) – bu
moliyaviy aktivlar (pullar, aktsiyalar va obligatsiyalar)sotiladigan va sotib olinadigan bozordir. Bu bozor ikkiqismga bo’linadi:
a) pul bozori (money market) yoki pul ko’rinishidagi moliyaviy aktivlar bozori;
b) qimmatli qog’ozlar bozori (bonds market) yoki pul ko’rinishida bo’lmagan
moliyaviy aktivlar bozori. Pul bozorida olish va sotish jarayonlari yuz bermaydi
(pulni pulga sotib olish ma’nosizdir), biroq pul bozori amal qilishi, pulga bo’lgan
talab hamda taklifni shakllanishi qonuniyatlarini tadqiq qilish makroiqtisodiy tahlil
uchun juda muhimdir. Pul bozorini, uning muvozanat shartlarini o’rganish «pul
narxi» (kredit narxi) sifatida qatnashuvchi muvozanatli foiz stavkasini va pul
massasining muvozanatli miqdorini olish, shuningdek pul bozorida muvozanatni
o’zgarish oqibatlari va uni tovar hamda xizmatlar bozoriga ta’sirini ko’rib chiqish
imkoniyatini beradi. Pul bozorida asosiy vositachilar bo’lib pul omonatlarini qabul
qiluvchi va kreditlar beruvchi banklar hisoblanadilar. Qimmatli qog’ozlar bozorida
aktsiyalar va obligatsiyalar sotiladi hamda sotib olinadi. Qimmatli qog’ozlarning
xaridorlari bo’lib, birinchi navbatda o’z jamg’armalarini daromad olish (aktsiyalar
bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha foizlar) maqsadida sarflovchi uy
xo’jaliklari hisoblanadilar. Aktsiyalarni sotuvchilari (emitentlari) sifatida firmalar,
obligatsiyalarni sotuvchilari sifatida firmalar va davlat qatnashadilar. Firmalar o’z
investitsion xarajatlarini moliyalashtirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish
uchun mablag’lar olish maqsadida aktsiya va obligatsiyalarni chiqaradilar, davlat esa davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqaradi.
3)Makroiqtisodiy modellarda resurslar bozori mehnat bozori bilan ifoda etilgan,
chunki uning amal qilish (mehnatga talab va mehnat taklifini shakllanishi)
qonuniyatlari makroiqtisodiy jarayonlarni, ayniqsa qisqa muddatli davrda tushuntirish imkoniyatini beradi. Mehnat bozorini o’rganishda biz turli mehnat ko’rinishlaridan, malaka va mutaxassis tayyorlash darajasidagi farqlardan abstraktlashimiz lozim. Uzoq muddatli makroiqtisodiy modellarda shuningdek kapital bozori ham tadqiq qilinadi.
Mehnat bozori muvozanati iqtisodiyotda muozanatli mehnat miqdorini va muvozanatli «mehnat narxi» - ish haqi stavkasini aniqlash imkoniyatini beradi. Mehnat bozorida muvozanat bo’lmagan holat tahlili ishsizlik sabablari va shakllarini aniqlashga imkon yaratib beradi shu ham etiborga loyiq jihatdir. 4) Valyuta bozori (foreign exchange market) – bu turli mamlakatlar milliy pul
birliklari (valyutalar) bir biri bilan ayirboshlanadigan (dollarni ienaga, evroni funtga va shu kabi) bozor. Bir milliy valyutani boshqasiga ayirboshlash natijasida
ayirboshlash (valyuta)kursi (exchange rate).shakllanadi.
Hozirgi paytda internet do`konlar orqali savdo qilish rivojalib bormoqda. Internet-do’kon — elektron savdo-sotiq shakli, tovarlarni Internet orqali sotishga mo’ljallangan veb-sayt. Internet-do’kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to’lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to’lov tizimi orqali to’lashlari ham) mumkin.Internet-do’konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda ham internet-do’konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.Internet-do’kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi (xuddi oddiy do’kondagi polkalardek), turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo’ladi (xuddi oddiy do’kondagi bo’limlardek). Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o’ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega (oddiy do’kondagi savatchadek). Keyin “Savatcha”ga o’tib, o’zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko’rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o’zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to’lov usulini tanlaydi (buyurtma beradi).O’zbekistondagi Internet-do’konlarda to’lov turlicha bo’lishi mumkin: plastik kartadan elektron to’lov tizimlari orqali (masalan Click, PayMe kabi), bank to’lov terminali orqali yoki naqd pul ko’rinishida (yetkazilgan joyida).
Buyurtmani yetkazib berish kuryer (Internet-do’kon xodimi yoki boshqa shaxslar) yoki pochta xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Internet-do’konning oddiy do’konlarga nisbatan eng asosiy afzalliklari quyidagilar:
Internet-do’konga kuniga 24 soat va yilning 365 kunida, tushlik payti yoki dam olish, bayram kunlariga qaramasdan, sutkaning xohlagan paytida kirish, tovarlarni tanlash va buyurtma qoldirish mumkin;
Internet-do’konga dunyoning xohlagan joyidagi har qanday xaridor uyidan chiqmagan holda kirishi mumkin;
Internet-do’konga joylahtiriladigan tovarlar hamda xizmatlar turlari va soni cheklanmagan;
Internet-do’kon xaridorlari va sotuvchilari bir-biri bilan oradagi masofadan qat’iy nazar onlayn-chat, elektron pochta orqali va boshqa usullarda xohlagan paytda bog’lanishlari mumkin;
mobil qurilmalar va internet rivojlanishi xaridor xohlagan joyida turib (ko’chada, hovlida, uyda, mehmonxonada va hokazo) Internet-do’konga kirish tovar sotib olish imkonini beradi;
Internet-do’kon – bu savdo-sotiq sohasining kelajagi.
Elektron do’kon tushunchasi.
Form-xoster tizimlarda ma’lumotlar anlashinuvi hamda elektron do’kon tuzilish arxitukturasi va algoritmi. Sayt tuzilishi – tashrif buyuruvchilarga zarur malumotlarni tez izlab topishlari uchun malumotlarni tizimlashtirishdir. Puxta o’ylab loyixalangan sayt arxitekturasi foydalanuvchilar qiziqtirgan malumotlarni topishga kam vaqt sarflashlariga kafolat beradi. Sayt arxitekturasini ishlab chiqishda internet bozorida maxsulotlar va xizmatlar aylanishi nuqtai nazarda muxim bo’lgan malumotlarni xisobga olish zarur. Yangi sayt strukturasini loyixalash jarayonida yoki mavjud resursning strukturasini mukammalllashtirish aynan bir malumotga diqqatni tortish va shu orqali potensial mijozlarni saytning muxim bo’limlariga murojaatlari bilan saytga tashrif buyurishlik darajasini oshirish mumkin. Bu “Aloqa vositalari” elektron do’konining arxitekturasida ishlab chiqilishda quyidagi funksiyalar amalga oshishi ko’zda tutilgan:
- On-line do’konda sotiladigan tovarlar ma’lumotlar bazasi;
- On-line kataloglar, tovar kategoriyasiga qarab bo’lingan;
- Savdo aravachasi, sotib olish maqsadida foydalanuvchi uchun tovarlarni joylashtirish;
- Oxirgi hisob-kitob, to’lov va tovarni yetkazib berish bo’yicha oxirgi ishlar.
Biz tuzayotgan do’kon tizimi quyidagilarga javob berishi kerak.
- Foydalanuvchi brouzeriga ma’lumotlar bazasining bog’lanishi. Kategoriyalarga bo’lingan, kataloglarda tovarlarning joylashuvini foydalanuvchi ko’rib chiqish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak;
- Foydalanuvchi katalogdan tovar yo’nalishini tanlab, keyingi tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Foydalanuvchi tanlagan holatni ko’zdan kechirish mexanizmidan foydalanishi kerak;
- Harid tugatilganda umumiy buyurtma hisoblanishi kerak va yetkazib berish haqida taklif, to’lov sharti qayta ishlanishi kerak;
- “Aloqa vositalari” internet do’koni administrator interfeysi quriladi. Administrator saytda telefon va kategoriyalarni qo’shish va axborotlarni tahrir qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Saytning mijoz qismi maksimal qulaylikka ega bo’lishi va potensial mijozlar bilan individual ishlashni tashkil etishi lozim. Saxifalar tushunarli muloqotli oynalardan, qulay to’lov usuli va maxsulotni yetkazib berish imkoniyati bilan taminlanishi kerak. Tashrif buyuruvchilarning fikrini yoki ularda paydo bo’lgan savollarga javob berish uchun teskari aloqa o’rnatish xam muxim faktorlardan biri xisoblanadi. Xaridorlar maxsulotlar bilan tanishib bo’lgach ularni sotib olish uchun o’z savatiga solishlari kerak. Buning uchun ular oldin savatga ega bo’lish uchun qayd qilinishlari zarur. Savatni ochib ko’rish uchun o’z login va parollarini kiritishlari kerak bo’ladi. Maxsulotni o’z savatiga solish degani uni endi sotib olishga majbur degan emas.
Agar xaridor fikridan qaytib bu maxsulotga extiyoji yo’qligini sezsa, uni o’z savatidan o’chirib tashlashi xam mumkin. Sotib olishga buyurtma berilgach buyurtma malumotlarini tasdiqlash saxifasi xaridorga taqdim etiladi.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarni portalning «Elektron do‘kon» bo‘limiga qo‘yish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazida elektron raqamli imzo (bundan keyin – ERI) olishlari talab etiladi. Agar ERI bo‘lsa, uni yangidan olish kerak bo‘lmaydi. So‘ng portalda ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ro‘yxatdan o‘tkazish 1 marta amalga oshiriladi, so‘ngra shaxsiy kabinetdan boshqa turdagi xarid qilish tartib-taomillari uchun ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Davlat buyurtmachilari uchun ham ro‘yxatdan o‘tkazishning xuddi shunday tartibi nazarda tutilgan. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin portal ishtirokchilari (sotuvchilar) va davlat buyurtmachilari (xaridorlar) hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans to‘lovlarini kiritadilar. Ular kamida portal operatorining vositachilik haqi summasi (bitim summasining 0,15%i) va zakalat summasini (boshlang‘ich narxning 3%i) o‘z ichiga olishi kerak. Tomonlar faqat avans to‘lovlarini kiritganlaridan so‘ng xarid qilish tartib-taomillariga qo‘yiladilar. Elektron do‘konda 3 turdagi taklifni – tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha kiritish mumkin. Taklifni qo‘yayotganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 44-moddasi uchinchi qismida keltirilgan ma'lumotlar va tavsiflarni ko‘rsatish zarur. Ko‘rsatilgan axborotning ishonchliligi bo‘yicha to‘liq javobgarlik ishtirokchi (sotuvchi) zimmasiga yuklatiladi.
Shu paytdan boshlab sotuvchi o‘z ofertasi – shartnoma tuzish taklifini shakllantirgan hisoblanadi. U 15 kun mobaynida amal qiladi. Oferta xaridor tomonidan aktseptlangunga (qabul qilingunga) qadar ushbu muddat tugashidan oldin chaqirib olinishi (taklif qaytarib olinishi) mumkin. Agar u aktseptlangan bo‘lsa, chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15 kunlik muddat tugaganidan so‘ng ishtirokchi hech kim qabul qilmagan oferta muddatini uzaytirishga haqli.
Portal operatori ishtirokchilarga ham, buyurtmachilarga ham bir-birlari va qolgan ishtirokchilarning ma'lumotlarini oshkor qilmaydi. Hamma inkognito sifatida oldi-sotdi qiladi va xarid qilish tartib-taomilining g‘olibi aniqlangunga qadar bir-birini tanimaydi. Elektron do‘konda bitimlar tuzish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
|