Suniy neyron to’rlari yordamida prognozlash Yusupov Akmal Norxidir o’g’li
Termiz davlat universiteti magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada sun'iy neyron tarmoqlarni o'rganishda olib borilgan izlanishlar haqidagi ma'lumotlar berilgan.
Shuningdek, sun'iy neyron tarmoqni o'qitish usullari va o'qitish algoritmlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: neyron tarmoq, sun'iy neyron tarmoqlar, sun'iy
intelekt, perseptron, genetik algoritmlar,
initsializatsiya, MADALINE, algoritm, neyrofiziologik,
deterministik usul, biologik neyronlar, formal neyronlar.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Neyron tarmoqlar va sun'iy aqlni o'rganish doirasida juda ham ko'plab, olimlar, tadqiqotchilar hamda muhandislar keng ko'lamli ishlar olib borganlar.
Jumladan, neyrotarmoqlarni o'rganishdagi birinchi qadam 1943-yilda neyrofiziolog Uorren Makkalok va matematik Uolter Pittsning sun'iy neyronlar,
shuningdek, elektr zanjirlari yordamida neyron tarmoq modelini amalga oshirish haqidagi maqolasini chop etganida qo'yildi.
1949-yilda D.Xebb miyadagi neyronlarning bog'lanish hususiyatlari va ularning o'zaro ta'siri to'g'risida
fikrlarini bildirdi, shuningdek, neyron tarmoqni o'rgatish qoidalarini ham taklif qildi.
156