• 5. Standartlashtirish tо ‘ g‘risidagi Respublika qonuni
  • O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/206
    Sana09.10.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #274299
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   206
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar 
    O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar 
    O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
    Davlatlararo standart – GOST 
    O‘zbekiston davlat standarti – O‘z DSt 
    Umumdavlat klassifikatori – O‘z DT 
    Normalar va qoidalar – *) 
    O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH 
    Tavsiyalar – O‘z T 
    Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan normativ hujjatlar
    Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. 
    Tarmoq standarti –TSt 
    Tarmoq klassifiqatori –TT 
    Normal va qoidalar – *) 
    Rahbariy hujjat – RH 
    Tavsiyanomalar –T 
    Ma’muriy – hududiy normativ hujjatlar
    Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
    Ma’muriy –hududiy standart –MHSt
    Korxona bo‘yicha normativ hujjatlar
    Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. 
    Texnik shartlari – TSh
    Korxona standarti – KSt 
    5. Standartlashtirish tо

    g‘risidagi Respublika qonuni 
    Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan 
    “Standartlashtirish 
    to‘g‘risida”gi 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Qonuni 
    standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat 
    nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq 
    etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq 
    rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. 
    “Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu 
    bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish 
    tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro 
    shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, 
    ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir 


    77 
    ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha 
    keng ma’lumotlar berilgan. 
    Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy 
    qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat 
    birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini 
    “O‘zstandart” agentligi belgilaydi. 
    Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik 
    qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat 
    ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z 
    vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga 
    doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. 
    Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar 
    amalga oshiradilar. 
    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy 
    hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik – iqtisodiy 
    axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” 
    tomonidan belgilanadi. 
    Qonunning II bo‘lim 6 – moddasiga binoan standartlashtirishga doir 
    me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy 
    yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya 
    qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini 
    ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, 
    an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar 
    belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan. 
    Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir 
    ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan 
    va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini 
    olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab – quvvatlash va 
    rag‘batlantirish chora – tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
    tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan. 

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   206




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar

    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish