|
Loyihalash ishlarining xususiyatlari
|
bet | 3/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 21,82 Kb. | | #117641 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti termLoyihalash ishlarining xususiyatlari. Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo’limi bo'ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlaming turiga ko’ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug’ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalami tayyorlashgacha bo’lgan ishlar majmuidan iborat bo'lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur Ma’lumotlarga ega bo'ladi.
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarini aniqlab olish zarur. Model haqiqatdan obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o’z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo’lishi kerak. Maket - obyektning konsturktsiyasini yaqqolroq tasawur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasawurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o'quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o’ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo'yish: konstruktsiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo'ljallangan buyum detallarini tavyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig'ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo'linadi. 1-tip - geometrik o'lchamlari o'xshashligi. Ko’rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo'llaniladi. Jumladan bunday modellar o'quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo’nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali tanishadilar, ya'ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to’g'risida to'la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda. 2-tip - fizikaviy o’xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o'rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o'zaro bog’liqligi qonuniyatlari, xasusiyatlari va o’xshashliklarini ko’rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlaming tuzilishini o'rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o'rganish ham ko'zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, yahni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi.
Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b. 3-tip - funksional o’xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo'lishini ta'minlash maqsadida ko’p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o’xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash o'quvchilar uchun juda qiziqarli bo’lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo'lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruktsiyalash elementlarini o’rgatísh tajribasi qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko'rsatadi: chizmalar eskizlarini o’qish va tayyorlanadigan detallar konstruktsiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruktsiyalarini o’zgartirish, ana shu o'zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo'llarini belgilash; detallarni yig’ish jarayonida ularni o'rnatish joylarga ko'ra konstruktsiyalash; konstruktsiyada yetishmaydigan detallar va uzelllami konstruktsiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo’yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig’ish va modelni ishda sinab ko'rish aniqlangan kamchiliklami tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko’rish va dizaynlash.
O’quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig’i va strukturasi. O'quvchilaming texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalarni yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatish, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o'quvchilar obyektiv borliq haqida atroflicha bilimga ega bo’ladi, oldinga surilgan nazariy g’oyani to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo'yicha ko'nikma va malaka hosil qiladilar.
O’quvchilar har qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlardan iborat ekanligini anglab yetadilar. Bu texnik ijodkorligi quyidagi mantiqiy strukturali bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1-bosqich, maktab o'quvchilari faol ravishda mavjud bo’lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakatqiladi; 2-bosqich, bu o'quvchilarda ma'lum texnik obyekt tuzilishi haqidagi texnik g’oyasning sodir bo'lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo'lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrida mavjud obyektning mazmuni va shaklini yaratadi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o'tkazish; 7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
Modellashtirish va modelli - texnik tajriba. Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o'tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo’llay olish bo'yicha bilimlarni shakllantirishga vosita bo'lib xizmat qiladi. Qishloq xo'jaligi yoki korxonada o'tkazilayotgan o’quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoiiyatning maxsus shakli hisoblanadi. Xarakteri bo'yicha - bu tajriba, yo’nalishi bo'yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo'yicha ta’Iim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o’quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin.
Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya'ni o'quvchilar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o'zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Sunday tajriba o'quv xarakteriga ega bo'lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o'quvchilar bilim tajriba o’tkazish ko’nikmasini hosil qiladilar.
http://fayllar.org
|
| |