O‘quv maqsadi tushunarli, aniq, identifikatsiyaga moyil bo‘lishi kerak




Download 1.62 Mb.
bet17/121
Sana29.12.2020
Hajmi1.62 Mb.
#13005
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
O‘quv maqsadi tushunarli, aniq, identifikatsiyaga moyil bo‘lishi kerak.
Identifikatsiyalangan o‘quv maqsadini ifodalashda ishlatiladigan fe’llar, o‘rgatilgan talaba xatti-harakatini aks ettirishni kerak: - belgilamoq, guruhlamoq, tuzmoq, ajratmoq, hisoblamoq, isbotlamoq, soddalashtirmoq, qismlarga ajratmoq, taqqoslamoq, tizimga solmoq va boshqalar.

Bunda o‘quv maqsadlarni to‘la tashxislash o‘qitishda esa qayta takrorlanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Qayta takrorlanish - bu pedagogik texnologiyaning asosiy majburiy talablaridan biridir.

Maqsadni identifikatsiyalash g‘oyasi o‘quv faoliyatini aniq, kuzatiladigan o‘lchanadigan xatti-harajatlar atamalari orqali izohlashni talab qiladi. Bunday texnologiya va bunday yondashish Amerikada eng rivojlangan psixologiyaning yo‘nalishi – bixeviorizm (Behavior- xulq) ta’sirida rivojlandi. Psixologiyaning bu yo‘nalishi psixikani (ruhiyatni) faqat uning tashqi ko‘rinishlari (harakat va nutq), ya’ni kuzatiladigan xatti-harakatlari asosida o‘rganadi. Aniq maqsadlarni shakllantirish uchun har bir bilim sohasi (tabiiy fanlar, matematika va boshqalar) bo‘yichai alohida fe’llar ro‘yxatini tuzish lozim.

Maqsadlarni aniqlashtirishda, ularni ifodalashda xatti-harakatni va uning natijasini belgilaydigan fe’llarni qo‘llash lozim.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, identifikatsion maqsad, kutilajak natijani mutlaqo, to‘liq tavsifini bermaydi, ammo mazkur vositalar yordamida erishilish mumkin bo‘lgan maksimal natijani belgilaydi. O‘qitish natijalarini qanday qilib xatti-harakatlar tiliga aylantirish mumkin? Bunga quyidagicha erishish mumkin:


  • O‘quv fani bo‘yicha toifalarga va ketma-ket darajalarga bo‘lingan o‘quv maqsadlari tizimini yaratish. O‘quv maqsadlarining bunday tizimlari pedagogik taksonomiya nomini olgan (yunoncha taxis – tartib bilan joylashtirmoq, nomos - qonun).

  • Pedagog noaniq, umumiy ta’riflarni almashtirishi uchun, o‘quv maqsadlarini izohlashning aniq ravshan tilini yaratish.

Bugungi kunda eng rivojlangan taksonomiyalardan biri amerikalik pedagog olim B.Blumning tizimi hisoblanadi. B.Blumning taksonomiyasi o‘quv maqsadlarining aniqlashtiribgina qo‘ymay, balki ularni tartibga ham soladi. O‘quv maqsadlarini aniq toifalash pedagogga o‘z harakatini bosh maqsadga yo‘naltirishga va o‘quv materialini aniq tushuntirishga imkon yaratadi. B.Blum bo‘yicha o‘quv maqsadlarining asosiy toifalari: bilish, tushunish, qo‘llash, analiz (tahlil), sintez va baholash (2.1-jadval).

2.1-jadval





Download 1.62 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Download 1.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv maqsadi tushunarli, aniq, identifikatsiyaga moyil bo‘lishi kerak

Download 1.62 Mb.