• Jami: 42 soat 3. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
  • "TA’LIM TEXNOLOGIYALARI" FANIDAN MA’RUZALAR MATNI Tuzuvchi: M.Ismailov TERMIZ - 2018
  • Reja: 1. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi. 2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati.
  • 1.1. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi.
  • Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi
  • Amaliy mashg’ulot mavzulari




    Download 1,62 Mb.
    bet2/121
    Sana29.12.2020
    Hajmi1,62 Mb.
    #13005
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    3.

    Amaliy mashg’ulot mavzulari

    1.

    Pedagogik texnologiya tushunchasi va tamoyillari.

    2.

    B.Blum taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlarni aniqlash.

    3.

    O’qitishning ko’rgazmali-tushuntiruv usullari.

    4.

    O’qitishning ijodiy-tadqiqot usullari.

    5.

    Pedagogik texnologik xaritalar ishlab chiqish texnologiyasi.

    6.

    Muammoli o’qitish texnologiyasining kontseptual qoidalari.

    7.

    Muammoli o’qitish texnologiyasining kontseptual qoidalari.

    8.

    Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasining kontseptual asoslari.

    9.

    Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasini qo’llash shart-sharoitlari.

    10.

    Individuallashtirilgan o’qitish kontsepsiyasi.

    11.

    Kompyuterli o’qitish texnologiyasi.

    12.

    Kompyuterli o’qitish texnologiyasini qo’llash shart-sharoitlari.

    13.

    Modulli o’qitish tamoyillari va yondoshuv turlari.

    14.

    O’rgatuvchi modullarni ishlab chiqish qoidalari.

    15.

    Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi.

    16.

    Pedagogik mahorat mazmuni.

    17.

    O’qituvchining pedagogik faoliyatni boshqarishi

    18.

    Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.

    19.

    O’z-o’zini tarbiyalash – ilmiy mahoratni shakllantirishning muhim yo’li.

    20.

    Pedagogik texnika mazmuni va mohiyati.

    21.

    O’qituvchining ta’sirli nutqi (pedagogik mahorat bellashuvi).

    Jami: 42 soat

    3.

    Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

    4.

    Glossariy

    5.

    Ilovalar

    5.1

    Fan dasturi

    5.2

    Ishchi fan dasturi

    5.3

    Tarqatma materiallar

    5.4

    Testlar

    5.5

    Baholash mezonlari



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    PEDAGOGIKA FAKULTETI
    PEDAGOGIKA KAFEDRASI


    "TA’LIM TEXNOLOGIYALARI"

    FANIDAN
    MA’RUZALAR MATNI

    Tuzuvchi: M.Ismailov


    TERMIZ - 2018

    I.MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MATERIALLARI

    1-mavzu. Pedagogik texnologiyaning nazariy-metodologik asoslari. Pedagogik texnologiyaning fan sifatida shakllanishi.

    Reja:

    1. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi.

    2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati.

    3. Pedagogik texnologiya tamoyillari.

    4. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi.

    Tayanch iboralar: Pedagogik texnologiya, «jamiyat-ta’lim» tizimi, o‘quv materialni to‘la o‘zlashtirish, ilmiylik tamoyili, loyihalanish tamoyili, tizimlilik tamoyili, maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili, faoliyat yondashuvi tamoyili, boshqaruvchanlik tamoyili, qayta takrorlanish tamoyili, samaradorlik tamoyili, pedagogik texnologiyaning slok-sxemasi, pedagogik-texnologik xarita, maqbullashtirilgan o‘quv jarayon.

    1.1. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi.

    Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo‘ldi. 15-20 yildan so‘ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So‘nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda.

    Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo‘lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo‘lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o‘zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o‘zgarib bordi, ta’lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo‘yila bordi.

    Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta’lim tizimga u tomonidan qo‘yiladigan talablar nima bilan belgilanadi?



    Birinchidan - fanning o‘sib borayotgan o‘rni bilan, XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. SHuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo‘ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda.

    Fanning jadal taraqqiyoti, ilmi-texnik informatsiyaning tegishli taraqqiyotiga olib keladi.

    Faning eksponenta bo‘yicha rivoji uning ko‘chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik informatsiyaning ham rivoji ko‘chkisimon jarayon hisoblanadi.

    Informatsiya oqimining ko‘chkisimon o‘sish sur’atini saqlash, uchun zamonaviy telekommunikatsion informatsion tizimlar yaratilmoqda va faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Ko‘rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o‘sish sur’ati va hajmi, 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi.

    Fan tarqqiyoti, bu oliy ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. SHuning uchun, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim - zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnikaviy axborotlar va o‘quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.



    Ikkinchidan - zamonaviy fanning ko‘chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq ma’lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo‘lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fiziko-kimyoviy mexanika va ko‘pgina boshqa fanlar. Fan daraxti paydo bo‘ladi. Ma’lum fanlar ulanmalarida tug‘ilgan yangi fan –

    yangi ilmiy yo‘nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari echishi lozim.

    SHuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini, o‘z ustiga tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.

    Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o‘zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.



    Uchinchidan – faning ko‘chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o‘suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi. Zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanishni, o‘qitishni indi­viduallashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHunday ekan, zamonaviy o‘qitish tizimining markaziy o‘zagi – o‘qitishni individuallashtirishdir. SHuning uchun o‘qitishni individuallashtirish, mustaqil ta’lim, masofaviy o‘qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.

    To‘rtinchidan, muhandislik echimlar turining keskin ko‘payishi ilmiy-texnik taraqqiyotining xususiyati hisoblanadi. Materiallar, texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo‘ladi. Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga qo‘llash muddatlarini qisqaradi. Masalan, telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasidan 56 yil o‘tgan bo‘lsa, radioga-35, televizorga-14, atom energiyasiga-6, tranzistorga-5 yil o‘tdi. Hozirgi paytda bu muddat, odatda 1 yilga ham etmaydi.

    Beshinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni oliy maktabda tayyorlash uchun o‘qitishni jadallashtirish, o‘qitishda inson organizmining, uning ongini butun imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur bo‘ladi. YA’ni, timsolli-tomosha o‘qitishni jadallashtirish lozimdir. Bu esa, o‘qitish jarayonida axborotlar berishda, o‘quv materialini tizimlash va turkumlash usullari, o‘qitishni kompyuterlash, o‘quv televideniyasidan foydalanish va h.k.ni anglatadi.

    Oltinchidan, har bir odam tabiatan individumdir, ya’ni u faqat o‘ziga xos o‘qish va o‘rganishdagi zehni, qobiliyatga ega bo‘ladi. Demak, zamonaviy o‘qitish tizimining vazifasi o‘quvchining individual qobi­liyatini hisobga olish va rivojlanishtirishdan iborat bo‘lishi kerak.

    Ilmiy-texnik taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ilmtalab, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajralib turadi. Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko‘p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi. Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo‘ya boshladi.


    Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

    b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish;

    v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun);

    g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvanlik va ijod, ishlab chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.
    Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo‘lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. SHu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanishlarida paydo bo‘ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo bo‘lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladilar.

    «Pedagogika» bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.

    XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Afzalliklar va fanlarning ko‘payishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O‘qishga qo‘llanma» haqidagi fan deb atadi. O‘sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi YAn Amos Komenskiyning (1542-1670 yy.) asarlari va obro‘yi tufayli mustahkamlanadi. U o‘zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o‘quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi.

    Pedagogikaning predmeti bu o‘rganish, ta’lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining yo‘naltirilgan rivojlanish va shakllanish jarayoni hisoblanadi.

    SHunday qilib pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o‘rganish haqidagi fan sifatda namoyon bo‘ladi. SHu asosda o‘qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o‘qitishni tashkil etishni talab etadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotgan davrda, paydo bo‘ldi.

    «Texnologiya» materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir.

    «Texnologiya» fani ham qadimgi yunonistonda paydo bo‘ldi va u ikkita so‘z – «texne» - san’at va «logos» - o‘rganish – dan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning predmetni tayyorlash san’atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o‘zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi.

    «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo‘lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o‘q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo‘ldi.

    «

    Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. CHunki kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, ommaviy o‘qitishni taqozo etdi. YUqorida zikr etilganlar ta’lim asoschisi YA.A. Komenskiyning ilmiy merosini tashkil etadi. «Pedagogika» fanining rivojlanish asosiy bosqichlarini belgilab berishi mumkin (1.1-rasm).

    XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining beqiyos va yuqori talablariga javob beradigan pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi ham shu qonuniyatga bo‘ysunadi.

    Jamiyat va ta’limning rivoji – bu ikkisi yagonalashgan tizim bo‘lib, uni «jamiyat-ta’lim» tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Bu tizim ishlab chiqarish usuli, o‘qitish vositalari va o‘qitish tizimi omillari bilan belgilanadi (1.2-rasm)



    Ushbu rasmda XX asrning ikkinchi yarmida «Pedagogik texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va uning asosiy rivojlanish bosqichlari, o‘qitish tizimining rivojlanish ob’ektivligi yaqqol aks ettirilgan. Zamonaviy rivojlanish, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi bilan belgilanadi.
























































    III-педагогик технологияси фанининг шаклланиши























































    II-педаго
    гиканинг фан сифатида шаклланиши























































    I–педагог таж­рибасига асосланган гуруҳ машғ-улотларини шаклланиши




    Download 1,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 1,62 Mb.