1.3-rasm. O‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini aynan o‘xshashligi.
Bixeviorizm, o‘qitish jarayonida kechadigan organizm ichidagi jarayonlarni o‘rganmaydi, u faqat tashqaridan kuzatiladigan jarayonlarni (ya’ni pirovard natijani) tahlil qiladi, qo‘zg‘atish (rag‘batlash) va echimlar orasidagi bog‘lanishni o‘rganish bilan cheklanadi. Bixevioristchilar, xulqni o‘rganuvchi emperik va matematik usullarni yaratishda, oldingi konsepsiyalarda, faqat ichki aloqa yoki jarayon sifatida qaralgan, harakat toifalarini ishlab chiqishda katta hissa qo‘shdilar. Bixeviorizm psixologiya sohasini kengaytirdi va unga tashqi ta’sirlarni kiritdi.
J.Uotson, E.Torndayn, S.Pressi, B.Skinerlar bixeviorizmning asoschilari edilar.
Pedagogik texnologiyaning maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili – tirik organizm tanasining skletiga o‘xshaydi. Umuman o‘quv jarayoni uchun, bu tamoyil ahamiyatini baholash haddan tashqari qiyindir. Buning uchun o‘qitishning eng ko‘p tarqalgan ta’rifini keltirish etarlidir:
«O‘qitish - bu o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatning maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni bo‘lib uning davomida inson ma’lumotli bo‘ladi». Ushbu ifodadan, o‘qitish sifati, maqsadlarni shakllantirish sifatiga bog‘liq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyada, maqsadlarni shakllantirish umumiylikdan xususiylikka tizimli yondashish asosida amalga oshiriladi. Buning uchun Davlat ta’lim standartidan foydalaniladi, uning asosida fanning umumiy o‘quv soatlari o‘quv mashg‘ulotlari turi – leksiya, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar – bo‘yicha bo‘linadi. So‘ngra, quyidagicha o‘quv maqsadlari shakllantiriladi: (1.4-rasm.).
|
|
|
Tayanch iboraning o‘quv maqsadi
|
|
|
|
|
|
Mavzuning o‘quv maqsadi
|
|
|
|
Bo‘limning o‘quv maqsadi
|
|
Fanning o‘quv maqsadi
|
|