• – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o‘qitishning etarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratish hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning
  • O‘quv materialining to‘la o‘zlashtirilish tamoyili - har qaysi mavzu bo‘yicha bilim olish faoliyatining o‘rnatilgan darajasiga erishishni anglatadi.
  • Pedagogik texnologiyaning




    Download 1,62 Mb.
    bet4/121
    Sana29.12.2020
    Hajmi1,62 Mb.
    #13005
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.

    Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o‘qitishning etarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratish hisoblanadi.

    Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.

    Pedagogik texnologiyaning ob’ekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiya, ta’lim tizimidagi mustaqil fan sifatida o‘quv jarayonning barcha elementlarini – o‘quv grafigini va o‘quv rejasini tuzish, o‘qitish va uning natijalarini baholashni - o‘z ichiga oladi
    (1.5-rasm)

    O‘quv materialining to‘la o‘zlashtirilish tamoyili - har qaysi mavzu bo‘yicha bilim olish faoliyatining o‘rnatilgan darajasiga erishishni anglatadi.
    Ko‘p sonli xorijiy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, «talabalarning to‘la o‘zlashtirishi» tushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan o‘quv materialining kamida 80% ga o‘zlashtirishini anglatadi. To‘la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkin-ki, bunga faqat o‘ta mahoratli professor va dotsentlar erishishi mumkin. Oddiy professor-o‘qituvchilar tarkibida, o‘quv materialining bu darajadagi o‘zlashtirilishiga, faqat iqtidorli talabalargina erishishi mumkin. Ommaviy ta’lim sharoitida talabalarning to‘la uzlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yo‘lni ko‘rsatish mumkin: birinchi yo‘l – bu o‘zlashtirish mezonini pasaytirish, ko‘pchilik hollarda shu yo‘l tanlanadi. SHu sababdan hozirgi paytda o‘quv materialini, o‘quv fanini 55% ga o‘zlashtirgan talaba ijobiy baholanadi. Tabiyki, bu yo‘lning istiqboli yo‘qdir.

    Ikkinchi yo‘l – professor-o‘qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali, ajoyib professor va dotsentlardan tuzish. Ularning har biri o‘ziga xos o‘qitish usullari va yo‘llari tufayli, tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo‘lgan talabalarning to‘la o‘zlashtirishini ta’minlaydilar.

    Hakqiqatda, bir guruhda kirish sinovlari fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 30% dan 90% va undan ortiq bo‘lgan talabalar o‘qishi mumkin. Bu yo‘l haqiqatdan uzoq va ideallashtirilgan yo‘ldir. Barcha talabalar iqtidorli bo‘lmaganidek, o‘n minglab professor-o‘qituvchilar tarkibi ham xuddi shunday, iqtidorli, oliy darajali bo‘la olmaydi.



    Uchinchi yo‘l – o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyani joriy etish bo‘lib, ular o‘qish va o‘rgatishning asosiy elementlarini o‘rnatib, o‘zida, oliy darajadagi pedagog olimlarning o‘qitishdagi uslub va yo‘llarini mujassamlashtiradi.
    Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo‘lmagan oddiy ishchi tayyor texnologiya bo‘yicha oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarganidek, oddiy o‘qituvchi pedagogik texnologiyani qo‘llab ajoyib natijalarga erishadi.
    Pedagogik texnologiya, o‘quv materialining to‘la o‘zlashtirish kafolatini beradi, ya’ni har bir talaba o‘quv fani dasturini kamida 80% ni o‘zlashtiradi.


    Download 1,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 1,62 Mb.