• Xossalar
  • Xodisalar
  • SABRINGIZ VA E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Termiz Davlat Universituti Axborot tehnologiyalari fakulteti 305-guruh talabasi Ziyadullayev Zayniddin




    Download 275.66 Kb.
    Sana25.09.2023
    Hajmi275.66 Kb.
    #84068
    Bog'liq
    9-maruza
    Ҳаракатли ўйинлар 1 курс учун мажмуа, 4 kurs hfx, 3-AMALIY MASHG, ББФ қонун

    Termiz Davlat Universituti Axborot tehnologiyalari fakulteti

    305-guruh talabasi Ziyadullayev Zayniddin

    Dasturlash tillari 9-maruza

    Mavzu: Borland С++ Builderda komponentlar xodisalari va metodlari.

    Reja:

    • Xossalar
    • Xodisalar.
    • Sichqoncha bilan bog’liq xususiyatlar.

    Xossalar

    Xossalar

    Xossalar komponentlarning tashqi ko‘rinishi va tabiatini aniqlovchi atributlar hisoblanadi. Xossalar ustunidagi ko‘p xossalar komponentlari oldindan o‘rnatilgan qiymatlarga ega bo‘ladi (masalan, knopkplar balandligi). Komponentlar xossalari xossalar varag‘i (Properties) da aks ettiriladi. Ob’yektlar inspektori komponentlarning nashr etilgan (published) xossalarini aks ettiradi. Published-xossalardan tashqari komponentlar umumiy (public), faqat ilovalarning bajarilish paytidagina murojaat qilish mumkin bo‘lgan nashr qilingan xossalarga ega bo‘ladi. Xossalar ro‘yxati ob’yektlar inspektori xossalar varag‘ida joylashadi. Xossalarni loyihalash paytida aniqlash mumkin yoki ilovalarning bajarilish paytida ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kod yozish mumkin. Komponent xossalarini loyihalash paytida aniqlash uchun shakldagi komponent tanlanadi, ob’yektlar inspektori xossalari varag‘i ochiladi, aniqlanadigan xossa tanlanadi va zarur bo‘lsa xossalar muharriri yordamida o‘zgartiriladi. Biror komponentning xossalarini dasturning bajarilish paytida o‘zgartirish uchun «Imya Komponent» –> «Nazvanie svoystva» tavsifiga o‘zgaruvchidek murojaat

    Xodisalar

    Xodisalar

    Xodisalar Ob’yektlar inspektorining xodisalar varag‘i (Events) komponentlar tomonidan taniladigan xodisalar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Har bir komponent o‘zining shaxsiy xodisalarini qayta ishlovchi to‘plamga ega bo‘ladi. C++ Builder da xodisalarni qayta ishlovchi funksiyalarni yozish va xodisalarni bu funksiya bilan bog‘lashga to‘g‘ri keladi. Biror bir qayta ishlovchi yozib, siz dasturga bu xodisa ro‘y berganda yozilgan funksiyaning bajarilishini topshirasiz. Xodisani qayta ishlovchini qo‘shish uchun shaklda xodisani qayta ishlovchi komponent tanlanadi. So‘ngra xodisalar varag‘ida ob’yektlar inspektori ochilib (Event bandi) xodisaning qatoridagi qiymatlar ustunida sichqonning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Bu bilan C++ Builder xodisalarni qayta ishlash prototipini generatsiya qilishga va uni kodlar muharririda ko‘rinishiga majbur qiladi. Bu holda bo‘sh funksiya nomi generatsiya qilinadi va muharrir kod kiritilishi zarur bo‘lgan joyda ochiladi. Kursor buyruqlar qavslari ichiga joylashadi { … }. So‘ngra xodisa sodir bo‘lganda bajarilishi kerak bo‘lgan kod kiritiladi. Xodisalarni qayta ishlovchi funksiya nomidan kyeyin ko‘rsatiladigan parametrlarga ega bo‘lishi mumkin.

    SABRINGIZ VA E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


    Download 275.66 Kb.




    Download 275.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz Davlat Universituti Axborot tehnologiyalari fakulteti 305-guruh talabasi Ziyadullayev Zayniddin

    Download 275.66 Kb.