Elektr dvigatelini yuklama bo‘yicha himoyalashning avtomatik tizimi




Download 179,85 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2023
Hajmi179,85 Kb.
#127392
1   2
Bog'liq
14.TESKARI BOG’LANISh SIGNALLARI TURLARI VA ULARNI ULASh USULLARI. MANFIY VA MUSBAT TESKARI BOG’LANISh

Elektr dvigatelini yuklama bo‘yicha himoyalashning avtomatik tizimi
Elektr dvigatelini yuklama bo‘yicha himoyalashning avtomatik tizimida dvigatelning o‘ta yuklanish rejimida ishlayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotni olish uchun signal datchigi sifatida tok transformatoridan foydalaniladi. Qabul qilingan tok kattaligidagi signalni avvalo, meyorlovchi tok o‘zgartirgichi qurilmasi yordamida 4-20mA intervalida o‘zgaradigan standart keltirilgan signal ko‘rinishiga keltirib olinadi. Keyinchalik, o‘zgartirib bo‘lingan, 4-20mA diapazonida o‘zgaruvchi analogli siganl kompyuterli avtomatik boshqarish tizimiga kirish signali sifatida uzatiladi.

1-rasm. ED ni yuklama bo‘yicha himoyalashning avtomatik tizimi struktura sxemasi.

Rasmda: 1 – Tok transformatori (birlamchi datchik vazifasini bajaradi)


2 – Meyorlovchi tok o‘zgartirgichi (birlamchi datchikdan qabul qilingan signalni keltirilgan 4-20mA diapazondagi signalga o‘zgartirish vazifasini bajaradi);
3 – Avtomatik boshqarish tizimi ABT (Meyorlovchi qurilmadan signalni qabul qilish, qayta ishlash va elektromagnit rele qurilmasiga boshqarish komandasini uzatish vazifasini bajaradi);
4 – Elektormagnit rele (ABT dan qabul qilingan signal (komanda) asosida ED ni boshqaradi).
Elektr dvigateli himoya tizimining Experion tizimidagi avtomatik boshqarish sxemasi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:

2-rasm. ED himoya tizimining avtomatlashtirilgan dasturiy sxemasi.

Rasmda: 1 – AIChANNELA(Analog Input Channel). Analogli kirish kanali funksional bloki (Datchikdan 4-20mA diapazondagi signalni qabul qilish kanali va signalni 0-100% diapazoniga o‘zgartirish vazifasini bajaradi);



  1. – DACA(Data Acquating and Calculating). Qabul qilingan 0-100% intervalidagi raqamli signalni sozlangan tok parametri shkalasiga (masalan, 0-200A diapazonli shkala) aylantirish va operatorga ED normal rejimda ishlamayotgani to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi signalizatsiya ustavkasini o‘rnatish vazifasini bajaruvchi blok.

  2. – NUMERICA. ED himoya tizimining ishga tushishi uchun meyoriy tok ustavkasini sonli qiymatlarda o‘rnatish vazifasini bajaruvchi blok. Ushbu qiymat dvigatelning pasport ma’lumotlaridagi tokning nominal qiymatiga asoslanib o‘rnatiladi.

4 – GEA(Great or Equest). Sonli qiymatlarni taqqoslash funksional bloki bo‘lib, u o‘rntilgan tokning meyoriy qiymati (ustavkasi) va tok transformatoridan qabul qilingan tokning ayni paytdagi qiymatlarini taqqoslsh vazifasini bajaradi. Agar tokning ayni paytdagi son qiymati o‘rnatilgan meyoriy qiymatga teng yoki undan yuqori bo‘lsa, elektr qurilmalarini boshqarish bloki (DEVCTLA) ga dvigatelni himoya bo‘yicha to‘htatish kommandasini diskret signal ko‘rinishida uzatadi.
5 – DEVCTLA(Device Control). Diskret signalda boshqariladigan elektr qurilmalarini boshqaish bloki bo‘lib, u dvigatelning ayni paytdagi xolatini(YuRGAN yoki TO‘XTAGAN) aniqlab beruvchi diskret kirish signali va dvigatelni boshqaruvchi qurilma (elektromagnit rele)ga boshqarish kommandalarini (START yoki STOP) uzatish vazifasini bajaradi.
6 – DI_STATE. Dvigatelning ayni paytdagi xolati to‘g‘risidagi diskret kirish signalini qabul qilish bloki.
7 – DO_START. Boshqaruvchi mexanizm (elektromagnit rele qurilmasi)ga dvigatelni yurgazish to‘g‘risidagi komandani uzatish bloki.
8 – DO_STOP. Boshqaruvchi mexanizm (elektromagnit rele qurilmasi)ga dvigatelni to‘xtatish to‘g‘risidagi komandani uzatish bloki
Download 179,85 Kb.
1   2




Download 179,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr dvigatelini yuklama bo‘yicha himoyalashning avtomatik tizimi

Download 179,85 Kb.