|
Test savollari Kirish shinalaridagi ma’lumotlarni yagona chiqishga o‘lovchi …
|
bet | 78/131 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #139300 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat Test savollari
1. Mathcad da vektor elementlarining medianasi qanday topiladi?
a) mode(v)
b) stdev(v)
c) mean(v)
d) *median(v)
2. Mathcad da vektor elementlarining o‘rtacha garmonik qiymati qanday topiladi?
a) cvar(a,b)
b) corr(a,b)
c) *hmean(v)
d) gmean(v)
30-mavzu: Buxgalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar
(4-soat laboratoriya ishi).
Reja:
Matn, grafik muharrirlari va protsessorlari.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Elektron jadvallar.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT).
Doimiy nashriyot tizimlari. Ekspert tizimlari.
HTML muharrirlari (Web-muharrirlari). Brouserlar (sharhlovchilar, Web hujjatlarni ko‘rib chiqish vositalari).
Ish yuritishning integrallangan tizimlari.
Hisobchilik (buxgalterlik) tizimlari. Moliyaviy tahliliy tizimlar.
Geoaxborot tizimlari (GAT). Videomontaj tizimlari.
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo‘shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradi) va undan foydalanadi.
Matn protsessorlari. matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi.
|
| |