|
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi
|
bet | 9/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 43,82 Kb. | | #140413 |
Bog'liq “Paskal dasturlash tilida protseduralar bilan ishlash” Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi: • o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; • o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; • o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
• har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; • yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar; • berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; • darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi; • guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
• darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Informatika darslarida ushbu metodni quyidagicha qo‘llash mumkin:
Mavzu: “Paskal dasturlash tilida protseduralar bilan ishlash” (10-sinf, Informatika).
Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Paskal dasturlash tili tarixi haqida nima bilasiz?
2-guruhga– Protsedura nima?
3-guruhga – Protseduraga murojat qanday amalga oshiriladi?
4-guruhga – Paskal dasturlash tilida bitta soda protsedura tuzib bering?
|
| |