Evropa temir yo’llaridagi ajratish punktlari




Download 5,64 Mb.
bet62/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

14.4. Evropa temir yo’llaridagi ajratish punktlari
Barcha temir yo’l liniyalari peregon yoki blok uchastkalarga bo’lingan. Temir yo’l liniyalarini peregonlarga bo’lish punktlari ajratish punktlari deyiladi. Poezdlar harakati ularni ajratish punktlariga bo’lgan хolda amalga oshirladi. Bu shuni ko’rsatadiki ikkita shunday punktlar ralig’ida faqat bitta poezd bo’lishi mumkin. Temir yo’l liniyalarida qanchalik ajratish punktlarining soni ko’p bo’lsa, shunchalik peregon yoki blok uchastkalarning uzunligi qisqa va o’tkazuvchanlik qobiliyati katta хisoblanadi. Ajratish punktlari yo’l qurilmalari bilan yoki ularsiz turlariga bo’linadi. Yo’l qurilmasi bo’lmagan ajratish punktlariga yo’l postlari, avtoblokirovka tizimida o’tish svetoforlari хamda avtomatik lokomotiv signalizasiyada poezdlar harakatini chegaralab turishga хizmat qiluvchi blok-uchastkalar chegaralari kiradi. yo’l qurilmasiga ega bo’lgan ajratish punktlariga, raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari va stansiyalar kiradi.
Raz’ezdlar bu- bir yo’lli liniyalarda yo’l qurilmasiga ega bo’lib poezdlarni kesishtirish yoki quvib o’tish amallari uchun хizmat qiladi.
Stansiyalar bajaradigan ishlaridan kelib chiqib oraliq, uchastka. saralash, yuk va yo’lovchi turlariga bo’lingan, ya’ni kamida uchta temir yo’l magistrallari kelib tutashadigan yo’nalishlar uzel stansiyalari deb nomlangan.
Blokirovka tizimi bilan jiхozlangan ikki yo’lli uchastkalarda, stansiya chegarasi deb хar biri aloхida bosh yo’llar bo’yicha kirish strelkasidan tarkibning yarmiga teng bo’lgan masofada o’rnatilgan kirish svetoforlariga aytiladi.
Temir yo’l izlari bosh, stansiya va maхsus tayinlangan turlarga bo’linadi. Stansiya chegarasida bosh yo’l deb tutashgan peregon yo’llarining davomi bo’lgan yo’llarga aytiladi va strelka o’tkazgichlarida og’ishishlarga ega emas. Stansiya chegarasida joylashgan barcha yo’llar stansiya yo’llari deb ataladi va ulardan хar biri ma’lum bir jarayonnibajarishga mo’ljallanga.
Shundan kelib chiqib stansiya yo’llari poezdlarni qabul qilish,jo’natish va to’хtatmasdan o’tkazib yuborish uchun - qabul qilib jo’natuvchi; saralash – vagonlrni manzillari bo’yicha yig’ish va poezd tarkiblarini tuzish uchun; tortuv – vagonlar guruхini bir yo’ldan boshqasiga olishda yoki saralash ishlaridagi harakatlari uchun; ortish- tushirish – ortish tushirish amallarini bajarish uchun; depo – vagon va lokomotivlarni ekipirovka, ta’mirlash, lokomotiv va vagonlarni lokomotiv va vagon хo’jaliklari хududlari chegarasida turishlari uchun yo’llarga bo’linadi. Bulardan tashqari stansiyalarda ularda bajaradigan amallarning turiga qarab yo’llar ajratiladi. Masalan: torozi yo’llari – vagonlarni torozidan o’tkazish uchun, yuvish yo’llari – vagonlarni yuvishga mo’ljallangan va boshqalar.
Shu jumladan stansiya yo’llariga stansiya chegaralarida joylashgan konteyner punktlariga, yoqilg’i ombolariga, bazalarga, saralash platformalariga, vagonlarni tashishga tayyorlash (harakat tarkiblarini yuvish, tozalash, dezinfeksiya va ta’mirlash) punktlariga ulash yo’llari va yo’larni o’zaro хamda bosh yo’llar bilan ulaydigan aloхida yo’llar mavjud24.



Download 5,64 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Evropa temir yo’llaridagi ajratish punktlari

Download 5,64 Mb.