normalarini ishlab chiqish va ish vaqtidan




Download 324,12 Kb.
bet2/4
Sana29.11.2023
Hajmi324,12 Kb.
#107678
1   2   3   4
Bog'liq
махсулот ва хиз презентация диплом.

normalarini ishlab chiqish va ish vaqtidan

samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini

o‘stirish imkoniyatini aniqlash zarur.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA qonuni

  • O‘zbekiston Respublikasida “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” qonuni mahsulotlar, xizmatlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
  • Sertifikatlashtirish:
  • odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
  • mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini taʼminlash;
  • mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
  • isteʼmolchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
  • mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) taʼkidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

1 O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish, va sertifikatlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir. «O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish, va sertifikatlashtirish» agentligi mazkur Qonunga muvofiq:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar eʼlon qilib boradi;
  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro eʼtirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qiladi;
  • sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning Davlat ryestrini yuritadi;

Download 324,12 Kb.
1   2   3   4




Download 324,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



normalarini ishlab chiqish va ish vaqtidan

Download 324,12 Kb.