30
30
10-§.
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH STANOKLARI
VA ULARNING TURLARI
Duradgorlik ustaxonalarida STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik
sta noklari ishlatiladi.
Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida yog‘och materiallar dan
har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining aso siy uzellari
stanina, oldingi babka, ketingi babka, tirgak, o‘yuvchi mos lama bo‘lib, uning yordamida
o‘yish-teshish ishlari bajariladi (31-rasm).
Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dast-
gohining asosiy qismi yo‘naltirgichli stanina (3)
bo‘lib, u ikkita tayanch pan jalarga o‘rnatiladi.
Staninaga oldingi va ketingi bab ka hamda tut-
qichli g‘aladon joylashgan. Ishchi mexanizmlar
himoya ekrani bilan o‘ralgan qirqish zonasini (ish
maydonini) hosil qiladi.